• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Sarson-sargardonlikka mahkum etilgan millionlar. 20-iyun Butun dunyo qochoqlar kuni

    Uzoq tarixdan bugungi kunga qadar davom etayotgan urushlar nafaqat minglab insonlarning o‘limi va ulkan vayrongarchiliklarga olib kelishi bilan, balki minglab insonlarni qochqinga aylantirishi bilan ham dahshatli. “Daryo” Butunjahon qochoqlar kuni munosabati bilan hozirgi kunda ham o‘z yurtidan uzoqda boshpanasiz, og‘ir sharoitlarda hayot kechirayotgan insonlar haqida hikoya qiladi.

    20-iyun — Butunjahon qochoqlar kuni

    Butunjahon qochoqlar kuni 2000-yil 20-iyun kuni BMT tomonidan e’lon qilingan. Har yili shu kuni BMT va BMTning Qochqinlar ishlari bo‘yicha agentligi, shuningdek, turli fuqarolik institutlari dunyo jamoatchiligi e’tiborini urushlar va ta’qiblar tufayli vatani, uyini tashlab chiqishga majbur bo‘lgan millionlab qochqinlar taqdiriga qaratishga harakat qiluvchi tadbirlarni o‘tkazadi.

    Dunyoda har daqiqada o‘rtacha 24 kishi urush, ta’qib yoki qo‘rquv sabab tug‘ilgan yerini tashlab ketishga majbur bo‘ladi.

    Quyida bugungi kunda ham urushlar va ta’qiblar sabab o‘z yurtidan uzoqda, boshpanasiz va sarson-sargardonlikda umr kechirayotgan qochqinlarning katta inqirozlar haqida to‘xtalamiz.

    Suriya qochqinlari

    2011-yilda boshlangan fuqarolar urushi Suriya aholisi boshiga mislsiz kulfatlarni keltirdi. Shafqatsiz to‘qnashuvlar natijasida yuz minglab insonlar halok bo‘ldi, millat parchalandi, minglab insonlar qochoqqa aylandi. Suriya qochoqlari inqirozi hozirda dunyoda eng katta qochoqlar inqirozi hisoblanadi. Mamlakat ichkari va tashqarisidagi qochoqlarning umumiy soni, taxminan, 12 millionni tashkil etadi. Shuning teng yarmi yosh bolalardir.

    Liviyadagi suriyalik qochoqlar lageri

    Liviyadagi suriyalik qochoqlar lageri
    Foto: Getty Images

    Suriyalik qochoqlarni eng ko‘p qabul qilgan davlat Turkiya hisoblanadi. Mamlakatda 3 millionga yaqin suriyalik qochoqlar mavjud. Qochoqlar Turkiyaga, asosan, Yevropaga o‘tish niyatida qochib keladi, biroq Turkiya va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida qochoqlarni Yevropaga o‘tkazib yubormaslik to‘g‘risida kelishuv imzolangach ko‘plab suriyaliklar Turkiyadagi maxsus lagerlarga joylashtirildi.

    Turkiyaga yo‘l olgan suriyalik qochoqlar

    Turkiyaga yo‘l olgan suriyalik qochoqlar
    Foto: AFP / Getty Images

    Shuningdek Suriya ichkarisidagi qochoqlar ahvoli ham og‘ir bo‘lib, ular doimiy o‘lim xavfi ostida umr kechiradi. Ko‘plab xalqaro tashkilotlar va BMTning sayi-harakatlariga qaramasdan ularni to‘liq gumanitar yordam bilan ta’minlashning iloji bo‘lgani yo‘q.

    Suriyadagi qochoqqa aylangan oila

    Suriyadagi qochoqqa aylangan oila
    Foto: Google Images

    Rohinja musulmonlari quvg‘ini

    Rohinjalar Myanmaning Rakxayn (ikkinchi nomi Arakan) shtatida yashovchi kichik etnik guruh hisoblanadi. Rohinja tili hind-oriy tillariga mansub bo‘lib, bu tilda gapiruvchilar Myanmada sakkiz yuz mingni tashkil etadi. Rohinjalar Rakxaynda bir necha asrlardan beri yashashini ta’kidlasa-da, ko‘pgina tarixchilar va Myanma hukumati ularni ingliz hukmronligi davrida Rakxaynga ko‘chib kelgan hindlar deya hisoblaydi. Rohinjalar islom diniga e’tiqod qiladi va ko‘pincha rohinja musulmonlari deb ataladi.

