Milliy Olimpiya qo‘mitasi binosida 19-iyun, shanba kuni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining navbatdan tashqari kongressi bo‘lib o‘tdi.
O‘FA prezidenti Abdusalom Azizov marosimni o‘z nutqi bilan ochib berdi (batafsil).
Futbolda g‘alaba va mag‘lubiyat yonma-yon yuradi. Shu kunlarda milliy terma jamoamizning mag‘lubiyati muxlislarimizni judayam ranjitdi. Ushbu mavzu yuzasidan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bugungi yig‘ilishdan keyin hisobot beradi va terma jamoa holatiga baho beradi.Abdusalom Azizov, O‘FA prezidenti
Kongressning kun tartibidan quyidagi masalalardan iborat bo‘ldi:
1. O‘FA ustavini FIFA va OFK talablari asosida yangi tahrirda tasdiqlash;
2. O‘FA saylov kodeksini tasdiqlash;
3. O‘FA saylov qo‘mitasini tasdiqlash;
4. O‘FA apellyatsiya saylov qo‘mitasini tasdiqlash.
Tashkiliy masalalar ijroqo‘m bilan birga muhokama qilingach, O‘zbekiston terma jamoasining JCh—2022 saralash bosqichidagi muvaffaqiyatsiz ishtiroki kun tartibiga chiqdi.
Avvaliga O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov so‘zga chiqdi.
2019-yilda hurmatli Prezident Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekistonda futbol rivojini mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga imzo chekdi. Ushbu farmon uzoq muddatli rivojlanish rejasini o‘z ichiga olgan bo‘lib, unda 2030-yilgacha futbolni rivojlantirish konsepsiyasi, yo‘l xaritasi va maqsadli ko‘rsatkichlar belgilab berilgan. Farmonda qayd etilgan topshiriqlar bosqichma bosqich o‘z vaqtida amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, 14 ta hududiy futbol assotsiatsiyalari faoliyati tahlil o‘tkazish natijasida tubdan isloh qilinib, qaytadan tashkil etildi va ularga tajribali futbol mutaxassislari jalb etildi. Viloyat jamoalari va terma jamoalarga mahoratli futbolchilar yetkazib berish tizimi astalik bilan yo‘lga qo‘yilyapti.Shundan keyin so‘z O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramovga berildi.O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tizimida terma jamoalar bo‘limi qayta tashkil etilib, unga O‘zbekiston milliy terma jamoasida ko‘p yillar davomida to‘p surgan Aziz Haydarov bo‘lim boshlig‘i etib tayinlandi. Bo‘limga milliy hamda turli yosh toifalaridagi O‘zbekiston terma jamoalari faoliyatini tizimli ravishda muvofiqlashtirish, xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari tashkil etish, nufuzli musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish va ularda muvaffaqiyatli ishtirok etish kabi vazifalar yuklandi. Eng asosiysi futbolchilarni o‘smirlar terma jamoasidan to milliy terma jamoagacha bo‘lgan davrda o‘zbek futboli mentalitetidan kelib chiqqan holda yagona uslub va o‘yin falsafasini ishlab chiqish va terma jamoalar o‘yinida joriy etish maqsad qilib qo‘yilgan.
2019-yil sentabr oyida O‘FA qoshidagi murabbiylar kengashi qarori va ko‘p sonli futbol muxlislarining taklif va istaklarini inobatga olgan holda Vadim Abramov O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi va unga 2022-yilgi Jahon Chempionatiga olib chiqish vazifasi yuklatildi. Murabbiylar shtabining talabi va rejasi asosida milliy terma jamoa tayyorgarligi uchun O‘FA tomonidan barcha moliyaviy va tashkiliy masalalar o‘z vaqtida bajarildi. Jumladan, 10 ta o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari, 4 ta nazorat uchrashuvi, 12 ta xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari tashkil qilindi.
Hurmatli yig‘ilish ishtirokchilari, albatta, barchamizning asosiy orzumiz Jahon Chempionatiga chiqish. O‘FAning qilayotgan barcha sa’y-harakatlari ham pastdan boshlab to tepagacha futbolni rivojlantirishni tizimli yo‘lga qo‘yish, ushbu tizimni yo‘lga qo‘yishni uddalamagunimizcha yirik musobaqalarda barqarorlikka erishishimiz qiyin bo‘ladi. Buni qisqa vaqt ichida yo‘lga qo‘yish oson emas. Ish bor joyda kamchilik bo‘lganidek, O‘FAning yosh jamoasi faoliyatida ham xato va kamchiliklar bo‘lib turibdi. Biz ularni bartaraf etish uchun doimiy izlanishdamiz va mehnat qilyapmiz. Bu borada biz OAV, futbol jamoatchiligi, muxlislar fikrini ham inobatga olib ishlayapmiz. Ishonchimiz komilki, yuqorida tilga olingan ishlar va oldimizga qo‘yilgan rejalar futbolimizni tizimli rivojlantirib, natijalar barqaror bo‘lishini ta’minlaydi.
