• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12715.13
    • RUB161.75
    • EUR14730.48
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    “Narkotikdan o‘ldi, suiqasd bo‘lgan deyishadi, ammo…”. Oxunjon Madaliyevning sirli o‘limiga nima sabab bo‘lgan? (video)

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Oxunjon Madaliyev haqida “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad xotira ko‘rsatuv tayyorladi.

    Ushbu dasturda Oxunjon Madaliyevning vafoti haqida odamlar orasida yurgan mish-mishlarga ham oydinlik kiritildi.

    “Hech qachon narkotik modda iste’mol qilganini ko‘rmaganman”

    Foto: “Daryo” / Oxunjon Madaliyevning haydovchisi Po‘latjon Omonov

    Foto: “Daryo” / Oxunjon Madaliyevning haydovchisi Po‘latjon Omonov
    Men o‘sha kunlari Oxunjon akamga haydovchi edim, Tico’da yurardim. O‘sha kuni Oxun akani akalari olib ketgan edi. To‘yga bordik, vodiyda to‘y ikki qism bo‘ladi. Ertalab kuyov ota-onasining hamkasblari keladi. Keyin kuyov navkar, bazm bo‘ladi. Juda chiroyli to‘y bo‘lgan, to‘y tugadi. Hamma chiqdi. Oxun akamni kutib turibmiz, Oxun akam chiqib menga, “Siz sostavni akamni mashinasiga o‘tkazing, Tico’da ketamiz”, dedi.

    Yo‘lga chiqdik. Oxun akam to‘ydan charchab chiqqanlar, doim to‘ydan chiqqanlarida uzoq yo‘lda uxlab ketardilar. Uyqulari tez kelardi. Ertalabdan kechgacha xizmat, shuning uchun yo‘lda uxlardilar. Farg‘onaning “Girgili” degan joyida doirachimiz Anvar aka turardilar, o‘shaning hovlisiga bordik, yetib borgandan keyin uyg‘otdim, “Oxun aka, keldik, turing” desam, indamayaptilar. “Shunaqa qattiq uxlab qoldilarmi?”, deb yana “Oxun aka”, deb turtsam ham uyg‘onmayaptilar. Keyin ichkariga kirib akalari Azim akamni aytib chiqdim, uyg‘otib ko‘rdik turmayaptilar. Qo‘rqib ketdik. Shifoxonaga qarab haydadik. Tez yordam ko‘rsatishdi, doktor chiqib, “Yarim soat, 40 minut bo‘libdi, Oxun akani berib qo‘ydik”, deb chiqdi. Biz shok holatidamiz, soppa-sog‘ odam,  kasal emasdi, ko‘pchilik “narkotik modda qabul qilgan”, degan gap chiqargan, yo‘q, Oxun akamni hech qachon narkotik modda istemol qilganini ko‘rmaganman, bu bo‘lmagan gap. Odamlar har xil gapni gapiraverar ekan. El og‘ziga elak tutib bo‘lmaydi deb bejiz aytishmas ekan.

    Po‘latjon Omonov, Oxunjon Madaliyevning haydovchisi

    “Oxunjon haqida turli bo‘htonlarni aytishdi”

    Foto: “Daryo” / Oxunjon Madaliyevning ustozi Qilichbek Tojiyev

    Foto: “Daryo” / Oxunjon Madaliyevning ustozi Qilichbek Tojiyev
    Menga Oxunjon vafot etgani haqida telefon qilib aytishdi, men esa ishonmadim. Chunki o‘sha paytda taniqli san’atkorlar to‘g‘risida, “Sherali Jo‘rayev o‘tib qolibdi, falonchi o‘tib qolibdi”, kabi mish-mishlar ko‘p tarqalar edi. Men yana shunaqa gapdir-da endi deb o‘yladim. Keyin sekin bordim. Borsam shunaqa vaziyat, baribir ham ishonmayapman. Keyin ertasi kuni chiqardik. Hozirgacha ham aslida ishonmaymiz.

    Oxunjon haqida turli bo‘htonlarni aytishdi. Oxunjon halol inson edi. U paytda fonogramma bo‘lmagan, bir oylab qo‘shiq aytardi, rahmatli shunday qattiq charchaganidan, mashinada uxlab qolardi.

    Oxunjonni tomog‘i og‘rib qolib, isitmasi chiqib qolgandi. Shu yuragiga ortiqcha bosim bergan ekanmi, shundan o‘tib ketdimi, bilmadim.

    Qilichbek Tojiyev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, Oxunjon Madaliyevning ustozi