    Rakxayndagi etnik kurashlar ancha oldin boshlangan bo‘lib, goh u, goh bu tomonning ustunligi ostida davom etgan. Myanma mustaqillikka erishgach nisbatan tinchigan muammo, 1988-yil hokimiyat harbiylar qo‘liga o‘tgach yana alangalandi. Harbiylar Rakxyan shtatining musulmon aholisini mamlakat fuqarolari sifatida tan olmadi va mintaqada harbiy operatsiyalar boshladi.

    2016-yilda Myanmaning Bangladesh bilan chegara punktlariga noma’lum kuchlar tomonidan hujum qilinganiga javoban Myanma qurolli kuchlari va politsiyasi Rakxaynda rohinjalar genotsidini amalga oshirdi. Minglab insonlar o‘ldirildi, uylarga o‘t qo‘yildi, ko‘plab rohinjalar qo‘shni Bangladesh hududiga qochib o‘tdi.

    Myanma hukumati xalqaro jamiyat tomonidan keng ko‘lamli inson huquqlarini buzish, sudsiz qatl, guruh bo‘lib zo‘rlash va bolalarni o‘ldirishda ayblandi.

    Rohinja qochoqlari

    Rohinja qochoqlari
    Foto: Reuters

    Faqatgina 2017-yil yanvarigacha 92 mingdan ortiq rohinjalar qochqinga aylandi. Ulardan oltmish besh mingga yaqini qo‘shni Bangladesh hududidan panoh topdi.

    Bangladesh hududiga qochayotgan rohinja musulmonlari

    Bangladesh hududiga qochayotgan rohinja musulmonlari
    Foto: Reuters

    Juda katta qochqinlar oqimi natijasida Bangladesh hukumati rohinja qochoqlarini Tengar Char oroliga joylashtirishga qaror qildi. Ammo bu mamlakat va xorijiy doiralarida qattiq tanqid qilindi, chunki orolda yashashning deyarli iloji yo‘q edi.

    Bangladeshdagi rohinja qochoqlari

    Bangladeshdagi rohinja qochoqlari
    Foto: Reuters

    BMT rohinja qochoqlari joylashgan Koks-Bazarda qochoqlar soni 600 mingdan oshib ketganini bildirdi. Ularga BMT va boshqa davlatlardan ulkan gumanitar yordamlar yuborildi, Bangladesh hukumatiga rohinja qochoqlari yashash sharoitlarini yaxshilash uchun qarz va xalqaro kreditlar berildi.

    BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Koks-Bazardagi rohinja qochoqlari lagerida

    BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Koks-Bazardagi rohinja qochoqlari lagerida
    Foto: BMT

    Myanma va Bangladesh hukumatlarining qochoqlarni qaytarish haqidagi kelishuvlariga qaramasdan rohinjalar Rakxaynga qaytishni xavfli deb hisoblamoqda va Bangladeshni tark etgani yo‘q.

    Koks bazardagi rohinja musulmonlari

    Koks bazardagi rohinja musulmonlari
    Foto: Google Images

    Lotin Amerika qochoqlari inqirozi

    Narkobiznes va mafiya makoniga aylangan Janubiy Amerikada aholi og‘ir turmush sharoitlari, jinoiy guruhlar ta’qiblari sabab tinimsiz ravishda AQSh tomon migratsiyani amalga oshirmoqda. So‘nggi yillardagi hisob-kitoblarga ko‘ra AQSh janubidagi janubiy amerikalik qochoqlar soni 3,5 milliondan ko‘proqni tashkil etgan. Janubiy amerikaliklar qochoqlar AQSh chegarasiga yetib kelgunga qadar ham ulkan yo‘lni bosib o‘tadi va ko‘pincha chegaralarda to‘xtatib qolinadi yoki ortiga qaytarib yuboriladi.

    AQSh chegarasi tomon harakatlanayotgan janubiy amerikalik qochoqlar karvoni

    AQSh chegarasi tomon harakatlanayotgan janubiy amerikalik qochoqlar karvoni
    Foto: Getty Images

    AQSh hukumati qochoqlar oqimini to‘xtatish uchun turli yo‘llarni ishga solmoqda. Prezident Tramp davrida AQSh va Meksika chegarasida qochoqlarning mamlakatga noqonuniy kirishini to‘xtatish uchun devor qurish ishlari boshlandi. Chegarada harbiylar ko‘paytirildi. Biroq bu qochoqlar oqimini deyarli kamaytirmadi, qochoqlar inqirozi AQShning jiddiy muammolaridan biriga aylandi.

