Perudagi markaziy sohilbo‘yida 22-iyun kuni kechqurun 5,8 balli zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda ABC News xabar berdi.
Zilzila mamlakat poytaxti Limada sezilgan. Shaharning Tinch okean sohilidagi yo‘lga toshlar qulab tushgan, jiddiy talafot yo‘q. Lima aholisining ayrimlari zilziladan larzaga tushib, vahima bilan uylaridan qochib chiqqan.
Peruda zilzilalar tez-tez sodir bo‘ladi, mamlakat Tinch okeanining olov halqasi deb ataladi. Avvalroq Peruda 5,5 magnitudali, 6,3 magnitudali, 7 magnitudali zilzilalar qayd etilgani, tabiiy ofat oqibatida bir necha insonlar halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)