    “Morg”da ko‘rib tamom bo‘lganman

    Foto: “Daryo” / Oxunjon Madaliyevning shogirdi Abdujalil Qo‘qonov

    Foto: “Daryo” / Oxunjon Madaliyevning shogirdi Abdujalil Qo‘qonov
    Bir kun avval Oxun akam bilan birga bo‘lganmiz. Meni Yozyovonda to‘yim bo‘lgan, Oxun akamni to‘ylari Farg‘ona shaharda bo‘lgan. U paytda Motorola degan telefon bo‘lardi, ustoz-shogirdlar olganmiz. “Men to‘yni tugatib sizga qo‘ng‘iroq qilaman, Farg‘onada ko‘rishamiz, yaqinda Namanganga borganimda yo‘ldan baliq berib yuborishdi, shuni pishirib yeymiz”, dedi rahmatli. Bozorlarga tushdik, ancha birga yurdik, Polsha bozor degan bozor bor edi, o‘sha yerga tushib kiyim-kechaklar oldik. Ertasi kuni men to‘yni tugatdim, Oxun akam rosa menga telefon qilgan ekanlar, u paytda telefon hamma joyda ham ishlamas edi, Yozyovonda men borgan joyda antenna bo‘lmagan, menga tusholmaganlar. Keyin men antennali joyga chiqqanimda, menga telefon qildi degan bildirishnoma kelgan, Oxunjon akamga qaytib telefon qilsam, telefonlari o‘chiq. Uyga bordim, telefon keldi, ko‘tarsam, “Oxun akam shunaqa bo‘lib qoldi”, deyildi. Men “morg”ga kelib ko‘rmagunimcha ham ishonganim yo‘q, ko‘rganimdayam ishonganim yo‘q. Ichimda “unaqa bo‘lishi mumkin emasdi”, deyapmanda.

    Haqiqiy bir yaqin insonni yo‘qotish qanchalik azob ekanini, qanchalik qiyinligini o‘shanda bilganman. Chunki meni juda ham erkalatib, Jekson deb chaqirib, ota-onamdek yer-u ko‘kka ishonmasdilar. Shogird sifatida yaxshi ko‘rardilar, shogirdlari ko‘p edi, lekin uzoq yillar davomida yonlarida men yurganman.

    “Morg”da ko‘rib tamom bo‘lganman, yonlariga ham borolmay qolganman. Birov kutmagan narsalar bo‘lgan. Haligacha xayolimda u inson tirik, tushlarimda ham ko‘rib turaman. “Yolg‘ondan bir o‘lgan edim, men keldim”, deb aytadilar tushlarimda, “rostan ham tirikmikanlar”, degan fikr hozirgacha xayolimdan o‘tadi.

    U inson biz uchun hech qachon o‘lmaydi, ular o‘lmas asarlar yaratib ketgan o‘lmas ijodkordir.

    Abdujalil Qo‘qonov, xonanda, Oxunjon Madaliyevning shogirdi

    Ma’lumot uchun, Oxunjon Madaliyev 1963-yil 21-may sanasida Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani, Yangiarab qishlog‘ida dunyoga kelgan. Oxunjon Madaliyev 1999-yilda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoniga sazovor bo‘lgan. Uning “Turkman qiz”, “Unutmoq osonmas bizlarni”, “Ketaman”, “Nasibam”, “Maqsading nima?”, “Seni bugun ko‘rmasam bo‘lmas”, “Javohirim”, “Yolg‘iz ayol” kabi yuzlab qo‘shiqlari muxlislar orasida ommalashgan.

    Oxunjon Madaliyev 2000-yil 29-iyun kuni yurak xurujidan vafot etgan.

    20.06.2021, 16:52   Izoh (0)   142255
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Zuhra Soliyeva oshqozonini kichraytirish operatsiyasidan so‘ng ikki oyda 15 kg ozganini ma’lum qildi (video)

    18.06.2021, 09:56

    “Fonogramma aytadigan muttaham deganlar”. Sardor Mamadaliyev ustoz san’atkor uni to‘yda kamsitgani haqida gapirib berdi (video)

    17.06.2021, 15:23

    “Litsenziyamni topshirishga tayyor edim”. Dildora Niyozova o‘ranganidan so‘ng “O‘zbekkonsert”da bo‘lgan majlis haqida gapirib berdi (video)

    16.06.2021, 19:21

    Dildora Niyozova rossiyalik milliarder Alisher Usmonov uning muxlisi ekani haqida so‘zlab berdi (video)

    16.06.2021, 11:45

    Har ikki yilda bir bo‘ladigan festivallar bilan milliy musiqiy merosni saqlab qolib bo‘lmaydi. Husniddin Ato — soha muammolari haqida

    15.06.2021, 18:17

    Qiziqchi Ortiq Sultonov va xonanda Otabek Mamazoitov rahbarlik lavozimlariga tayinlandi

    14.06.2021, 18:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi

     

    Tavsiya etamiz

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda IT yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘i kengaytiriladi

    O‘zbekiston | 17 iyun, 10:50

    Braziliyada 2 yashar bola onasini otib qo‘ydi (video)

    Dunyo | 17 iyun, 10:37

    “Nasaf” va “Navbahor” futbolchilarida katta o‘sish, “Paxtakor” a’zolarida esa jiddiy pasayish — Superligada harakat qiladigan futbolchilar narxi yangilandi

    Sport | 17 iyun, 10:34

    O‘zbekistonda 18-iyun kuni jazirama issiq bo‘ladi

    O‘zbekiston | 17 iyun, 10:33

    Rossiya Kiyevga dronlar bilan yirik zarba berdi. Qurbonlar bor (video)

    Dunyo | 17 iyun, 10:20

    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi

    Reklama | 17 iyun, 09:00

    Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

    O‘zbekiston | 17 iyun, 09:54

    Rossiyada bolalar uchun dronlarni boshqarish bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziladi

    Dunyo | 17 iyun, 09:30

    G7 sammitida Buyuk Britaniya—AQSH avtomobil savdosi bo‘yicha rasmiy kelishuv imzoladi (video)

    Dunyo | 17 iyun, 09:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.