• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Emlanmagan kuvaytliklar mamlakatdan chiqarilmaydi, Rossiyada saqich shaklidagi COVID-vaksina ishlab chiqilmoqda, Indoneziyada emlanganlarga tovuq berilmoqda. Koronaxabarlar

    Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda COVID-19’ga chalinganlar soni 177 372 117 kishiga yetdi, shularning 3 840 704 nafari vafot etgan. Virus bilan kasallanish holatlari eng ko‘p AQShda (33,5 million), Hindistonda (29,7 million), Braziliyada (17,7 million), Fransiyada (5,8 million) va Turkiyada (5,3 million) qayd etilgan.

    COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashayotgan shifokorlarga bag‘ishlangan devoriy tasvir. Nepal, Katmandu, 9-iyun

    COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashayotgan shifokorlarga bag‘ishlangan devoriy tasvir. Nepal, Katmandu, 9-iyun
    Foto: Zuma

    Koronavirusga qarshi to‘liq emlanmagan Kuvayt fuqarolari mamlakatdan chiqarilmaydi

    Kuvayt hukumati 17-iyun kuni koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash bo‘yicha yangi choralar haqida e’lon qildi va to‘liq vaksinatsiya qilinmagan fuqarolarning amirlikdan chiqishini taqiqladi, shuningdek, mamlakatga kirish bo‘yicha ham muayyan cheklovlar joriy qilindi. Yangi qoidalar 1-avgustdan kuchga kiradi.

    Kuvaytni tark etish uchun fuqarolar mamlakatda ma’qullangan vaksinalardan biri bilan to‘liq emlanishi kerak bo‘ladi.

    Bundan tashqari, Kuvayt fuqaroligiga ega bo‘lmagan aholining mamlakatga kirishi uchun ham to‘liq vaksinatsiya va manfiy natijali PZR-test talab qilinadi.

    Mavzuga doir: Kuvayt koronavirus tufayli vazirlik va banklar ishini to‘xtatdi

    Rossiyada saqich shaklidagi koronavirusga qarshi dori ishlab chiqilmoqda

    Rossiya Mudofaa vazirligi Markaziy ilmiy-tadqiqot instituti COVID-19’ga qarshi saqich ko‘rinishidagi dorini ishlab chiqishni boshladi. Bu koronavirusga qarshi chaynaladigan tabletka va pastila shaklidagi mukozal (shilliq qavatda ish beradigan) vaksinadir.

    Sinovlardan keyin dori koronavirus infeksiyasini davolash va oldini olish bo‘yicha turli sxemalarga kiritilishi kutilmoqda.

    Mavzuga doir: Moskvada “Sputnik V” vaksinasining burunga tomiziladigan shakli va yangi “Sputnik Layt” vaksinasi sinovdan o‘tkaziladi

    Indoneziyada COVID-19’ga qarshi emlanganlarga tovuq sovg‘a qilinmoqda

    Indoneziyaning qishloq joylarida mahalliy aholini vaksina olishga jalb qilish uchun emlanganlarga jo‘jalar tarqatilmoqda.

    Yava oroli g‘arbidagi Chianjur okrugida joriy qilingan dasturga muvofiq, 45 yoshdan oshganlarga emlanib bo‘lganidan keyin tovuq hadya qilinmoqda. Ushbu tashabbusdan so‘ng emlanish istagida bo‘lganlar soni o‘n marta oshib ketdi.

    Ta’kidlanishicha, Indoneziya — pandemiyadan eng ko‘p zarar ko‘rgan mamlakatlardan biri. U yerda 2 milliondan ortiq odam kasallikka chalinib, shularning 53 mingdan ziyodi vafot etgan. So‘nggi haftalarda Yava va Sumatra orollarida kasallanganlar sonining keskin oshishi kuzatilmoqda.

