• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12502.99
    • RUB155.94
    • EUR14484.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Yamanni “yomon qilgan” O‘zbekiston, hakamlardan xafa Shohjahon, Turkiyani taslim qilgan Italiya. Eng so‘nggi sport xabarlari dayjesti

    Xayrli tong, qadrli o‘quvchi! Tongni dunyo va o‘zbek sportida ro‘y bergan eng so‘nggi sport yangiliklar bilan boshlashga nima deysiz? Qani, unda ketdik!

    O‘zbekiston

    Futbol

    Yamanlik futbolchilar bilan kurashdagi Eldor Shomurodov va Jaloliddin Masharipov

    Yamanlik futbolchilar bilan kurashdagi Eldor Shomurodov va Jaloliddin Masharipov
    Foto: O‘FA

    Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh—2022 musobaqasi saralashi doirasida 11-iyun, juma kuni Yaman termasiga qarshi bahs olib bordi va bazo‘r g‘alabaga erishdi. O‘yindagi yagona gol 19-daqiqada Ibrohimxalil Yo‘ldoshevga nisbatan ishlatilgan qo‘pollik sabab belgilangan penaltini aniq amalga oshirgan Jaloliddin Masharipov tomonidan urildi. Qayd etish joiz, o‘zbekistonlik futbolchilar mazkur bahsda yana bitta penalti tepish imkoniyatiga ega bo‘ldi, biroq jamoa sardori Odil Ahmedov bundan unumli foydalana olmadi.

    Mazkur g‘alabadan so‘ng Vadim Abramov boshchilik qilayotgan jamoa ochkolari sonini 15 taga yetkazdi. Jamoa D guruhida Saudiya Arabistonidan (17 ochko) so‘ng ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. So‘nggi tur o‘yini 15-iyunga belgilangan. Unda o‘zbekistonliklar mezbon va peshqadam Saudiya Arabistoni bilan bellashadi. Mazkur bahsdagi g‘alaba O‘zbekistonga guruh peshqadamligi va keyingi bosqich yo‘llanmasini taqdim etadi. To‘g‘ri, ushbu bahsdagi durang ham jamoani qanoatlantirishi mumkin, biroq buning uchun parallel guruhlarda Livan Janubiy Koreyaga yutqazishi, Iordaniya esa Avstraliya bilan o‘yinda g‘alaba qozonmasligi kerak bo‘ladi. Agar mag‘lubiyat bo‘lsa... keling, shunday bo‘lmay qo‘ya qolsin. Matematikaga keyinroq qaytganimiz ma’qul. 

    Boks

    Shohjahon Ergashev Toshkentdagi boks kechasida raqibiga zarba berayotgan vaziyat

    Shohjahon Ergashev Toshkentdagi boks kechasida raqibiga zarba berayotgan vaziyat
    Foto: Olamsport

    Professional boksda mag‘lubiyatsiz odimlayotgan Shohjahon Ergashev (19-0, 17 KO) Toshkentdagi shou-kechada ishtirok etdi. Uning raqibi esa Tanzaniya (bilmaganlar uchun bu uzoq Afrika sharqidagi mamlakatdir) vakili Salimu Jengo bo‘ldi. Jangga deyarli hech qanday ahamiyatga ega bo‘lmagan EBP kamari qo‘yilgandi. Kutilganidek jang 1 raund ham davom etmadi. Referi avvaliga Jengoning nokdaun bo‘lganini qayd etdi, ammo birdan jangni to‘xtatib, afrikalik bokschining texnik nokautini qayd etdi. Jengo bundan qattiq norozi bo‘ldi, xuddi 60 ming so‘mdan 400 ming so‘mgacha chipta sotib olib, jang ko‘ramiz deb Yunusobod sport kompleksiga kelgan muxlislar kabi. Hatto Shohjahonning o‘zi ham g‘alaba qozonganiga qaramay norozilik bildirdi. Nima bo‘lganda ham Toshkent yana bir shouga mezbonlik qildi. Buni e’tirof etmay iloj yo‘q. Aytgancha, agar bu boks oqshomida Shohjahondan boshqa bokschilar ham jang qildi. Ular kim deya savol bermoqchi bo‘lsangiz, quyidagi havola orqali janglar haqida o‘zingiz o‘qib olarsiz — batafsil.

