• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Nur-Sultonda karantin kuchaytirildi. Avvalroq shaharda “hindcha” shtamm tarqalgani ma’lum bo‘lgan edi

    Qozog‘iston poytaxti Nur-Sultonda karantin choralari kuchaytirildi. Bu haqda poytaxt bosh sanitariya shifokorining yangi qaroriga asoslanib, Tengrinews xabar berdi.

    Foto: Tengrinews

    Foto: Tengrinews

    Xabarga ko‘ra, koronavirusning paydo bo‘lishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha idoralararo komissiya yig‘ilishining 22-iyundagi bayonnomasi asosida poytaxtning bosh davlat sanitariya shifokori Sarhat Beysenova Nur-Sultonda cheklov va karantin choralarini kuchaytirish to‘g‘risida farmon imzoladi.

    Bosh sanitariya shifokori Nur-Sulton aholisi va mehmonlariga quyidagi talablarga rioya qilishni belgilab berdi:

    • Ommaviy tadbirlarni, shu jumladan, uyda tashkil qilinadigan oilaviy ziyofatlar, to‘ylar, yubileylar va boshqalarni o‘tkazish va ularda qatnashish taqiqlandi. Ushbu tadbirlarni Ashyq loyihasiga kiritilgan binolarda o‘tkazish bundan mustasno.
    • Faoliyati tiklanmagan obyektlarga: bouling markazlari, kompyuter klublari, PlayStation klublari, kinoteatrlar, bilyard xonalari, karaoke, kinoteatrlar, batutlar, tungi klublar, bukmekerlar, o‘yin klublari va boshqalarga tashrif buyurmaslik so‘raladi (Ashyq loyihasida ishtirok etadigan obyektlar bundan mustasno).
    • Jamoat joylariga, jumladan, shahar jamoat transportiga va faoliyatiga ruxsat berilgan obyektlarga borishda, shuningdek, jamoat joylarida ochiq havoda bo‘lganida niqob taqish, masofani saqlash va antiseptiklardan foydalanish talablariga qat’iy rioya qilish so‘raladi.
    • Yakka tartibda va kamida 5 metrlik ijtimoiy masofani saqlash sharti bilan 5 kishidan ko‘p bo‘lmagan shaxslar guruhida ochiq havoda sport mashg‘ulotlarini o‘tkazishga ruxsat beriladi.
    Ma’lumot uchun, Ashyq dasturi — tadbirkorlik subyektlariga karantin choralari davrida o‘z faoliyatini davom ettirishga imkon beradi. Jamoat joylariga kirish uchun fuqaro Ashyq yordamida maxsus QR-kodni skanerdan o‘tkazadi va kirish joyida dasturda ko‘rsatilgan xavf-xatar reytingi paydo bo‘ladi. Ashyq loyihasida ishtirok etadigan biznes obyektlariga kirish uchun Ashyq mobil dasturidan foydalanish kerak bo‘ladi.

    Sanitariya shifokori Ashyq loyihasini quyidagi biznes obyektlarida davom ettirishga qaror qildi: fitnes-klublari, shu jumladan, yoga markazlari, kurort markazlari, saunalar, suzish havzalari, kompyuter klublari, PlayStation klublari (16 yoshgacha bo‘lganlar bundan mustasno), umumiy ovqatlanish shoxobchalari, viloyatlararo va shahar turistik transport, billiard klublari, konsert zallari va boshqalar.

    Bundan tashqari, ishlab chiqarish ehtiyojiga qarab mulkchilik shaklidan qat’i nazar, davlat organlari, milliy kompaniyalar, korxonalar ma’muriy xodimlarining kamida 80 foizini masofaviy ishlash shakliga o‘tkazish nazarda tutilgan. Shu bilan birga, COVID-19’ga qarshi emlashning to‘liq kursini olgan va so‘nggi 3-6 oy ichida COVID-19’dan davolangan barcha xodimlar uchun oflayn rejimda ishlashga ruxsat beriladi.

    Universitet va kollej talabalari uchun yakuniy imtihonlar masofadan turib o‘tkaziladi. Bitiruv kechalarini tashkil etish va o‘tkazish hamda universitet va kollejlarda diplomlarni oflayn rejimda topshirish taqiqlandi.