Ravshan Ermatov, O‘FA birinchi vitse-prezidenti
Terma jamoani 2019-yilda Falastinga uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng qabul qilib oldim. Men va murabbiylar shtabi oldiga Jahon Chempionatiga chiqish vazifasi qo‘yildi. Falastinga qarshi o‘yindan so‘ng tayyorgarlik uchun vaqt bo‘lmadi. Murabbiylar shtabi tomonidan tarkibning 70 foizini almashtirildi. Falastinga va Yamanga qarshi o‘yinlargacha qarasangiz, birinchi uchrashuvdagi faqat 4 nafar futbolchi tarkibga jalb etilganini ko‘rishingiz mumkin. Biz Yamanni 5:0 va mehmonda Singapurni 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdik. Shundan so‘ng Saudiya Arabistoniga qarshi o‘ynadik va, afsuski, asosiy raqibimizga 3:2 hisobida mag‘lub bo‘ldik. Agar o‘sha o‘yinni eslasangiz, 2018-yilgi mundialda ishtirok etgan Saudiya Arabistoni futbolchilaridan farqli ravishda bizning futbolchilarning tajribasi kamligini ko‘rishingiz mumkin. Tarkibda tajribali futbolchilar yetishmadi. Saudiya Arabistonida Osiyoning bir necha bor chempion bo‘lgan jamoalarida to‘p suradigan futbolchilari bor. Buning o‘zi ham ko‘p narsalarni bildiradi. 3:2 hisobidagi mag‘lubiyat bizning vazifamizni qiyinlashtirib yubordi.Abramov so‘zini yakunlaganidan keyin O‘zbekiston Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov murabbiyga savol bilan murojaat qildi va terma jamoa nima sababdan Saudiya Arabistoniga qarshi so‘nggi o‘yinda taktik o‘zgarishlarga qo‘l urganiga izoh so‘radi.Lekin Falastinni 2:0 hisobida yutganimizdan keyin guruhdan chiqishimiz uchun yaxshi imkoniyat paydo bo‘ldi. Keyingi 3 o‘yinda 6 ochko jamg‘arsak, 2-o‘rin bilan chiqishga imkoniyat paydo bo‘lardi. Bu oddiy arifmetik hisob-kitob. Afsuski, butun dunyoda pandemiya bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi va musobaqa to‘xtatildi. Shundan so‘ng OFK Shimoliy Koreya saralash o‘yinlarida ishtirok etmasligini aytdi. Guruhda oxirgi o‘rinni egallagan jamoa bilan bo‘lib o‘tgan o‘yinlarda 6 ochko ayirib tashlanishini e’lon qildi. Biz Yaman va Singapurni yengib 6 ochko jamg‘argan bo‘lsak, musobaqa jadvalida 15 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egalladik. Lekin bizning o‘rnimizga Livan keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Nima deyishim mumkin, biz o‘tkazgan oxirgi yig‘inlarda qo‘limizdan kelgan barchasini amalga oshirdik. Biz mag‘lubiyatga uchradik, barcha javobgarlik mening bo‘ynimda. Murabbiylar shtabi boshlig‘i sifatida mas’uliyatni zimmamga olaman. Barcha futbol muxlislaridan uzr so‘rayman. Agar muvaffaqiyatli ishtirok etganimizda bugun sizlarni bu yerga yig‘masdik. Biz javob berishga tayyormiz. Bir narsani aytib o‘tmoqchiman: bu vaqt davomida 75 futbolchi terma jamoada maydonga tushgan bo‘lsa, 20 nafar futbolchi terma jamoada o‘z debyutini o‘tkazdi. Terma jamoaning kelajagi bor, deb o‘ylayman. Ularni to‘g‘ri yo‘naltira olish zarur. Men ishlagan davrimda markaziy himoyachilar va darvozabonlarni tayyorgarligi borasida ishlarni amalga oshira olmadik. Bu oxirgi bosqichda ham ko‘rindi. Bu muammo yechilmay qoldi.
