Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Indoneziya hukumati ishlab chiqayotgan dastur doirasida davlat xizmatchilarining bir qismini Indoneziyaning Bali oroliga masofadan ishlashga yuborish rejalashtirilmoqda, deb yozadi Meduza.

Foto: Global Look Press

Foto: Global Look Press

Bloomberg xabariga ko‘ra, Indoneziya turizm va kreativ iqtisodiyot vaziri Sandiaga Uno dastur tayyorgarlikning yuqori bosqichida turganini aytdi. Orolga Dengiz masalalari va investitsiyalar, shuningdek, unga qarashli yettita organlar xodimlarini yuborish rejalashtirilmoqda. Baliga jami sakkiz ming nafargacha davlat xizmatchilari jo‘nab ketadi, deb yozadi Nikkei Asia.

Ushbu dastur yordamida Indoneziya hukumati Balidagi mehmonxona va restoranlarga nisbatan talab yaratib, orolning pandemiya davrida jiddiy jabr ko‘rgan iqtisodiyoti tiklanishini tezlashtirmoqchi. Hukumat davlat xizmatchilari ortidan iqtisodiyotning boshqa sektorlari vakillari ham ishlash uchun orolga borishiga umid qilmoqda.

Bali — Indoneziyaning pandemiyadan eng ko‘p jabr ko‘rgan mintaqasi. 2020-yilda uning turizmga asoslangan iqtisodiyoti 9,2 foizga pasaydi. Taqqoslash uchun, butun mamlakat iqtisodiyoti bor-yo‘g‘i 2 foizga tushgan.

2021-yil yanvaridan apreligacha Baliga atigi 350 nafar chet ellik sayyohlar kelgan. O‘tgan yilning shu davrida ularning soni 1,2 millionga teng bo‘lgan.

Balida vaksinatsiya sur’atlari Indoneziyaning barcha mintaqalari orasida eng yuqorisi hisoblanadi. 2021-yil iyuliga kelib, hukumat orolning 18 yoshdan oshgan 2,8 million aholisini emlashni rejalashtirmoqda. Bu butun Bali aholisining 60 foizi demakdir.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Saudiyalik tadbirkor O‘zbekistonda avtomashina ehtiyot qismlari ishlab chiqarishga sarmoya kiritadi 
Mahalliy
1000 dollar oylik olayotgan oʻqituvchilar, 1 mln nafardan oshgan talabalar, yangi qurilgan 27 ta TTJ — oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari Komiljon Karimov bilan ekskly...
Mahalliy
Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi