Aktrisa Zuhra Soliyeva oshqozonini kichraytirish operatsiyasidan so‘ng ikki oyda 15 kilogramm ozganini ma’lum qildi.
Bu haqida aktrisa YouTube’dagi YashinTV kanalida gapirib berdi.
Oshqozonimni kichraytirish operatsiyasini faqat ozish uchun qilmadim. Avvalo sog‘lig‘imni tiklash uchun qildim. Bo‘qog‘im bor edi, shishib yurardim, fitnessga borsam ham, umuman, ta’sir qilmas edi.Oddiygina pandemiya vaqtida har kuni yugurardim, yurardim, ammo 100 gramm ham ozmadim, aksincha bo‘g‘inlarimda og‘riqlar paydo bo‘ldi. Tabiatan juda kam ovqatlanaman, nafsim yomon emas, ammo hamisha shishib yurardim.
Vaqtida turmushga chiqmaganim, chiqqanimda ham doimiy stressda bo‘lganim, vaqtida farzandli bo‘lmaganim sababli gormonlarim teskari ishlagan. Gormon teskari ishlasa yoki faoliyati buzilsa ko‘plab kasalliklarni olib kelarkan.
Bundan bir yarim yil avval oshqozonni kichraytirish operatsiyasini qildirishga qaror qildim. O‘sha vaqtda o‘zimizda bu jarrohlik amaliyotini qilish yo‘lga qo‘yilmagan. Faqatgina bu jarrohlik operatsiyasini Turkiyada qilsa bo‘lar ekan, operatsiya narxini esa 10 000 dollar deyishdi. Bu men uchun juda qimmatlik qilardi. Buncha pulni topa olsam ham baribir o‘zimga sarflab yuborishga qizg‘onar edim.
Keyin Boku shahridan kelgan shifokorlar tomonidan operatsiya bo‘lib o‘tdi. Shifokorlar juda ham yaxshi muolaja qildi. Hamshiralar ham tun-u kun parvona bo‘ldi.
Bundan avval boshqa bir shifoxonaga bordim, u shifoxonada qabulxonaning o‘zidagi muomala yoqmadi. Ular menga shunaqa muomala qilishganidan keyin, oddiy odamlarga qanday qarashar ekan, hayronman. Shu sabab u shifoxonaga bormadim.
Ikki oy ichida 15 kilogramm ortiqcha vazn tashladim.
Oshqozonimni kichraytirish uchun 4 500 dollar pul ketdi. To‘g‘risi menga chegirma ham qilib berishdi.
Hozir o‘zimdan pulni ayasam, bu kattaroq kasalliklarni ham keltirib chiqarishi mumkin edi. Hozir xudoga shukr ahvolim yaxshi.
Zuhra Soliyeva, aktrisa
Izoh (0)