• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon tor doirada uchrashuv o‘tkazdi

    Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan 10-iyun kuni rasmiy tashrif bilan Dushanbega yetib kelgan Shavkat Mirziyoyev tantanali kutib olingandi. Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, Dushanbedagi “Qasri Millat” qarorgohida O‘zbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.

    Qayd etilishicha, Prezidentlar bir-biriga rasmiy delegatsiya a’zolarini tanishtirdi. Shundan so‘ng Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmonning tor doiradagi uchrashuvi boshlandi. Unda davlat rahbarlari O‘zbekiston va Tojikiston strategik sherikligi va ko‘p qirrali hamkorligining barcha jihatlarini ko‘rib chiqdilar, siyosiy muloqotni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratdi.

    Markaziy Osiyoda xavfsizlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash, xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar doirasida hamkorlik qilish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

    “Qabul qilgan barcha qarorlarimiz amalga oshmoqda. O‘tgan davrda ikki tomonlama munosabatlarda ko‘p narsa o‘zgardi. Buni raqamlar ham aytib turibdi. 2017-yilda tovar ayirboshlash 70 million dollar bo‘lgan bo‘lsa, 2020-yilda, murakkab pandemiya yilida ushbu ko‘rsatkich ilk bor 500 million dollarga yetdi. Biz ushbu tashrifga juda jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik. Hududlar forumi muvaffaqiyatli o‘tkazildi, qiymati qariyb 700 million dollar bo‘lgan aniq loyiha va shartnomalar imzolandi. Madaniy-gumanitar aloqalar haqida aytsak, birinchi bor Tojikistonda O‘zbekiston kinosi kunlari muvaffaqiyatli o‘tdi, yaqin orada mamlakatlarimiz yoshlari Farg‘ona vodiysida uchrashadi. Bir so‘z bilan aytganda, tarixiy yaqinligimiz bugun hayotga ko‘chmoqda”, — degan Shavkat Mirziyoyev.

    “O‘zbekiston bizning strategik sherigimiz va ishonchli qo‘shnimiz. Tojikiston—O‘zbekiston munosabatlari bugun jadal rivojlanayotganidan mamnunmiz. Savdo-iqtisodiy aloqalar kengaymoqda. Madaniy-gumanitar sohadagi o‘zaro munosabatlar mustahkamlanmoqda. Mamlakatlarimiz mintaqaviy xavfsizlik borasida o‘zaro muvofiqlashib, yaqindan hamkorlik qilib kelayotganini alohida qayd etmoqchiman. Bugun siz bilan munosabatlarimizning holati va istiqbollarini hamda xalqaro va mintaqaviy masalalarni muhokama qilishga tayyorman”, — deb ta’kidlagan Emomali Rahmon.

    Qo‘shma korxonalar soni 8 barobar ko‘payib, bugungi kunda 200 dan oshgani ta’kidlandi. Jumladan, Dushanbe shahrida maishiy texnikalar ishlab chiqaruvchi Artel Avesto Elektronics qo‘shma korxonasi samarali ish yuritmoqda. Tashrif arafasida 30 dan ortiq shunday loyihalar ishlab chiqildi. O‘tgan yilgi qiyin sharoitlarda ham yuk tashish va tranzit hajmi oshgani qayd etildi. Ikki tomonlama chegirma va imtiyozlar taqdim etilmoqda. Poytaxtlar o‘rtasida aviaqatnov tiklandi.

    Uchrashuvda tovar ayirboshlash hajmini oshirish, ikki mamlakat hududlari salohiyatini samarali ishga solish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida sanoat kooperatsiyasini tashkil etish bo‘yicha aniq takliflar ilgari surildi. Ko‘p qirrali hamkorlikning yangi “o‘sish nuqtalari”ni topish muhim ekani ta’kidlandi. Shuningdek, parlamentlararo aloqalar, madaniy-gumanitar almashinuv, barqarorlik va xavfsizlikka nisbatan tahdid va xatarlarga qarshi kurashish borasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalariga to‘xtalib o‘tildi.

     

    Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqi va o‘zi nomidan Tojikistonni mustaqilligining bo‘lajak 30 yilligi bilan tabrikladi, tinchlik, farovonlik va ravnaq tiladi. Shuningdek, davlat rahbari Emomali Rahmonni o‘zi uchun qulay vaqtda javob tashrifi bilan O‘zbekistonga borishga taklif etdi.

    Eslatib o‘tamiz, tashrif doirasida iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperatsiyani yo‘lga qo‘yish bo‘yicha umumiy qiymati qariyb 1 milliard dollar bo‘lgan tijorat shartnomalari va bitimlar imzolanishi kutilmoqda.

    10.06.2021, 14:35   Izoh (0)   24314
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonga million dozadan iborat o‘zbek-xitoy vaksinasining navbatdagi partiyasi olib kelindi

    10.06.2021, 14:09

    O‘zbekiston Mudofaa vazirligi 30 mln so‘mga ikki dona tilla ruchka sotib olmoqchi

    10.06.2021, 13:46

    O‘zbekistonda 11-iyun kuni qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilindi

    10.06.2021, 13:10

    Shavkat Mirziyoyev Dushanbeda tantanali kutib olindi

    10.06.2021, 12:54

    Namangan viloyati hokimi boshchiligidagi 50 kishidan iborat delegatsiya Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatiga keldi

    10.06.2021, 12:48

    Toshkentdan Turkistonga muntazam aviareyslar qo‘yiladi

    10.06.2021, 12:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda endi 7-9-sinf o‘quvchilari universitetda ham o‘qitiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 1-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:00

    Uorren Baffet 6 mlrd dollarlik Berkshire aksiyalarini xayriya qildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:40

    Toshkent arxitektura-qurilish universitetida dual ta’lim joriy etiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 22:25

    3 yil davomida uydan chiqmagan erkak axlat va chiqindilar uyumi orasidan topildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:14

    “Kunning kamida 2-3 soatini salqin xonada o‘tkazing”. JSST anomal issiqda aholiga zarur bo‘lgan tavsiyalar berdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 21:55

    AQSH sog‘liqni saqlash vaziri amerikaliklarni dunyodagi eng kasal millat deb atadi

    Dunyo | 1 iyul, 21:45

    “Yoshlar Ittifoqi” qurib bitkazgan “Asr qurilishi” — BAM tarixi

    Dunyo | 1 iyul, 21:35

    WP: Mask raqobatchilarning maxfiy ma’lumotlariga kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan

    Dunyo | 1 iyul, 21:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.