• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Bir vaqtning o‘zida ikki viloyatda ikkita xalqaro festival o‘tkazish — noprofessionallik. Mutaxassis madaniyat sohasidagi muammo va kamchiliklarni sanab berdi

    O‘zbekistonda madaniyat sohasida professional kadrlar yetishmovchiligi sabab rejada chiroyli o‘ylangan ko‘plab tadbirlar amalda ko‘p ham chiroyli bo‘lmagan ko‘rinishda ro‘yobga chiqarilmoqda. Bu fikrni, xususan, so‘nggi yillarda O‘zbekistonning deyarli har bir hududida tashkil etilayotgan va birinchi navbatda, sayyohlarni jalb qilish maqsadida o‘tkazilayotgan xalqaro festivallar borasida ham bildirish mumkin. Bu xalqaro tadbirlarning kamchiligi faqat o‘tkazilish vaqti bilan cheklanmaydi, deydi nomoddiy madaniy meros targ‘ibotchisi, Oxus Culture jamiyati rahbari Husniddin Ato.

    Mavzuga doir: Har ikki yilda bir bo‘ladigan festivallar bilan milliy musiqiy merosni saqlab qolib bo‘lmaydi. Husniddin Ato soha muammolari haqida gapirdi

    Madaniyat sohasida mahalliy menejerlar deyarli yo‘q

    An’anaviy musiqa sohasida eng oqsayotgan jihatlarimizdan biri — menejment. Festival, konsertlarni tashkillashtirishda negadir professionalizmdan qochyapmiz yoki bu borada bilim, tajribamiz yetishmayapti. 2018-yili Buxorodagi “Ipak va ziravorlar” hamda Namangandagi Xalqaro gullar festivalining bir vaqtda tashkillashtirilishi sayyohlar oqimini ikki joyga yo‘naltirayotgani, tadbirlar vaqtiga o‘zgartirish kiritish kerakligi haqida vazirlikka taklif bergandik. Biroq fikrlarimiz inobatga olinmay, 2021-yilda ham yana shu muammo takrorlandi. Qo‘shimchasiga, xuddi shu vaqtda Farg‘onada yana bir yangi — “Onalarga ehtirom” festivali o‘tkazildi.
    Ma’lumot uchun: Buxorodagi 2021-yilgi “Ipak va ziravorlar” festivali 28—30-may kunlari, Namangandagi Xalqaro gullar festivali esa 23—31-may kunlari o‘tkazildi. Farg‘onada esa “Onalarga ehtirom” festivali tashkil etilib, butun viloyatni qamrab olgan tadbir 29-may kuni yakuniga yetgan.
    Endi, ayting-chi, o‘zbekistonliklar yoki biror sayyoh uchala festivalni ham ko‘rgisi, qatnashgisi kelsa nima qiladi? Ularning bir paytda boshlanib, tugashi auditoriyaning xohishlari o‘rganilmagani, tashkillashtirish jarayonida mutasaddilarning bir-biri bilan muloqot qilmaganidan darak emasmi? Holbuki, oldimizda nafaqat sayyohlarni jalb etish, balki madaniyatimizni, an’analarimizni keyingi avlodlarga yetkazish, saqlab qolish, targ‘ib qilish masalasi ham bor.

    Bunday misollardan yana biri sifatida 5-iyun kuni O‘zbekiston Davlat filarmoniyasi tashabbusi bilan Buxoro viloyati filarmoniyasi “Mavrigi” ansamblining konserti Toshkentdagi “Turkiston” saroyi yozgi sahnasida soat 20:00 da, xuddi shu kuni Madaniyat vazirligi tashabbusi bilan Navoiy nomidagi Davlat Akademik katta teatri maydonida Ochiq osmon ostidagi konsertning soat 19:00 da bo‘lib o‘tganini ko‘rsatish mumkin. Ikkita katta va muhim konsert bir soat farq bilan bir joyda — poytaxtda bo‘lib o‘tganida qandaydir mantiq bormi?

    Shunda konsertlarning har ikkisiga ham bormoqchi bo‘lganlar qanday tanlov qilishi kerak? Qolaversa, konsertlar haqida oldindan, kattaroq platformalarda xabar berilishi kerak. Madaniyat sohasi mutaxassisi sifatida ushbu konsertlar haqida, ochig‘i, konsert tugagach xabar topdim. Boshqalarni-ku aytmasa ham bo‘ladi. Turli konsert-tomoshalar haqida xabar beruvchi “Afisha.uz” saytidan ham “Mavrigi” ansamblining konserti haqida ma’lumot topolmadim.

