• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Muxlislar tomonidan so‘roqqa tutilgan Abramovning yordamchisi, jangidan 3 kun o‘tib uylangan Shohjahon Ergashev va Yevro—2020 pley-off bosqichiga yo‘l olgan Italiya. Eng so‘nggi sport yangiliklari

    Dunyo va o‘zbek sportiga oid 16-iyun kunining muhim xabarlari dayjesti bilan tanishing.

    O‘zbekiston

    JCh—2022 dan quruq qolgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentga qaytib keldi

    16-iyun kuni O‘zbekiston delegatsiyasi Toshkentga yetib keldi. Biroq terma jamoa vakillari orasida bosh murabbiy Vadim Abramov ko‘rinish bermagan. “Championat.asia” xodimlari O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan kichik intervyu berishni so‘ragan, biroq ko‘pchilik bu takliflarni rad etgan. Terma jamoa yordamchi murabbiyi Anvar G‘ofurov jurnalistlarga hozir intervyuning mavridi emasligini aytayotgan vaqtda aeroport atrofiga yig‘ilgan muxlislar mutaxassisdan izoh talab qila boshladi. Xususan, ular nima sababdan Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yinda taktika o‘zgargani, ayrim futbolchilar zaxirada qolib ketgani va shu kabi savollarga javob talab qilgan. Mutaxassis ularning ayrimlari javob qaytargan va murabbiylar shtabining maqsadi ham g‘alaba qozonish ekanini alohida ta’kidlagan.

    Kadr: YouTube

    Kadr: YouTube

    Shuningdek, terma jamoalar bo‘limi rahbari Aziz Haydarov ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Mutasaddi Abramov o‘yinga ikki kun qolganda o‘yin uslubini o‘zgartirgani haqida gapirdi va o‘ziga qolsa allaqachon Abramovni ishdan olib tashlagan bo‘lishini aytdi. Batafsil bu yerda o‘qing.

    Shohjahon Ergashev uylandi

    15-iyun kuni o‘zbekistonlik bokschi Shohjahon Ergashev uylandi. 12-iyun kuni bokschi Toshkentda professional faoliyatidagi 20-jangini o‘tkazgan va unda tanzaniyalik raqibini muddatidan avval mag‘lub etgandi.

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Jahon

    Yevro—2020 da 2-tur boshlandi. 16-iyun kuni A va B guruhidagi o‘yinlar bo‘lib o‘tdi. Italiya terma jamoasi Shveysariyaning yirik hisobda taslim etib, musobaqa yo‘llanmasini muddatidan avval hal qildi. Shu tariqa Italiya ketma-ket 29-o‘yinda mag‘lubiyatga uchramadi. Jamoa rekordining takrorlanishiga yana bitta o‘yin qoldi. Italiya ketma-ket to‘rtinchi Yevroda pley-off bosqichiga yo‘l oldi. So‘nggi bor 2004-yilgi musobaqada Shvetsiya va Daniya uni guruhda qoldirib ketgandi.

    Ramos “Real”ni tark etadi

    “Real” himoyachisi Serxio Ramos 16 yillik faoliyatidan keyin madridliklar safini tark etmoqda. Bu haqda klub rasman ma’lum qildi. Hozircha futbolchi qaysi klubga o‘tishi ma’lum emas.

    Ronaldu boshlab bergan “chellenj” davom etadi

    Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Pol Pogba Yevro—2020 1-turi doirasida Germaniyaga qarshi kechgan o‘yindan (1:0) keyingi matbuot anjumanida qatnashdi. Futbolchi anjuman vaqtida yonida turgan pivo idishini nariroqqa surib qo‘ydi. Avvalroq Ronaldu matbuot anjumani vaqtida Coca-Cola solingan idishlarni nariga surib qo‘ygandi.

    Eslatib o‘tamiz, Pogba musulmon diniga e’tiqod qiladi.

