• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    11 yil avval Ravshan Ermatov JCh—2010 musobaqasi ochilish bellashuvini boshqargandi. U hozirgacha mundiallar tarixida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan hakam bo‘lib turibdi

    Bundan roppa-rosa 11 yil avval, 2010-yil 11-iyun kuni Janubiy Afrika Respublikasida futbol bo‘yicha Jahon Chempionati start olgandi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    JAR va Meksika terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘zbekistonlik hakam Ravshan Ermatov hushtagidan keyin boshlangandi. Bu o‘zbekistonlik FIFA hakami uchun mundiallardagi debyut o‘yin edi. O‘shanda 32 yoshli Ermatov Jahon Chempionati o‘yinini boshqarga eng yosh hakamga aylangandi.

    2008-yil klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishlagan Ermatov oradan ikki yil o‘tib, JCh—2010 ga chaqiruv oladi. Yaponiyada o‘tgan klublar o‘rtasidagi mundialda Ermatov chorak final doirasidagi “Al-Ahli” (Misr) — “Pachuka” (Meksika) va finaldan o‘rin olgan “Kito” (Ekvador) — “Manchester Yunayted” (Angliya) uchrashuvlarini boshqarib boradi. Mankunianlar himoyachisi Nemanya Vidichga ko‘rsatilgan qizil kartochka bilan yodda qolgan finalda ingliz jamoasi minimal hisobda g‘alaba qozongandi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    JCh—2010 ochilish o‘yini shubhasiz Ermatov faoliyatidagi eng muhimlaridan biri hisoblanadi. O‘yin xato va kamchiliklarsiz boshqarilganidan tashqari, 37-daqiqadagi holat ham ko‘pchilikning e’tiborini tortgani aniq: JAR jarima maydoni atrofidagi standart vaziyat vaqtida meksikaliklar qanotdan uzatilgan to‘pdan keyin hisobni ochadi. Unda darvozabon gol urgan hujumchidan oldinga o‘tib ketgan va bir qarashda ofsayd yo‘qdek edi. Biroq qanot hakami Rafael Ilyosov bayroqni ko‘tarib, o‘yindan tashqari holat qayd etilganini ko‘rsatadi. Bir lahza meksikalik futbolchilar qatori ko‘pchilik hakamlar xatoga yo‘l qo‘yganini e’tirof etadi. Ammo bu vaziyatda o‘zbekistonlik hakamlar guruhi to‘g‘ri qaror chiqargandi: gol vaqtida afrikaliklarning bir futbolchisi gol urgan o‘yinchiga nisbatan darvozaga yaqin turgandi. Futbolda kam uchraydigan bunday vaziyatda tezkor chiqarilgani oqilona qaror Ermatov guruhining obro‘yini oshirib yuboradi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Keyinchalik Ermatov JARdagi musobaqada yana to‘rtta o‘yinga tayinlandi: Angliya — Jazoir, Gretsiya — Argentina (ikkisi guruh bosqichi), Argentina — Germaniya (1/4 final) va Urugvay — Niderlandiya (1/2 final). Bu orqali u bitta mundialning 5 ta o‘yinida ishlagan tarixdagi uch hakamning biriga aylanadi.

    Braziliyada o‘tgan JCh—2014 da Ermatov to‘rtta o‘yinda ishladi: guruh bosqichida Shveysariya — Ekvador, Xorvatiya — Meksika, AQSh — Germaniya, chorak finalda Niderlandiya — Kosta-Rika.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    JCh—2018 da esa o‘zbekistonlik hakam guruh bosqichida ikkita o‘yinni boshqardi: Argentina — Xorvatiya, Ispaniya — Marokash.

    Ermatov Jahon Chempionatlarida 11 ta o‘yinda ishtirok etgan va bu borada mutlaq rekordchi hisoblanadi. Uning yaqin ta’qibchisi Nestor Pitana hisobida 9 ta o‘yin bor.

    Ravshan Ermatov 2019-yilda hakamlik faoliyatini yakunlagan va O‘FA birinchi vitse-prezidenti etib saylangandi.

    Ermatov hozirda Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari va O‘FA vitse-prezidenti lavozimlarida ishlab kelmoqda. Ermatov ayni vaqtda Saudiya Arabistonida markazlashgan tizimda o‘tayotgan JCh—2022 saralash bahslarida ishtirok etayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi delegatsiyasi bilan bo‘lib turibdi.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    11.06.2021, 20:31   Izoh (0)   28490
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zaro o‘yinlarda g‘alaba qozonmagan Turkiya yengilmas Italiyaga qarshi. Uzoq kutilgan Yevro—2020 musobaqasi bugun boshlanadi (prevyu)

    11.06.2021, 17:18

    La Liganing 2020/21-yilgi mavsumdagi eng yaxshi o‘yinchisi aniqlandi

    11.06.2021, 16:02

    Dahshatli tarkibga ega Fransiya va Portugaliya, Lyovning “nemis mashinasi”dagi so‘nggi “sayr”i va bechora Vengriya. Yevro—2020 ning “o‘lim guruhi” haqida

    11.06.2021, 14:59

    Hojimat Erkinov O‘zbekiston terma jamoasi lagerini tark etdi. U Singapurga qarshi o‘yinda jarohat olgandi

    11.06.2021, 14:35

    Shohjahon Ergashev bugun Toshkentda tanzaniyalik bokschiga qarshi ringga ko‘tariladi

    11.06.2021, 13:15

    Yevro—2020. Raqamlar so‘zlaganda: 17 yoshli “bolakay”lardan 38 yoshli “amaki”largacha

    11.06.2021, 12:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Axborot sohasida nazorat va monitoring “O‘zkomnazorat”ga o‘tkazildi

    O‘zbekiston | 16 iyul, 10:47

    Maxfiy sxema bo‘yicha Buyuk Britaniyaga ko‘chirilayotgan afg‘onlarning ma’lumotlari oshkor bo‘ldi

    Dunyo | 16 iyul, 10:34

    Neymar o‘zining shaxsiy kolleksiyasiga yana bir noyob eksponat — Betmobilning maxsus nusxasini qo‘shib qo‘ydi

    Layfstayl | 16 iyul, 10:29

    Rossiyada migrantlarning xorijga pul o‘tkazmalari cheklanishi mumkin

    Dunyo | 16 iyul, 10:21

    Yevropa Ittifoqi bitta davlat sababli Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni kelisha olmadi

    Dunyo | 16 iyul, 09:53

    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi

    Reklama | 16 iyul, 09:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.