• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon kengaytirilgan tarkibda muzokara o‘tkazdi

    Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon tor doirada uchrashuv o‘tkazgandan so‘ng muzokaralarni kengaytirilgan tarkibda davom ettirdi.

    Muzokaralarda rasmiy delegatsiyalar a’zolari, ikki mamlakat vazirliklari va yirik kompaniyalari, chegaradosh viloyatlar rahbarlari ishtirok etdi.

    O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilarining siyosiy irodasi va birgalikdagi sa’y-harakatlari tufayli birodar mamlakatlarning munosabatlari teng huquqli va o‘zaro manfaatli amaliy hamkorlikning sifat jihatidan yangi darajasiga ko‘tarilgani qayd etildi.

    “Birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan beqiyos ishlarni amalga oshirdik va ular o‘zaro munosabatlarimiz solnomasidan o‘rin oldi”, – deb ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.

    Tomonlar strategik sheriklikni kengaytirishda qat’iy ekani va bu borada aniq choralarni ko‘rishga tayyorligini ta’kidladilar.

    Muzokaralarda savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish, transport sohasidagi va hududlar o‘rtasidagi sheriklikni rivojlantirish, energetika yo‘nalishidagi ulkan salohiyatni samarali ishga solish, madaniy-gumanitar almashinuvlarni davom ettirish, zamonaviy tahdid va xatarlarga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

    Prezident Shavkat Mirziyoyev tovar ayirboshlashdagi ijobiy sur’atga qaramay, 2022-yilda uni ikki barobarga ko‘paytirish uchun yangi “o‘sish nuqtalari”ni topish muhim ekanini aytdi. Shu maqsadda erkin savdo rejimidan istisnolarni bekor qilish va notarif to‘siqlarni bartaraf etish masalalarini kelishishni tez fursatda yakunlash muhim, deb ta’kidladi davlat rahbari.

    O‘zaro tovar yetkazib berish hajmini oshirish va nomenklaturasini kengaytirish, uchinchi mamlakatlarga birgalikda chiqish imkoniyatlarini izlash lozim.

    “Muvaffaqiyatli hamkorlikning real misollari va istiqbolga mo‘ljallangan aniq rejalarimiz bor.

    Bu haqda so‘z yuritganda, O‘zbekiston avtomobillarini yig‘ishni tashkil etish, zamonaviy transformatorlar va qishloq xo‘jaligi uskunalarini ishlab chiqarish, maishiy texnika va qurilish materiallari, kalava ip va to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish, mamlakatlarimizdagi boshqa qo‘shma loyihalarni tilga olish lozim”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Shu munosabat bilan tashkil etilgan qo‘shma investitsiya kompaniyasi faoliyatini ilg‘or xorijiy tajriba asosida samarali yo‘lga qo‘yish hamda uning imkoniyatlaridan loyihalarni ilgari surishda maksimal darajada foydalanish zarur.

    Transport va tranzit tashishlar sohasidagi hamkorlik ham strategik yo‘nalishdir. O‘zbekiston Prezidenti ikki mamlakat tranzit salohiyatidan samarali foydalanish, shaharlar o‘rtasidagi havo qatnovlarini kengaytirish va avtobus qatnovlarini tiklashni taklif etdi.

    Shavkat Mirziyoyev ikki mamlakat viloyatlari va tumanlari kesimida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tizimli muloqotni yo‘lga qo‘yish muhim ekanini ta’kidladi.

    Yaqinda Xatlon viloyatining Boxtar shahrida o‘tgan birinchi Hududlararo forum bunday shakldagi hamkorlikning samaradorligini yana bir bor isbotladi.

    “Masalalarni tezkor hal qilish uchun hududlar rahbarlari izchil “harakatlar rejalari”ni kelishib olishlari va har oy kamida bir marta joylarda uchrashuvlar o‘tkazib borishlari lozim”, — deb qayd etdi Shavkat Mirziyoyev.