    Shuningdek, yaqinda “Yosh maqom ijrochilari” respublika ko‘rik-tanlovining taqdirlash marosimda ikki g‘olibga bitta statuetka berildi. Bu ham tashkilotchilarning noprofessionalligidan darak.

    Husniddin Ato.

    Husniddin Ato.
    Foto: Dilruh Isomiddinova

    Bu yerda ikkita muammo bor: biri — madaniyat sohasida mahalliy menejerlarning yetishmasligi bo‘lsa, ikkinchisi — xalqaro doiradagi tadbirlarni o‘tkazadigan menejerlarning yetishmasligidir. Menejment borasida biz ham mahalliy, ham xalqaro bozorda yutqazyapmiz. Bozorni o‘rganmay, qadam tashlayapmiz. Qariyb 20 yildan beri madaniyatimiz targ‘iboti bilan shug‘ullanaman. Bu davr ichida muvaffaqiyatsizlik alamlarini ham totganman. 2012-yildan xalqaro maydonga chiqib, auditoriya kayfiyati, talabini o‘rgangach, targ‘ibot, menejmentda xatolarimni tushunib, keyingi rejalarimni tuzganman.

    Ta’limga PR, reklama, sahnaga olib chiqish menejmenti darslarini kiritish kerak. Menejmentni dars sifatida oliy ta’limga kiritish kerak. Bundan bir yil avval Oliy Majlis Qonunchilik palatasining davra suhbatida Madaniyat vazirligiga madaniyat va san’at yo‘nalishi magistratura bosqichi talabalari uchun ikki semestrli “Xalqaro madaniyat va san’at menejmenti asoslari” dasturini taklif qildik. Har galgidek bu taklif ham taklifligicha qoldi. Toki ta’limga menejment fan sifatida kiritilmas ekan, tadbirlar, festivallar, marosimlar yo‘l-yo‘lakay o‘tkazilaveradi.

    Festivallar tanlov shaklida o‘tmasligi kerak

    Tanlov tarzida festival o‘tkazish sovet davridan qolgan an’ana. Bundan tezroq voz kechaylik. Asl san’at turli mukofotlar va o‘rinlarning ortida qolib ketadi. Bizga an’anaviy musiqamiz targ‘iboti kerak. Shu paytgacha tanlov tarzida o‘tkazilgan turli festival, konsert g‘oliblarini bugun qayerda ko‘ryapsiz? Ular o‘sha sahnada qolib ketmoqda. Dunyoning biror mamlakatida O‘zbekistonning nufuzli festivallaridek xalqaro darajadagi tadbirlarni tanlov shaklida o‘tkazilganini uchratmaganman.

    2022-yilda o‘tkazilishi kutilayotgan “Lazgi” xalqaro festivaliga doir prezident qarori loyihasi bo‘yicha bir qator takliflar bergandim, ammo yakunda e’lon qilingan hujjatda birorta taklif aks etmadi. “Sharq taronalari”, maqom, baxshichilik festivallarida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar aynan “Lazgi”da ham takrorlanmasin degandim. Lekin xatolar o‘sha-o‘shaligicha qoladi, shekilli — “Lazgi” festivali ham tanlov tarzida o‘tkazilarkan.

    Javobsiz qolayotgan takliflar

    An’anaviy va xalq musiqa merosini litsenziyadan qanday qilib qutqarish mumkin, degan savolga javobni, taxminan, 2003-yillardan beri izlayman. Aynan shu yillardan boshlab mumtoz musiqa merosini internetda targ‘ib qila boshladim. Bu mavzudagi rasmiy murojaatlarim tarixi esa 2014-yilning martidan boshlanadi.

    2014-yil 24-mart Vazirlar Mahkamasi hamda Madaniyat vazirligiga, shuningdek, 2014-yil 13-dekabr birinchi prezident Islom Karimov nomiga yo‘llagan xatlarimda konsert faoliyati uchun joriy etilgan litsenziya va soliqlar borasida quyidagi takliflarni bergan edim:

