“Real” himoyachi Serxio Ramosning klubni tark etganini e’lon qildi.

Foto: Getty Images

Madrid klubi rasmiy sayti futbolchining xayrlashuv matbuot anjumani 17-iyun kuni bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi. Unda klub prezidenti Florentino Peres ham ishtiroki etadi.

Shu tariqa “Real” va Ramos uzoq vaqt davom etgan muzokaralardan so‘ng yangi shartnoma borasida kelisha olmadi. Shu tariqa “Real” va Ramos uzoq vaqt davom etgan muzokaralardan so‘ng yangi shartnoma borasida kelisha olmadi. Avvalroq unga “Manchester Siti” qiziqish bildirgani va bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan 2 yillik shartnoma taklif qilgani haqida xabar berilgandi.

Ispaniyalik futbolchi Madrid klubida 2005-yildan beri to‘p surib kelayotgandi. U “qaymoqranglilar” bilan besh marta Ispaniya chempionati hamda to‘rt martadan Chempionlar Ligasida va Ispaniya Superkubogida g‘alaba qozongan.

O‘tgan mavsumda 35 yoshli himoyachi La Ligada 15 ta o‘yin o‘tkazdi va 2 ta gol urdi (ikkalasi ham penaltidan).