Vadim Abramov, O‘zbekiston terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi
Biz raqibni faqat pressingdan ushlashimiz kerak edi. Shunday qilishmiz kerak ediki, raqib bizning yarim maydonga o‘ta olmasligi lozim edi. Toshkentdagi o‘yinda buni amalga oshira olgandik va ularning o‘yini chiqmagandi. Biroq Saudiyadagi ob-havo sharoiti bunday o‘ynashga yo‘l qo‘ymasdi.Keyin Abdusalom Azizov tomonidan Abramovga savol berish taklif etildi. (Qayd etish kerak, marosimdan avval tashkilotchilar jurnalistlarga kongress vaqtida savollar bo‘lmasligi va faqat kuzatish imkoniyati bo‘lishi aytgandi).Odil Ahmedovga kelsak, futbolchilar menga chiqdi va so‘nggi o‘yinda Ahmedovni himoyada o‘ynatishni maslahat berdi. Aziz Haydarov keldi va futbolchilar shuni istayotganini aytdi. Jamoaviy ishda qolganlarning fikriga quloq solish muhim hisoblanadi.
Ularga qarshi himoyaviy o‘yin namoyish qilmoqchi edik, biroq birinchi qarshi hujumdayoq gol o‘tkazib yubordik. Afsuski, tezkor gol qo‘yib yubordik. Agar yuqori darajali markaziy himoyachilar bo‘lganida balki boshqa natija bo‘lardi. Singapur terma jamoasi 85 daqiqa ularga qarshi xotirjam o‘ynagandi.
Vadim Abramov
Farrux Ikromovning terma jamoaga jalb etilgani haqidaShundan keyin terma jamoalar bo‘limi boshlig‘i Aziz Haydarov so‘zga chiqdi.Statistika qarab faqat kosmonavtlar tanlanadi, futbolchilar bu orqali tanlanmaydi. Ikromovning kelajagi buyuk. U Saudiyaga qarshi o‘yinda terma jamoaga loyiq ekanini isbotladi.
Tayyorgarlik jarayoni haqida
Koronavirus ko‘plab rejalarni barbod qildi. O‘zbekistondan farqli o‘laroq Saudiyada legioner futbolchilar yo‘q. Bizda turli mamlakatlarda to‘p suradigan o‘yinchilar bor. Avstraliyaga qarshi o‘yin ularning iltimosi bilan bekor qilindi, raqib murabbiyi buning uchun kechirim ham so‘radi. Undan avval Turkmaniston bilan o‘yin bo‘ldi. Umuman olganda, Saudiyaga qarshi o‘yingacha hammasi yaxshi ketayotgandi. Biroq so‘nggi o‘yin biz u qadar yaxshi tayyor emasligimizni ko‘rsatdi.
Iste’fo borasida
Albatta, bu haqida gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas. Shusiz ham iyun oyida shartnomam yakuniga yetadi.
Anzur Ismolovning jalb etilmagani haqida
Ismoilovga oxirigacha ishongandim. Biroq so‘nggi lahzada u rad etdi. Sababini bilmayman. Bu men uchun kutilmagan holat bo‘ldi. Krimetsga keladigan bo‘lsak, oxirgi yillarda unda terma jamoada o‘ynash tajribasi yo‘q edi.
Vadim Abramov
Gapimni futbol muxlislaridan uzr so‘rash bilan boshlamoqchiman. Chunki oldimizga qo‘yilgan vazifa Jahon Chempionatiga chiqish edi. Terma jamoa uchun hamma sharoitlarni yaratib berdik. O‘yinlar ham tashkil qilindi, barcha imkoniyatlar yaratildi. O‘yinga keladigan bo‘lsak, bir masalaga to‘xtalib ketaman: Vadim Abramov aytganidek, o‘yindan oldin yigitlar menga iloji bo‘lsa Odil Ahmedov himoya o‘ynashini taklif qildi. Shu murojaatni Vadim Karlenovichga yetkazdim. Og‘ir o‘yinlar oldidan yetakchi futbolchilar bilan murabbiy suhbatlashishi kerak. Bir ish bajarilayotganda bir birini qo‘llab-quvvatlashi zarur. Shuning ortidan katta g‘alabalarga erishish mumkin.O‘zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov ham o‘z fikrlarini bildirdi va terma jamoadagi faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi.Eng katta muammomizni har doim aytib kelganman. Taktik jihatdan doim kamchiligimiz bo‘lgan. Bu haqida doim so‘rab keldim, baribir oxirida shu narsaga duch keldim. Bizda bitta reja bor edi, agarda 2-3 ta rejamiz bo‘lganda o‘yinga boshqacha yondashgan bo‘lardik. Bu narsadan hammamiz o‘rnak olishimiz kerak. O‘ylaymanki, futbolchilar ham, murabbiylar ham, futbol atrofidagi odamlar ham bundan to‘g‘ri xulosa chiqaradi. U-19 Ayollar terma jamoamiz Lobanovskiy musobaqasida g‘olib bo‘lib keldi, lekin milliy terma jamoamizda g‘alabalar bo‘lmasa, qilayotgan kichik yaxshi ishlarimiz ko‘rinmaydi.
