Professional boksning super yengil vazn toifasida harakat qilayotgan Shohjahon Ergashev (20-0, 18 KO) 11-iyun, juma kuni Toshkentdagi boks kechasida navbatdagi jangini o‘tkazdi.
O‘zbekistonlik bokschiga Tanzaniya vakili Salimu Jengo ( 16-4, 10 KO) raqib bo‘ldi. Birinchi raundda Shohjahon o‘zining zarbalari bilan raqibni muvozanatdan chiqardi, hakam hisobni ochdi va darhol texnik nokautni qayd etdi. Shundan so‘ng tortishuvli holat yuz berdi, Salimu jangni davom ettirishni talab qildi, Ergashev ham jangga tayyor ekanini ma’lum qildi. Biroq hakamning qarori o‘z kuchida qoldi va O‘zbekiston vakili texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi.
Boks kechasidagi boshqa janglarda qayd etilgan natijalar bilan tanishing:
- Sergey Vorobyov (Rossiya) texnik nokaut evaziga Aleksandr Juravskini (Qozog‘iston) yutdi;
- Ulug‘bek Haqberdiyev (O‘zbekiston) ochkolar evaziga Dmitriy Atroxovni (Belarus) taslim qildi;
- Jamshidbek Najmiddinov (O‘zbekiston) 5-raundda Merab Turkadzeni (Gruziya) texnik nokaut evaziga taslim qildi;
- Asrorbek Rahimov (O‘zbekiston) ochkolar evaziga Islomjon Xoliqovni (O‘zbekiston) mag‘lub etdi;
- Botirjon Zokirov (O‘zbekiston) ochkolar evaziga Aleksandr Saltikovdan (Rossiya) ustun keldi.
Izoh (0)