So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12280.01
    • RUB 138.69
    • EUR 13415.91
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +11°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Dunyo

    Moskvada majburiy vaksinatsiya boshlanadi. Ikki oy ichida savdo va xizmat ko‘rsatish xodimlarining 60 foizi emlanishi mumkin

    16.06.2021, 19:57 13962

    Moskva va Moskva viloyati hokimiyati majburiy ommaviy vaksinatsiyani boshlash haqida e’lon qildi. Tegishli qarorlar ikki mintaqaning bosh sanitariya shifokorlari tomonidan imzolangan, deb yozadi Meduza.

    Foto: LETA

    Foto: LETA

    Xabarga ko‘ra, davlat va xususiy tashkilotlarning quyidagi sohalarida ishlaydigan xodimlar koronavirusga qarshi vaksina bilan majburiy emlanishi kerak:

    • savdo;
    • fitnes klublari va go‘zallik salonlari;
    • umumiy ovqatlanish;
    • maishiy xizmatlar (kir yuvish, kimyoviy tozalash vositalari);
    • jamoat transporti va taksilar;
    • ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya;
    • uy-joy kommunal xo‘jaligi va elektrotexnika;
    • ommaviy sport tadbirlari;
    • madaniy tadbirlar (shu jumladan muzeylar va kutubxonalar);
    • ko‘ngilochar tadbirlar.
    Bundan tashqari, barcha mansabdor shaxslar va munisipal xizmatchilar emlanishi lozim.

    Ta’kidlanishicha, yuqoridagi tashkilotlarning rahbarlari 15-iyulgacha o‘z xodimlarining kamida 60 foizini koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasi bilan emlashni tashkil qilishi lozim. 15-avgustga qadar esa jami xodimlarning kamida 60 foizi ikkinchi doza bilan emlanib bo‘lishi kerak. Faqatgina emlanmaslik to‘g‘risida tibbiy ko‘rsatmaga ega kishilar vaksina olmasligi mumkin.

    Moskva meri Sergey Sobyanin qarorni izohlar ekan, emlanish har kimning shaxsiy ishi ekanini, ammo jamoat orasida yuradiganlar o‘zlari istamagan holda epidemiologik jarayonning sherigiga aylanib qolishini aytdi.

    “Agar siz behisob odamlarga xizmat ko‘rsatadigan tashkilotda ishlasangiz, epidemiya holatida qanday turdagi shaxsiy himoya vositalaridan foydalanishingizdan qat’i nazar, bu (vaksinatsiya) endi sizning shaxsiy ishingiz emas”, — dedi Sobyanin.

    Shahar savdo va xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i Aleksey Nemeryukning ta’kidlashicha, majburiy emlash masalasi biznes bilan muhokama qilingan va ko‘plab tadbirkorlar “o‘zlari ushbu yechimni taklif qilgan”.

    “Interfaks”ning hukumatdagi manbasi xabar berishicha, mamlakat bo‘ylab majburiy vaksinatsiya hali rejalashtirilmagan. “Bu masala har bir mintaqadagi epidemiologik vaziyatga qarab hal qilinadi”, — deydi agentlik manbasi.

    “Majburiy vaksinatsiya hali joriy qilinmagan, bu haqda biror gap ham yo‘q”, — dedi o‘z navbatida prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

    Rossiyada so‘nggi ikki hafta ichida koronavirus bilan kasallanishning keskin o‘sishi kuzatildi: may oyi oxirida har kuni to‘qqiz mingga yaqin kishida infeksiya qayd etildi, iyun o‘rtalariga kelib bu raqam 13-14 mingga yetdi.

    Moskvada ushbu davrda kasallanish darajasi ikki baravarga oshdi. Shaharda koronavirusga chalinganlar ko‘payib ketgani sababli yangi cheklovlar kiritildi. Moskva meri Sergey Sobyanin 2021-yil 15-iyundan 19-iyungacha ish haqi saqlanib qolgan holda, shaharda dam olish kunlari deb e’lon qildi. Sergey Sobyanin ma’lum qilishicha, Moskvada koronavirus infeksiyasining tarqalishi bilan bog‘liq vaziyatning murakkablashishi sababli shahar kasalxonalarida minglab koykalar koronavirus bemorlariga moslashtirilmoqda.

    Moskva ortidan Sankt-Peterburg ham 17-iyundan COVID-19 cheklovlarini kuchaytirmoqda.

    Mavzuga doir:

    • Rossiyada mehnat muhojirlari uchun majburiy vaksinatsiya joriy qilish rejalashtirilmoqda
    • Rossiyada koronavirusga qarshi jamoaviy immunitet sentabrda hosil bo‘lishi kutilmoqda

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    × Lightbox Image

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentdagi xususiy bog‘chada bolaga tan jarohati yetkazildi (video)

    Bugun, 14:44

    ATB “Tenge Bank” The Banker xalqaro moliya jurnali tomonidan O‘zbekistonning yaxshi banki deb topildi

    Bugun, 13:30
    Reklama

    G‘azoda sulh buzilganidan keyin Isroil zarbalaridan yana o‘nlab falastinliklar halok bo‘ldi (video)

    Bugun, 14:37

    Fuqarolik jamiyati institutlarini urg‘ulagan Martin Chungong, natijalardan qoniqmayotgan Senat raisi, nanotexnologiyalarni taviya etgan Ram Aer — Parlamentlararo I...

    Bugun, 14:28

    Zelenskiy Rossiya bilan urush yangi fazaga o‘tayotganini ma’lum qildi

    Bugun, 13:49

    Humo to‘lov tizimining ustav kapitalidagi davlat ulushi to‘liq Davaktiv agentligiga o‘tkaziladi

    Bugun, 13:39

    FIDE Rapid va blits bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etuvchi o‘zbekistonlik shaxmatchilar ro‘yxati e’lon qilindi

    Bugun, 13:22

    Qirg‘iziston MXDQ rahbari amaldorlardan barcha fohishaxonalarni zudlik bilan yopishni talab qildi

    Bugun, 12:47

    Namanganda noqonuniy qum-shag‘al qazib olish natijasida davlatga 3 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazildi

    Bugun, 12:37

    Zanjabil chindan ham foydalimi?

    Bugun, 12:30

    Tavsiya etamiz

    Yesa bo‘ladigan itlar uyushmasi, hordiq chiqarayotgan Isroil askarlari, ko‘cha rassomining ko‘rgazmasi — 30-noyabr suratlari

    23:00 / 30.11.2023

    Narxlari imi-jimida oshirilgan Chevrolet Onix pozitsiyalari sotuvda paydo bo‘ldi

    22:00 / 30.11.2023

    Foto: Namanganda qish arafasida pishgan anjir

    19:00 / 30.11.2023

    Ta’ziyaga kelgan sobiq birinchi xonimlar, ish tashlagan o‘qituvchilar, muhtojlarga tayyorlangan kimchi — 29-noyabr suratlari

    23:00 / 29.11.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.