Dunyoning turli nuqtalarida 9-iyun kuni kamera obyektiviga muhrlangan suratlarni taqdim etamiz.

Ukrainadagi bog‘da oqqush polaponi o‘z onasining patlarini tortmoqda.

Foto: Getty Images

Xitoyning Sendu shahrida milliy liboslarini kiygan tashrif buyuruvchilar lotus gullari bog‘ida sayr qilmoqda.

Foto: Getty Images

RSPCA NSW notijorat xayriya tashkiloti Sidneydagi Taronga hayvonot bog‘ining O‘rdakburunlarni qutqarish va reabilitatsiya qilish markazini moliyalashtirish uchun 600 ming dollar xayriya qildi.

Foto: Getty Images

Antaliyada paraplanda uchayotgan va uchishga tayyorgarlik ko‘rayotgan sayyohlar.

Foto: Getty Images

Parijdagi Eyfel minorasi qarshisida qad rostlagan Grand Palais Ephemere vaqtinchalik ko‘rgazma zalining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

Hukumat tomonidan yoqilg‘ilarni qazib olish qo‘llab-quvvatlanishiga qarshi Britaniyaning Sent-Ayvs shahrida norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

Kuchli yomg‘irdan so‘ng Mumbayning bir qismi suv ostida qoldi.

Foto: AP Photo

Mo‘g‘ulistonda prezident saylovlari boshlandi.

Foto: EPA

Kaliforniyadagi Orovil suv omboridagi suv miqdori qurg‘oqchilik tufayli 42 foizgacha kamayib ketdi. Kaliforniya hukumati vaziyatni “jiddiy” deb e’lon qildi.

Foto: Getty Images

Janubiy Afrikadagi Yoxannesburg shahrida har yili 18-iyulda o‘tkaziladigan Nelson Mandela kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Bu kunda mamlakat aholisi sovuq qish paytida muhtojlarga tarqatish uchun yopinchiq to‘qiydi. BMT butun dunyo bo‘ylab odamlarni Xalqaro Nelson Mandela kunini boshqalarga foyda keltiradigan ish bilan nishonlashga undaydi.

Foto: EPA

Fransiyaning “Yetti qush” qo‘riqxonasi hududiga kiruvchi Ruzich oroli yaqinida suzib yurgan dengiz to‘tisi.

Foto: AFP

Indoneziyada COVID-19 kasalligidan vafot etganlar soni 52 ming kishiga yetdi. Suratda Jakartada o‘tkazilayotgan koronavirus qurbonlarining dafn marosimi.

Foto: “TASS”

AQShdagi turli qabilalardan kelgan tub aholi vakillari Kongress binosi oldida mahalliy hududlar chegaralarini belgilash qoidalarini o‘zgartiruvchi qonun loyihasiga qarshi norozilik bildirmoqda.

Foto: AFP

Janubiy Koreyaning Kvanju shahridagi besh qavatli bino quladi. Voqea oqibatida 8 kishi jarohat oldi.

Foto: EPA

Hindistonning Guvahati shahrida koronavirus sabab joriy qilingan cheklovlar yumshatilganidan so‘ng poyabzal do‘konini ochayotgan sotuvchi.

Foto: AP Photo

Quddus atrofidagi o‘rmonlarda yirik yong‘in sodir bo‘lmoqda.

Foto: AP Photo

Liverpuldagi soborga tashrif buyurganlar “Tinchlik kabutarlari” nomli badiiy installyatsiya ichiga koronavirus oqibatida vafot etganlarni xotirlash uchun tugmacha tashlamoqda.

Foto: PA

Kanadadagi London shahrida masjidga qilingan hujum oqibatida 4 nafar musulmon halok bo‘ldi. Suratda ushbu hodisadan keyin “Men musulmonman. Men (bundan) faxrlanaman” yozuvi yozilgan plakat ko‘tarib turgan Hanin ismli qizaloq.

Foto: Reuters

Teyn-L’Ermitajga tashrifi chog‘ida jamoat vakili tomonidan tarsaki tushirilganidan so‘ng xavfsizlik xizmati tomonidan himoyalanayotgan Fransiya prezidenti Emmanuel Makron.

Foto: Reuters

Buyuk Britaniyaning Duvr shahrida chegara xizmati La-Mansh bo‘g‘ozidan kemada suzib o‘tishga uringan homilador ayolni shifoxonaga olib ketmoqda.

Foto: Getty Images

Bosniya va Gersegovinaning Srebrenitsa-Potokari genotsidi uchun tashkil qilingan yodgorlik markazida yig‘lab turgan musulmon ayol.

Foto: Reuters

Chilining Mario Yelena shahri yaqinida joylashgan Cerro Dominador quyosh elektr stantsiyasi.

Foto: Reuters