Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 10-turidan o‘rin olgan so‘nggi 3 o‘yin 20-iyun, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
“Nasaf” o‘z maydonida “Andijon”ni qabul qilib, 2:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Qarshiliklarning har ikkala goliga ham Husayn Norchayev mualliflik qildi.
“Navbahor” Namanganda “Mash’al” bilan bahs yuritib, 2:1 hisobida zafar quchdi. Mezbonlar safida Bahrom Abdurahimov va Ivan Solovyov o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, “Mash’al”ning javob to‘piga Humoyun Murtazoyev mualliflik qildi.
“Qo‘qon-1912” kutilmaganda Toshkentda “Lokomotiv”ni yengdi. Uchrashuvdagi yagona gol Muhammadanas Hasanov nomi yozildi.
Shu tariqa Superliga 10-tur o‘yinlari o‘z yakuniga yetdi. Turning barcha o‘yinlari natijasi va turnir jadvali bilan tanishing:
Superliga
10-tur bahslari
20-iyun, yakshanba
Izoh (0)