Futbol bo‘yicha Yevropa chempionati guruh bosqichi 2-turi doirasida Italiya terma jamoasi 16-iyun, chorshanba kuni Shveysariya bilan bahs yuritdi.

Foto: Twitter / “Daryo”

Rimda bo‘lib o‘tgan o‘yin mezbonlarning ustunligida o‘tdi va bu hisobda ham o‘z aksini topdi. Manuel Lokatelli 26 va 52-daqiqalarda gol urib, dublni rasmiylashtirgan bo‘lsa, Chiro Immobile o‘yin yakunlanishi arafasida o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

Shu tariqa italyanlar musobaqadagi ketma-ket ikkinchi o‘yinda 3:0 hisobidagi g‘alabani tantana qildi va guruhdan chiqish masalasini hal etdi. Ilk turda Turkiya mag‘lub etilgandi.

Guruhning birinchi o‘yinida Uels Turkiyani taslim etdi. 2-turdan keyin A guruhidagi holat va guruh taqvimi:

Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

Yevro—2020

Guruh bosqichi, 2-tur

16-iyun, chorshanba

Italiya — Shveysariya 3:0

Gollar: 1:0 – 26 Lokatelli, 2:0 – 52 Lokatelli, 3:0 – 89 Immobile.

Italiya: Donnarumma, Kyellini (Acherbi, 24), Di Lorenso, Bonuchchi, Spinassola, Barella (Kristante, 87), Jorjinyo, Insinye (Kyeza, 69), Lokatelli (Pessina, 86), Berardi (Toloi, 70), Immobile.

Shveysariya: Zommer, Mbabu (Vidmer, 58), Sher (Suber, 57), Elvedi, Rodriges, Jaka, Froyler (Sou, 84), Shakiri (Vargas, 76), Akanji, Embolo, Seferovich (Gavranovich, 46).

Ogohlantirishlar: Gavranovich (49), Embolo (79).