    Ikki mamlakatning ulkan gidroenergetika salohiyatidan samarali foydalanish va suvdan foydalanish masalalari bo‘yicha konstruktiv va o‘zaro manfaatli muloqotni davom ettirish masalalari muhokama qilindi.

    Yetakchilar an’anaviy faol gumanitar almashinuvlarni davom ettirishga kelishib oldi. Shavkat Mirziyoyev diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligiga bag‘ishlangan qo‘shma madaniy tadbirlar dasturini amalga oshirish, shuningdek, ikki mamlakat yoshlari festivalini tashkil etish, Dushanbe va Toshkentda zamonaviy o‘zbek va tojik adabiyotining tanlangan asarlari – antologiyalarini nashr etishni taklif etdi.

    Muzokaralarda zamonaviy xatar va tahdidlarga qarshi kurashish sohasida, ayniqsa Afg‘onistonda yuzaga kelayotgan vaziyat asnosida hamkorlikni kuchaytirish muhim ekani qayd etildi.

    O‘zbekiston va Tojikiston Afg‘oniston bo‘yicha tinchlik muzokaralarini qo‘llab-quvvatlash, ushbu mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan loyiha va dasturlarni amalga oshirish, uni mintaqaviy iqtisodiy sheriklikka faol jalb etish tarafdori ekani ta’kidlandi.

    Tomonlar BMT, MDH, ShHT, Islom hamkorlik tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi kabi xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar doirasida hamkorlikni davom ettirish va bir birini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini tasdiqladi.

    Prezident Emomali Rahmon Tojikiston birodar O‘zbekiston bilan hamkorlikda erishilgan bugungi yuksak darajani qadrlashini, bunda Prezident Shavkat Mirziyoyevning katta hissasi borligini alohida ta’kidladi. Muzokaralar chog‘ida kelgusi ishlar uchun rejalar belgilab olingani, ularning natijalari ikki mamlakat strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish uchun yangi omil bo‘lib xizmat qilishini qayd etdi.

    Bundan avval Shavkat Mirziyoyev Dushanbeda tantanali kutib olingani haqida xabar berilgan edi.

    10.06.2021, 17:10   Izoh (0)   22917
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi qatorasiga uchinchi kun ko‘tarildi

    10.06.2021, 16:46

    Bir guruh ayollar O‘zbekiston hukumati binosi oldida norozilik namoyishi uyushtirdi

    10.06.2021, 16:15

    Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

    10.06.2021, 15:58

    OTB O‘zbekistonda STEM ta’limini rivojlantirishga 100 mln dollar ajratadi

    10.06.2021, 15:36

    Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon tor doirada uchrashuv o‘tkazdi

    10.06.2021, 14:35

    O‘zbekistonga million dozadan iborat o‘zbek-xitoy vaksinasining navbatdagi partiyasi olib kelindi

    10.06.2021, 14:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Namanganda 60 foiz qotilliklarga oilaviy nizolar sabab bo‘lgan — Senat

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:44

    “Bunday holatlar takrorlanmasligi uchun barcha choralarni ko‘ramiz” — Sherzod Kudbiyev aholidan asossiz yechib olingan soliqlar qaytarilgani haqida

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:22

    Hindistonlik ayol Labubuni xitoy ma’budi deb yanglishib, unga ibodat qila boshladi

    Dunyo | 14 avgust, 23:20

    Alyaska sammiti boshlanmasidanoq Putin global tartibni o‘z istagiga ko‘ra qayta shakllantirmoqda — The Washington Post

    Dunyo | 14 avgust, 23:10

    Barcha maktab va bog‘chalarda majburiy mehnat ustidan reydlar o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:00

    O‘zbekistonga olib kelingan falastinliklar uchun maxsus jamg‘arma tashkil etiladi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 22:48

    Qozog‘istonda sichqon hujayralaridan shuvoq changiga qarshi antitana yaratildi

    Dunyo | 14 avgust, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.