Xitoy janubi-g‘arbidagi Yunnan provinsiyasida 21-may kuni 5,6 balldan 6,4 ballgacha bo‘lgan yer silkinishlari sodir bo‘ldi. Tabiiy ofat oqibatida kamida uch kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Sina nashri xabar bergan.

Foto: Twitter

Xabarlarda qayd etilishicha, bir yarim soat farq bilan sodir bo‘lgan zilzilalarda 20 ga yaqin yer silkinishlari kuzatilgan.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Zilzila o‘chog‘i 8—10 kilometr chuqurlikda 8,4 million aholi istiqomat qiladigan Kunmin provinsiyasining ma’muriy markazi, Dali shahridan (700 mingdan ziyod aholi yashaydi) 35 kilometr uzoqlikda joylashgan.

Tabiiy ofat oqibatida hududdagi 72,3 ming aholining moddiy boyliklariga shikast yetgan. Xavf ehtimoli yuqori bo‘lgan hududlardan 21 mingga yaqin xitoylik evakuatsiya qilingan. Vayronalar ostidan 20 dan ziyod kishi qutqarib olingan.

Taxminan 13 mingta bino, uy va boshqa inshootlarga zarar yetgan. Mutaxassislar yo‘llar, ko‘priklar va boshqa infratuzilma obyektlariga yetkazilgan zararni o‘rganmoqda.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Eslatib o‘tamiz, mart oyi oxirida Xitoyda 5,4 amplitudali zilzila sodir bo‘lgan. Kuchli yer silkinishi oqibatida 3 kishi halok bo‘lgani, 65 ta aholi uyi vayronaga aylangandi.