Sevimli fastfud yeguligini go‘sht, bulyon va pishloq bilan tayyorlanadigan vitaminga boy sho‘rva shaklida tayyorlab ko‘ring.
Kerakli mahsulotlar:
- piyoz – 1 dona;
- sabzi – 1 dona;
- kartoshka – 3-4 dona;
- qiyma – 250 gramm;
- sariyog‘ – 4 osh qoshiq;
- tovuq go‘shti bulyoni – 720 ml;
- un – 2 osh qoshiq;
- pishloq – 240 gramm;
- sut – 360 ml;
- smetana – 60 gramm;
- qattiq pishloq – 100 gramm;
- quritilgan non, ko‘kat, tuz va ziravorlar.
- Piyoz, kartoshka va sabzi to‘rtburchak shaklida to‘g‘raladi.
- Qiyma yog‘siz tovada 5-6 daqiqacha qizarguncha qovuriladi.
- Alohida idishga suzib olingan qiymadan keyin tovaga sariyog‘ solib, piyoz, sabzi va ko‘kat qovuriladi.
- Sabzavotlarga boshqa ko‘kat va ziravorlar ham qo‘shilib, 5-6 daqiqa pishiriladi.
- Alohida idishga bulyon, qiyma va kartoshka solinib, 10-15 daqiqa qaynatiladi.
- Qolgan sariyog‘ tovada eritilib, ustidan un qo‘shiladi va oltin rangga kirguncha aralashtiriladi.
- Kartoshka yumshagandan so‘ng qovurilgan un solinadi va pishirishda davom etiladi.
- Sho‘rvaga pishloq, sut va sabzavotli massa qo‘shiladi va 2-3 daqiqa pishiriladi.
- Taom tayyor bo‘lgach, unga smetana qo‘shiladi va qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloq bilan dasturxonga tortiladi.
Izoh (0)