    Mavzuga doir: Indoneziya minglab davlat xizmatchilarini masofadan ishlash uchun Bali oroliga yuboradi

    Lissabon kirish va chiqish uchun yopiladi

    Portugaliya poytaxtida koronavirus infeksiyasining avj olishi qayd etilayotgani sababli dam olish kunlari shaharga kirish va undan chiqish mumkin bo‘lmaydi. 18-iyundan kuchga kiruvchi taqiq Lissabon aeroportidan uchadigan reyslarga va xizmat safarlariga ta’sir qilmaydi. Ammo shaharga kiraverishda politsiya nazorat punktlari o‘rnatiladi.

    Ekspertlar fikricha, Lissabon hududida virus avj olishi Delta shtammining tarqalishi bilan bog‘liq.

    Mavzuga doir: Portugaliyada ikki oylik qat’iy karantindan keyin maktab va muzeylar qayta ochildi

    Dunyo bo‘yicha qo‘llanilgan COVID-vaksinalar 2,5 milliard dozadan oshdi

    Dunyoning barcha mamlakatlarida 2,5 milliard dozadan ortiq vaksina qo‘llanildi.

    COVID-19’ga qarshi vaksinalar eng ko‘p Xitoyda (945 million), AQShda (312 million), Hindistonda (265 million), Braziliyada (81 million), Buyuk Britaniya (72 million), Germaniya (63 million), Fransiya (45 million), Italiya (43 million), Meksika (38 million), Turkiya (38 million) va Ispaniyada (34 million) qo‘llanilgan.

    Kiritilgan dozalarning aholi soniga nisbati bo‘yicha Birlashgan Arab Amirliklari yetakchilik qilmoqda, u yerda har 100 kishiga taxminan 142,24 doza vaksina qo‘llanilgan.

    Mavzuga doir: BAA koronavirusga qarshi ommaviy immunitetga erishgan birinchi mamlakat bo‘lishi mumkin

    18.06.2021, 16:11   Izoh (0)   13306
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Eronda prezident saylovi bo‘lib o‘tmoqda

    18.06.2021, 11:45

    Ozarbayjonda Turkiya harbiy bazasi tashkil qilinishi mumkin

    18.06.2021, 09:42

    AQSh aholisining 50 foizdan ortig‘i emlandi, ayrim shtatlarda cheklovlar butunlay olib tashlandi. Mamlakat koronavirusdan keyingi hayotga qanday o‘tmoqda? (foto)

    18.06.2021, 09:26

    Shri-Lanka sohillari yaqinida kimyoviy moddalar ortilgan kema cho‘kib ketdi. Bu ekologik falokat keltirib chiqarishi mumkin

    18.06.2021, 08:08

    Italiyada dor yo‘lining uzilib, kabina qulagani tasvirlangan video tarqaldi. Oqibatda 14 kishi halok bo‘lgan

    18.06.2021, 07:17

    Shimoliy Koreya 2005-yildan buyon birinchi marta boshqa davlatga pul xayriya qildi

    17.06.2021, 22:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda endi 7-9-sinf o‘quvchilari universitetda ham o‘qitiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 1-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:00

    Uorren Baffet 6 mlrd dollarlik Berkshire aksiyalarini xayriya qildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:40

    Toshkent arxitektura-qurilish universitetida dual ta’lim joriy etiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 22:25

    3 yil davomida uydan chiqmagan erkak axlat va chiqindilar uyumi orasidan topildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:14

    “Kunning kamida 2-3 soatini salqin xonada o‘tkazing”. JSST anomal issiqda aholiga zarur bo‘lgan tavsiyalar berdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 21:55

    AQSH sog‘liqni saqlash vaziri amerikaliklarni dunyodagi eng kasal millat deb atadi

    Dunyo | 1 iyul, 21:45

    “Yoshlar Ittifoqi” qurib bitkazgan “Asr qurilishi” — BAM tarixi

    Dunyo | 1 iyul, 21:35

    WP: Mask raqobatchilarning maxfiy ma’lumotlariga kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan

    Dunyo | 1 iyul, 21:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.