    • asosini milliy musiqamiz, maqomlarimiz, milliy cholg‘ularimiz ishtiroki tashkil etadigan konsert dasturlari tashkillashtirilayotgan jismoniy va yuridik shaxslarga keng imkoniyatlar yaratish;
    • mumtoz yo‘nalishda ijod qilayotgan va professional cholg‘u ijrochiligi rivojiga qaratilgan konsert dasturlari uchun imtiyozlar joriy etish va hujjatlarda alohida keltirib o‘tish;
    • xonanda, sozanda va konsert tashkilotchilarining maxsus tayanch ma’lumotga egaligi borasidagi hujjatini alohida e’tiborga olish;
    • maqom, mumtoz musiqa, dostonlarning yakkaxon va guruh ijrochilari, milliy cholg‘ular asosidagi konsert dasturlari tashkilotchilarini maxsus ruxsatnoma olishdan ozod qilish borasidagi mavjud hujjatlarga o‘zgartirish kiritish;
    • elektron cholg‘ular (sintizator, bass gitara, baraban) aralashmasidagi musiqiy konsertlardan soliqlar qisqartirilishi;
    • o‘z tabiiy ovoziga ega bo‘lgan cholg‘ular vositasidagi konsertlar, maqomlar, milliy kuy-qo‘shiqlar va dostonlar ijrosidagi konsertlar esa soliqlardan ozod qilinishi lozim.
    Ushbu takliflar bilan 2014-yildan buyon O‘zbekiston Senati, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Vazirlar Mahkamasi, Madaniyat vazirligi, Adliya vazirligi, Soliq qo‘mitasiga murojaat kiritib kelganman.

    Quyidagi savollarni esa 2017-yil 7-may hamda 2017-yil 4-dekabrda prezident Shavkat Mirziyoyevga yo‘llangan murojaatimda mavjud muammoni bayon etish jarayonida sanab o‘tgandim:

    • mumtoz musiqa yo‘nalishidagi konsert dasturlarini qayerda tinglash mumkin?
    • shashmaqom turkumi hamda Katta ashula yo‘nalishidagi konsert dasturlarini-chi?
    • Toshkentda bir oyda yoki yilda necha marta mumtoz musiqa, shashmaqom, xalq musiqasi asosidagi konsertlar bo‘lib o‘tadi?
    • bir yilda xorij mamlakatlarida (elchixonalar ishtirokisiz) necha bor O‘zbekiston mumtoz, xalq musiqasi asosidagi konsertlar tashkillashtiriladi?
    • O‘zbekistonda musiqa merosiga oid maxsus muzey bormi?
    • xorijlik tadqiqotchilar o‘zlarini qiziqtirgan ma’lumotlar, musiqiy, maqom namunalarini olish uchun qayerlarga murojaat qilishlari mumkin?
    • siz qancha estrada va qancha an’anaviy yo‘nalishda ijod qilayotgan xonanda va sozandani sanay olasiz va ularning oxirgi konsertlari qachon, qayerda va necha kun davom etgan?
    • bir yilda bitta estrada xonandasi necha turdagi musiqiy albom chiqaradi?
    • an’anaviy yo‘lda ijod qilayotganlar-chi?
    • an’anaviy yo‘lda ijod qilayotgan qaysi sozandalarni bilasiz va ular qanday cholg‘ularda ijro etishadi?
    • O‘zbekiston davlat konservatoriyasining An’anaviy ijrochilik bo‘limini bitirayotgan talabalarning necha foizi aynan an’anaviy yo‘lda ijod qilyapti?
    • Davlat konservatoriyasi An’anaviy ijrochilik bo‘limi bitiruvchilari bugun Shashmaqom turkumidagi yirik asarlarni qayerlarda ijro etyapti?
    Quyidagi takliflar ham alohida e’tiborga olinishi lozim edi:
    • internetda O‘zbekiston an’anaviy va xalq musiqa merosi fonoarxivini yaratish va muntazam targ‘ib etib borish;
    • O‘zbekiston davlat konservatoriyasi magistratura bosqichi uchun maxsus musiqa (shu jumladan, madaniyat va san’at) menejmenti kursini joriy etish;
    • zamonaviy innovatsion texnologiyalar asosida O‘zbekiston musiqa merosi muzeyini tashkil etish;
    • O‘zbekistonning chekka hududlarda an’anaviy va xalq musiqa merosimizdan jonli ravishda namoyish etish istagida bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarga keng imkoniyatlar, imtiyozlar yaratish;
    • xorij konsertlari, festivallariga yo‘l olayotgan an’anaviy va xalq yo‘nalishida ijod qilayotgan mustaqil sozanda, xonanda, raqqosa va jamoalar safar xarajatlari, avia chiptalari uchun maxsus grantlar ajratish;
    • nodavlat tashkilotlar istagiga ko‘ra, turli musiqa festivallarini, madaniy loyihalarni moliyalashtirishga ko‘maklashish tizimini joriy etish;
    • xususiy tashkilotlarning nufuzli xalqaro musiqa va san’at yarmarkalarida ishtirok etishlariga moliyaviy ko‘maklashish;
    • Janubiy Koreya, Turkiya, Germaniya, Estoniya, Rossiya, Eron, Fransiya, Shvetsiya, Norvegiya, Finlyandiya, Latviya, Qozog‘iston, Chexiya, Belgiya, Hindiston, Pokiston, Ozarbayjon kabi davlatlarning madaniy, musiqiy siyosat, menejment, festivallarni tashkillashtirish sohasidagi va yana boshqa ko‘pgina yo‘nalishlardagi tajribalarini o‘rganib, o‘zlashtirish.
    Qolaversa, to‘ylarni tartibga solishga doir Senat qarori muhokamasida aynan shunday marosimlardagi ovoz balandligini cheklash borasida ham taklif bergan edik. Lekin afsuski, na Madaniyat vazirligi, na Senat bu borada tayinli harakat qildi. To‘ylardagi baland ovoz eshitish va his qilish qobiliyatimizni pasaytiradi, asl san’at shovqin ostida qolib ketadi.