    Savdo-ko‘ngilochar markazlar, savdo uylari faoliyatiga ish kunlari soat 10.00 dan 17:00 gacha ruxsat beriladi, shanba va yakshanba kunlari ishlash taqiqlandi. Ushbu markazlarda joylashgan oziq-ovqat va dorixonalar, COVID-19’ga qarshi ommaviy emlash punktlari bundan mustasno.

    Umumiy ovqatlanish korxonalari (restoranlar, kafelar, barlar, oshxonalar), joylashish joyidan qat’i nazar, kuchaytirilgan chora-tadbirlarga rioya qilgan holda va qo‘shni stollar orasida kamida ikki metr ijtimoiy masofani saqlagan holda soat 07.00 dan 20.00 gacha faqat ish kunlari tashrif buyuruvchilarga xizmat qiladi. Shuningdek, ish va dam olish kunlari soat 07.00 dan 22.00 gacha yetkazib berish va olib ketish rejimida ishlaydi.

    Yopiq oziq-ovqat va nooziq-ovqat bozorlari soat 10.00 dan 20.00 gacha faqat ish kunlari ochiq bo‘ladi.

    Avvalroq Qozog‘istonda koronavirusning “hindcha” shtammi tufayli karantin choralari kuchaytirilishi mumkinligi xabar qilingandi. Qozog‘istonda sanitariya-epidemiologik vaziyat barqaror, ammo poytaxt Nur-Sultonda “hindcha” shtamm tarqalish ehtimoli mavjud.

    Nur-Sulton hokimligi aniqlik kiritishicha, “hindcha” shtamm paydo bo‘lish ehtimolini hisobga olgan holda, poytaxtda 54 nafar bemor qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tkazilgan. Bemorlarning 56 foizida delta shtammi borligi aniqlangan. Shu sababli Nur-Sulton shahri va boshqa viloyatlarda sanitariya-epidemiologik talablarni kuchaytirish bo‘yicha choralar ko‘rib chiqila boshlangan.

    Mavzuga doir:

    • Qozog‘istonda koronavirusga qarshi majburiy emlanishdan bosh tortganlarga jarima solinadi
    • Qozog‘iston SSV AQSh ekspertlarining respublikadagi COVID-o‘limlar soni haqidagi ma’lumotlarini rad etdi

    25.06.2021, 13:57   Izoh (0)   13978
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Kanadada tub aholining bolalari uchun sobiq internat hududidan 750 ta noma’lum qabr topildi. Avvalroq boshqa internatda 215 bolaning jasadi aniqlangan edi

    25.06.2021, 12:27

    AQSh Afg‘onistonda 650 ga yaqin harbiyni qoldirmoqchi — OAV

    25.06.2021, 11:42

    Floridada 12 qavatli turar joy qulab tushdi, 99 kishi bedarak yo‘qoldi (video)

    25.06.2021, 11:11

    McAfee antivirusi yaratuvchisi Barselona qamoqxonasida o‘lik holda topildi. Avvalroq Ispaniya sudi uni AQShga topshirishga qaror qilgandi

    25.06.2021, 07:48

    Shimoliy Koreya AQSh bilan muloqotga vaqtini sarflamasligini bildirdi

    25.06.2021, 07:17

    Moderna kompaniyasi o‘zining koronavirusga qarshi vaksinasiga yangi nom berdi

    24.06.2021, 23:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    ChatGPT foydalanuvchilarga jufti bilan ajrashishni maslahat berishni to‘xtatdi — OpenAI

    Dunyo | 5 avgust, 20:35

    Mulkdorni 100 foiz rozi qilmaguncha hech qanday qurilish va buzish ishlari amalga oshirilmaydi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 20:15

    Rossiyada 130 ga yaqin shahar yo‘qolib ketishi mumkin

    Dunyo | 5 avgust, 20:15

    AQSH 250 nafar noqonuniy muhojirni Ruandaga deportatsiya qiladi

    Dunyo | 5 avgust, 19:55

    O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari strategik sheriklikni kengaytirishga kelishib oldi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 19:44

    Nafis mato va ochiq ranglar: taniqli instablogerlarning yozgi obrazlarini tahlil qilamiz

    Layfstayl | 5 avgust, 19:40

    Britaniya kontrrazvedkasining birinchi ayol direktori Stella Rimington vafot etdi

    Dunyo | 5 avgust, 19:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.