Butun murabbiylar kelishilgan holda bitta yo‘nalishda ishlab, yoshlarimiz bir birini tushunib ishlasa, o‘ylaymanki, o‘shanda ish to‘g‘ri yo‘lga qo‘yiladi. Bir narsani iltimos qilib qolardim, har yili kichik maydonlar tashkil qilishimiz, futbolchilar uchun yana nimadirlar qilishimiz lozim. Bo‘lmasa boshqa davlatlardan ancha ortda qolib ketyapmiz. Bu haqiqat. O‘zimizdan kuchsiz deb hisoblaydigan futbol terma jamoalarining infratuzilmalariga, futbolchilar uchun yaratib berayotgan imkoniyatlariga qarasak ular bizdan ancha oldinda.
Endi bo‘lib o‘tgan ishlarga aybdor insonlarni qidiraverish emas, to‘g‘ri yo‘lda hammamiz davom etishimiz lozim. Futbolimiz jar yoqasiga kelib qolishiga futbol atrofidagi barchamiz aybdormiz. Halollik va shaffoflikda davom etsak, xudo ham yo‘limizni ochib beradi. O‘zim 3 marta Jahon Chempionati saralashida qatnashgan bo‘lsam, har doim nimadir yetmay qolardi. Ba’zan ochko, ba’zan gol yetmay qolardi. Bir narsani ta’kidlayman: bizga halollik yetishmayapti. Halollik bo‘lsa, hamma narsa o‘z joyiga tushadi.
Aziz Haydarov, terma jamoalar bo‘limi boshlig‘i
Shu joyda juda ko‘p gapirildi. Ammo bitta narsani aytmoqchiman: futbolni aldab bo‘lmaydi. Bugun o‘zgarmasak, har 4 yilda shunday turib kechirim so‘raymiz.Orada o‘zbek futboli faxriysi Birodar Abduraimov Odil Ahmedovning Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yindagi harakatlarini tanqid ostiga oldi (batafsil).Futbolchi bo‘ladimi, murabbiy bo‘ladimi, shu sohadagi odam bo‘ladimi — futbolning manfaatini birinchi o‘ringa qo‘ymasa, bizda hech qachon natija bo‘lmaydi. Bu katta detallardan biri. Maydalari esa juda ko‘p.
Agar men bu haqida gapiradigan bo‘lsam, bahonaga o‘xshab qoladi. Futbol sohasida ishlaydigan odamlar bor, ular yaxshi tushunadi. Eng katta muammolarimizdan biri bolalar futbolida to‘g‘ri yo‘l tutmayotganimiz.
Terma jamoadagi faoliyatimni yakunladim.
Odil Ahmedov, futbolchi
So‘nggi so‘z Abdusalom Azizovga berildi. Unda O‘FA rahbari futboldagi qing‘ir holatlarga to‘xtalib o‘tdi (batafsil).
Maoshlar siyosati, menejmentda ham biz ortdamiz. Aziz Haydarov ko‘plab ishlarni amalga oshirdik deyapti-ku, biroq amalda tashkiliy masalalarda u ham ko‘plab kamchiliklarga yo‘l qo‘ydi. Saudiya Arabistoniga yetib borganda mehmonxona qoniqtirmadi, aeroportlardagi muammo va hokazo mayda muammolar futbolchilaring kayfiyatiga ta’sir qilmasdan qolmaydi. Odam avval o‘zining ishini ipidan ignasigacha qilib qo‘yib, undan keyin intervyu berishi va gapirishi kerak.Abdusalom Azizov, O‘FA rahbari
Marosim so‘ngida Azizov O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov bilan shartnoma tugatilishini e’lon qildi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)