    Takliflarim qanchalik inobatga olinganini esa o‘zingiz bugungi kun “islohotlari”dan bilishingiz mumkin.

    Husniddin Ato — dunyo musiqasi bo‘yicha ekspert, xalqaro toifadagi madaniyat va san’at menejeri, trener. Transglobal World Music Chart loyihasi, ICCIRA — Madaniyat va ijod sohalari xalqaro ma’muriy tashkiloti direktorlar kengashi, MusiConnect Asia — Osiyo mintaqasi dunyo musiqasi ijodkorlar birlashmasi boshqaruv kengashi, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, Oxus Culture jamiyati rahbari, O‘zbekiston nomoddiy-madaniy merosining targ‘ibotchisi, fotojurnalist.

    21.06.2021, 09:39   Izoh (0)   38945
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Narkotikdan o‘ldi, suiqasd bo‘lgan deyishadi, ammo…”. Oxunjon Madaliyevning sirli o‘limiga nima sabab bo‘lgan? (video)

    20.06.2021, 16:52

    Zuhra Soliyeva oshqozonini kichraytirish operatsiyasidan so‘ng ikki oyda 15 kg ozganini ma’lum qildi (video)

    18.06.2021, 09:56

    “Fonogramma aytadigan muttaham deganlar”. Sardor Mamadaliyev ustoz san’atkor uni to‘yda kamsitgani haqida gapirib berdi (video)

    17.06.2021, 15:23

    “Litsenziyamni topshirishga tayyor edim”. Dildora Niyozova o‘ranganidan so‘ng “O‘zbekkonsert”da bo‘lgan majlis haqida gapirib berdi (video)

    16.06.2021, 19:21

    Dildora Niyozova rossiyalik milliarder Alisher Usmonov uning muxlisi ekani haqida so‘zlab berdi (video)

    16.06.2021, 11:45

    Har ikki yilda bir bo‘ladigan festivallar bilan milliy musiqiy merosni saqlab qolib bo‘lmaydi. Husniddin Ato — soha muammolari haqida

    15.06.2021, 18:17
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi

     

    Tavsiya etamiz

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda sezildi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 18:13

    Toshkent davlat yuridik universiteti “THE Impact Ranking — 2025” xalqaro reytingida 100 pog‘ona yuqorilab, dunyo bo‘yicha 301-o‘rinni egalladi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 18:16

    Dorilar arzonlashib, dorixonalar nazorati kuchaytiriladi: Farmatsevtika agentligi rahbari Abdulla Azizov bilan suhbat

    O‘zbekiston | 19 iyun, 18:12

    Apple va Google akkauntlaridan 16 mlrd parol internetga tarqaldi — OAV

    Dunyo | 19 iyun, 17:54

    ​​Shamol yo‘nalishining o‘zgarishi sababli bir nechta samolyotlar Toshkentga qo‘na olmadi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 17:52

    Yevropa Ittifoqi muzlatilgan rus aktivlarini Ukrainaga yordam beruvchi fondga o‘tkazadi

    Dunyo | 19 iyun, 17:50

    Muhammadali O‘rinboyev faoliyatini Belgiya chempionatida davom ettirishi mumkin

    Sport | 19 iyun, 17:42

    Orlando Blum “Karib dengizi qaroqchilari” filmiga qaytishi mumkinligi haqida gapirdi

    Layfstayl | 19 iyun, 17:40

    Xonanda Shoira Otabekova avtohalokatga uchradi (video)

    O‘zbekiston | 19 iyun, 17:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.