    [twitter count="1404936807960039426" user="laoctavasports"]

    Millatchilikda ayblangan Arnautovich diskvalifikatsiya qilindi

    Avstriya terma jamoasi hujumchisi Marko Arnautovich Shimoliy Makedoniyaga qarshi o‘yinda raqib futbolchilarining kelib chiqishini haqorat qilgani uchun UEFA tomonidan Yevroning bitta o‘yiniga diskvalifikatsiya qilindi. Shu tariqa futbolchi Niderlandiyaga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    APL 2021/22-yilgi mavsum taqvimi e’lon qilindi

    Angliya Premyer Ligasining 2021/22-yilgi mavsumi taqvimi e’lon qilindi. Unga ko‘ra yangi mavsum 14-avgust kuni start oladi va 22-mayga qadar davom etadi.

    1-tur ro‘yxati bilan tanishing (to‘liq taqvim)

    • “Brentford” — “Arsenal”
    • “Byornli” — “Brayton”
    • “Chelsi” — “Kristal Pelas”
    • “Everton” — “Sauthempton”
    • “Lester” — “Vulverhempton”
    • “Manchester Yunayted” — “Lids”
    • “Nyukasl” — “Vest Hem”
    • “Norvich” — “Liverpul”
    • “Tottenhem” — “Manchester Siti”
    • “Uotford” — “Aston Villa”
    Transfer yangiliklarni

    “Manchester Siti” yozgi transfer oynasida hujum chizig‘ini kuchaytirmoqchi. “Shaharliklar”ning asosiy maqsadi “Tottenhem” forvardi Harri Keyn bo‘lib turibdi. Shuningdek, “Siti” short-listida Joau Feliks (“Atletiko”) va Mikel Oyarsabal (“Real Sosyedad”) kabi futbolchilar bor, deya xabar qilmoqda Eurosport.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Chelsi” “Borussiya D”dan Erling Holandni sotib olmoqchi. Londonliklar norvegiyalik futbolchi uchun o‘z hujumchisi Temmi Abraham va qo‘shimcha 70 million yevro taklif qilgan. Biror futbolchi qo‘shilmagan taqdirda transfer “ko‘klar”ga 200 million yevroga tushishi mumkin.

    Kopa Amerikada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat jiddiylashmoqda

    Braziliyada o‘tayotgan Amerika Kubogi—2021 da musobaqa ishtirokchilarida yana 11 ta koronavirusga chalinish holati qayd etildi. Umumiy hisobda 53 kishi virus yuqtirib olgan. Qayd etilishicha, ularning kamida 20 nafari futbolchilar.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    17.06.2021, 09:01   Izoh (0)   33978
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yevro—2020. Italiya Shveysariyani tor-mor keltirib, guruhdan chiqish masalasini hal etdi

    17.06.2021, 01:58

    Rasman: Serxio Ramos “Real”dan ketdi

    17.06.2021, 00:49

    “Saloh — Allohning in’omi”. Nagrig qishlog‘idan bo‘lgan bolakayning futbol cho‘qqisiga qadar bosib o‘tgan yo‘li

    16.06.2021, 23:59

    Yevro—2020. 1-tur yakunlari va guruhlardagi holat

    16.06.2021, 23:14

    Yevro—2020. Beyl penaltidan gol urolmagan o‘yinda Uels Turkiyadan ustun keldi

    16.06.2021, 22:55

    Aziz Haydarov: “Menga qolsa, Abramovni ancha oldin olib tashlagan bo‘lardim”

    16.06.2021, 21:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ukraina Rossiyaning Samara va Ryazan viloyatlaridagi neftni qayta ishlash zavodlariga zarba berdi

    Dunyo | 2 avgust, 13:54

    “Barselona” Denzil Dyumfrisni sotib olish fikridan qaytdi

    Sport | 2 avgust, 13:30

    Tomoshabinlarni ekran qarshisiga “mixlab” qo‘ygan eng qiziqarli turk seriallari

    Kino | 2 avgust, 13:25

    “Garri Potter” aktyorlarining taqdiri: Xogvartsdan keyingi hayot qanday kechmoqda?

    Kino | 2 avgust, 12:45

    Senat poliklinikalarda ayrim tibbiy xizmatlarni pulli qilishga doir qonunni qayta ko‘rib chiqish uchun qaytardi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 12:25

    Ashraf Hakimi 15 yilga qamalishi mumkin

    Sport | 2 avgust, 12:09

    K-pop yulduzlari va koreys aktyorlarining eng qimmat avtomobillari

    Shou-biznes | 2 avgust, 11:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.