    AQSh-Meksika chegarasidagi devorni oshin o‘tayotgan qochoqlar

    AQSh-Meksika chegarasidagi devorni oshin o‘tayotgan qochoqlar
    Foto: Google Images

    Afrika qochoqlari inqirozi

    Afrika davlatlaridagi fuqarolik urushlari, turli klanlarning hokimiyat uchun kurashlar va diktatorlik davlatlaridagi o‘ta past turmush darajasi Afrika aholisini shimolga, Yevropa tomon qochishiga sabab bo‘lmoqda. Bugungi kunda ham Afrika eng ko‘p migratsiyaga ega qit’a hisoblanadi. Har kuni yuzlab insonlar Yevropa va Afrikani ajratib turuvchi O‘rta Yer dengizini kesib o‘tishga harakat qiladi, ularning ko‘pchiligi sohilga yetolmasdan halok bo‘ladi, omadi kelganlari esa sohil politsiyasi tomonidan qutqariladi.

    Qurbonlar soni kun sayin ortib bormoqda. Afrika Shimoliy Koreyasi deb ataluvchi Eritreya aholisining qochoqqa aylanishi bo‘yicha Afrikada yetakchi o‘rinni egallaydi.

    O‘rtayer dengizini kesib o‘tayotgan afrikalik qochoqlar

    O‘rtayer dengizini kesib o‘tayotgan afrikalik qochoqlar
    Foto: Wikipedia

    Garchi Yevropa davlatlari qochqinlarga boshpana berayotgan bo‘lsa-da, ularga ma’lum cheklovlar ham qo‘yilgan. Xususan, Yevropaning bir qancha davlatlarida qochoqlarga o‘z uyini qurish va ular uchun ajratilgan hududdan chiqish taqiqlangan.

    Chegarani noqonuniy kesib o‘tayotgan qochoqlar

    Chegarani noqonuniy kesib o‘tayotgan qochoqlar
    Foto: Wikipedia

    Afrikalik qochoqlarning katta qismini Nigeriya, Somali, Gambiya va Sudan davlatlari fuqarolari tashkil etadi.

    Foto: Shutterstock

    Yevropa Ittifoqi qochoqlarni ish va turar-joy bilan bo‘yicha harakatlarni amalga oshirayotgan bo‘lsa-da, ularning aksariyatining ahvoli og‘irligicha qolmoqda.

    Yevropa bo‘ylab yurayotgan afrikalik qochoqlar oilasi

    Yevropa bo‘ylab yurayotgan afrikalik qochoqlar oilasi
    Foto: Google Images

    Shuningdek dunyoning turli burchaklarida yana o‘n minglab qochoqlar juda qiyin sharoitlarida umr kechirmoqda. BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar ularga imkon qadar gumanitar yuborayotgan bo‘lsa ham bu deyarli ahvolning o‘nglanishiga yordam berayotgani yo‘q. Aksincha, dunyoda kundan kunga qochoqlar soni ortib bormoqda va yangi qochoqlar inqirozlari paydo bo‘lmoqda.

    Muhammadqodir Sobirov tayyorladi 

    20.06.2021, 23:58   Izoh (0)   38895
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Britaniyalik ayol eriga giyohvand moddalar sotib olish uchun ish joyidan 260 ming dollar o‘g‘irladi

    Dunyo | 19 iyun, 23:55

    “ChatGPT’dan foydalanish insonning aqliy qobiliyatlarini pasaytiradi” — tadqiqot

    Dunyo | 19 iyun, 23:45

    “AQSH va Eron Isroil hujumlari boshlanganidan so‘ng bevosita muzokaralar olib borgan” — OAV

    Dunyo | 19 iyun, 23:35

    CBS: Tramp Fordodagi uran boyitish markaziga zarba berishi mumkin

    Dunyo | 19 iyun, 23:25

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Palmeyras” “Al-Ahli”ni mag‘lub etdi

    Sport | 19 iyun, 23:15

    Adolat qaror topdi: qashqadaryolik fermerning bank sotib yuborgan haydov traktori qaytarib beriladigan bo‘ldi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 19-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 19 iyun, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.