    Dunyo

    Futbol

    Turkiya ustidan qozonilgan g‘alabadan o‘ta xursand Dominiko Berardi va Manuel Lokatelli

    Turkiya ustidan qozonilgan g‘alabadan o‘ta xursand Dominiko Berardi va Manuel Lokatelli
    Foto: Twitter / @Azzurri

    Koronavirus pandemiyasi sabab bir yilga kechiktirilgan Yevro—2020 (ha, musobaqa 2021-yilda bo‘lsa ham nomi o‘zgarmadi) musobaqasiga 11-iyun, juma kuni Turkiya—Italiya uchrashuvi bilan start berildi.

    Yevro—2020 ning ochilish marosimida italiyalik noyob iste’dod sohibi Andrea Bochelli chiqish qildi. U Jakomo Puchchini muallifligidagi “Turandot” operasi so‘nggi aktidan Nessun dorma (“Mayli, hech kim uxlamasin”) ariyasini ijro qildi. Bochelli mazkur kompazitsiyani “Lester” klubi 2016-yil Angliya chempionligini qo‘lga kiritganda kuylagan edi.

    “Stadio Olimpiko”da kuylayotgan Andrea Bochelli

    “Stadio Olimpiko”da kuylayotgan Andrea Bochelli
    Foto: Reuters

    Rimdagi ochilish o‘yini italiyaliklarning ustunligida o‘tdi. Birinchi bo‘limda hisob ochilmagan bo‘lsa, ikkinchisida naq uchta gol urildi. Avvaliga Merih Demiral italiyalik muxlislarning “yoqimtoyi” ekanligini isbotladi. “Yuventus” futbolchisi 53-daqiqada avtogol sohibiga aylandi. 66-daqiqada so‘nggi yillarda to‘purarlik salohiyatiga yaxshigina sayqal bera olgan Chiro Immobile italyanlarning hisobdagi ustunligini oshirdi. O‘yinga yakuniy nuqtani esa neapollik Lorenso Insinye qo‘ydi.

    Rekordchi Kyellini va Donnarumma

    Italiyaliklar safida 36 yoshli Jorjio Kyellini maydonga tushdi. Bu uning uchun hisob bo‘yicha to‘rtinchi Yevropa chempionati bo‘ldi. Natijada “Yuve” vakili terma jamoaning sobiq a’zolari Janluiji Buffon va Alessandro del Pyerolarning rekordini takrorladi. Kyellini bungcha 2008, 2012 hamda 2016-yillarda Yevropa chempionatida Italiya sharafini himoya qilgan edi.

    Jorjio Kyellini

    Jorjio Kyellini
    Foto: Pro Shots

    Turklarga qarshi bahsda Italiya darvozasini “Milan”dan ketishi kutilayotgan Janluiji Donnarumma qo‘riqladi. U bu ishni 22 yosh 106 kunligida bajardi. Shu tariqa kichik Jiji “skuadra azurra” darvozasini katta musobaqalarda (Yevro va JCh) qo‘riqlagan eng yosh posbonga aylandi. Avvalgi rekord Jorjio Getssiga tegishli edi (23 yosh 342 kunlik). Ma’lumot uchun, afsonaviy Janluiji Buffon Italiya milliy jamoasi safida 24 yosh 126 kunlik vaqtida debyut qilgandi.

    To‘p o‘tkazmasdan g‘alaba qozonishni odat qilayotgan Italiya

    Roberto Manchini shogirdlari Turkiya bilan o‘yinni qo‘shib hisoblasa, ketma-ket 9 ta o‘yinda g‘alaba qozondi va ularning hech birida o‘z darvozasidan bitta ham to‘p o‘tkazmadi. Bunday natija Italiya terma jamoasi tarixida ilk bor ro‘y berdi. Qayd etish joiz, italiyaliklar ketma-ket 28 ta o‘yindan beri mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda. Bu milliy jamoa tarixidagi ikkinchi eng yaxshi natija hisoblanadi. Mutlaq rekord esa 30 ta o‘yindan iborat.

    Shuningdek, Italiya Yevropa chempionatlari tarixida bir o‘yinda ilk bor 3 ta gol urdi. Bundan tashqari avvalgi Yevrolardagi ochilish o‘yinlarida hech qachon 3:0 hisobi qayd etilmagandi.

    Katta musobaqalardagi ilk o‘yinlarni boy berib qo‘yayotgan Turkiya

    Turkiya so‘nggi Yevropa va Jahon Chempionatlari doirasida o‘zining musobaqadagi ilk o‘yinini yettinchi marta boy berdi. Turklar bu borada yagona terma jamoa bo‘lib turibdi.

    UEFA prezidenti navbatdagi Yevropa chempionatini bir nechta mamlakatida qilmoqchi emas

    Aleksandr Cheferin

    Aleksandr Cheferin
    Foto: AFP

    “Biz Yevro startidan xursandmiz. Bu tunnel ortidan yorug‘likning ko‘rinishidir. Futbol muxlislarga umid baxshida etadi. Mana shu narsa biz uchun juda muhim.

    Ushbu musobaqani bir necha mamlakatlarda o‘tkazish g‘oyasiga keladigan bo‘lsak, men buni qo‘llab-quvvatlamayman. Yaqin orada yana shunday qilamiz deb ham o‘ylamayman”, — deydi UEFA prezidenti Aleksandr Cheferin.

    Ma’lumot uchun, Yevro—2020 musobaqasi tarixda ilk bor Yevropaning 11 ta davlatida o‘tkazilmoqda.

    Bizda hozircha shular, nasib etsa kechroq yana bir g‘oyibona diydorlashamiz!

     

    12.06.2021, 07:49   Izoh (0)   43871
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yevro—2020. Italiya ochilish o‘yinida Turkiyani yirik hisobda yer tishlatdi

    12.06.2021, 01:55

    JCh—2022 yo‘lida. O‘zbekiston milliy terma jamoasi penaltidan urilgan gol evaziga Yamanni mag‘lub etib, keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini yaxshilab oldi

    12.06.2021, 00:55

    Shohjahon Ergashev Toshkentda o‘tgan boks kechasida tanzaniyalik raqibini muddatidan avval mag‘lub etdi

    12.06.2021, 00:14

    Muxlislar talqiniga ko‘ra APLning 2020/21-yilgi mavsumdagi eng yaxshi o‘yinchisi aniqlandi

    11.06.2021, 22:03

    11 yil avval Ravshan Ermatov JCh—2010 musobaqasi ochilish bellashuvini boshqargandi. U hozirgacha mundiallar tarixida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan hakam bo‘lib turibdi...

    11.06.2021, 20:31

    O‘zaro o‘yinlarda g‘alaba qozonmagan Turkiya yengilmas Italiyaga qarshi. Uzoq kutilgan Yevro—2020 musobaqasi bugun boshlanadi (prevyu)

    11.06.2021, 17:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Putin bilan kelasi hafta uchrashishini aytdi

    Dunyo | 7 avgust, 10:22

    “Real Madrid” Kroos va Modrichga munosib o‘rinbosar topdi

    Sport | 7 avgust, 10:16

    Yaponiya hukumati haqiqiy o‘q uzishi mumkin bo‘lgan 16 mingta o‘yinchoq to‘pponchani sotuvdan olib tashlaydi

    Qo‘ziqorin | 7 avgust, 10:00

    Afrikada buqa ovga chiqqan millionerni shoxlab o‘ldirdi

    Dunyo | 7 avgust, 09:45

    Samarqandda oltin maʼdanlari joylashgan maxfiy xaritalarni sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 09:36

    “PSJ” Rodrigoni Bredli Barkolyaga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda

    Sport | 7 avgust, 09:23

    “Hizbulloh” Livan hukumatining qurolsizlanish borasidagi talabini tan olmadi

    Dunyo | 7 avgust, 09:12

    Yangi “Garri Potter” serialida maxsus effektlar kompyuter grafikasisiz yaratiladi

    Kino | 7 avgust, 08:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.