• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    Nest One — O‘zbekistondagi birinchi osmono‘par binoning balandligi 165 metrdan oshdi

    Joriy yilning 7-iyun kuni Murad Buildings va Turkiyaning Özgüven Mimarlik kompaniyalari asoschilari, mutaxassislar va jurnalistlar ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda Tashkent City loyihasi doirasida qurilayotgan Nest One majmuasi bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi. Balandligi 266,5 metrni tashkil etadigan ushbu loyiha nafaqat O‘zbekistondagi, balki Markaziy Osiyodagi eng baland bino bo‘lishi kutilmoqda.

    Matbuot anjumani davomida so‘zga chiqqan Murod Nazarov va O‘zgur Onur O‘zguvenning so‘zlariga ko‘ra Nest One loyihasi dunyodagi eng ilg‘or muhandislik texnologiyalaridan foydalangan holda qurilmoqda.

    Tadbir davomida qurilish bozori uchun yangilik bo‘lgan yangi reklama kampaniyasining boshlanishi haqida e’lon qilindi, ilgari developerlik loyihalari tomonidan bunday takliflar berilmagan.

    Nest One majmuasi investitsiya kiritish uchun eng daromadli loyihalardan biri hisoblanadi. Loyiha mualliflari majmuaning noyob konsepsiyasidan tashqari, xaridorlar kafolatlangan daromadga ega bo‘lishlari haqida ham e’lon qilishdi. Ma’lumki, Nest One loyihasi bo‘yicha qurilish ishlari 2019-yil sentabr oyida boshlangan. Loyihaning boshida ko‘chmas mulk sotib olgan xaridorlar bugungi kunga kelib 40 foiz daromadga ega bo‘lishgan. Yangi reklama kampaniyasiga ko‘ra, Nest One majmuasidagi istalgan ko‘chmas mulkni 100 foiz oldindan to‘lov bilan sotib olgan xaridor nafaqat 25 foiz chegirmaga, balki loyihaning oxirida o‘z mulkini sotishga qaror qilsa, ko‘chmas mulk umumiy qiymatining 25 foiz miqdoridagi keshbekka ham ega bo‘ladi. Ya’ni xonadon, ofis yoki do‘kon sotib olgan investor, qurilish ishlari yakunlanganidan so‘ng ko‘chmas mulkni 25 foiz foyda bilan qayta sotish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

    Ushbu taklif jamoaning o‘z loyihasiga bo‘lgan to‘liq ishonchini, shuningdek, hozirgi pandemiya sharoitida mijozlarga eng qulay shartlarda kafolatlangan daromadga ega investitsiyani taklif etish istagini yana bir bor tasdiqlashini alohida ta’kidlaydi.

    Shuningdek, loyihaning asoschilaridan biri O‘zgur Onur O‘zguven qurilish ishlarining borishi haqida batafsil ma’lumot berdi:

    “Hozirgi kunda binoning poydevor ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi, ta’kidlab o‘tish lozimki poydevor ishlari sifatli bajarilishi uchun 25 million dollar atrofida mablag‘ sarflangan. C bloki to‘liq ko‘tarildi, hozirda oynalarni o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. Markaziy bino, ya’ni A blokida olib borilayotgan qurilish ishlari 38-qavatga yetdi. Yaqin vaqt ichida Hilton Tashkent City mehmonxonasi yonida qurilayotgan B blokining qurilishiga guvoh bo‘lishingiz mumkin. Pandemiya sababli qurilish ishlarini 20 kun davomida to‘xtatishga majbur bo‘ldik, bu vaqt davomida keyingi qadamlarimizni rejalashtirib oldik. Butun dunyoda ko‘plab fabrikalarning ishi to‘xtatilganiga qaramay, biz tegishli tashkilotlardan maxsus ruxsatnoma olib, qurilishni davom ettirdik”.

    O‘zgur Onur O‘zguvenning qo‘shimcha qilishicha, pandemiya sababli chet eldan olib kelingan maxsus texnika va qurilish materiallarini bojxonada rasmiylashtirish bilan bog‘liq muammolar yuz bergan. Ushbu ommillar sababli allaqachon yakunlanishi lozim bo‘lgan fasad ishlari belgilangan muddatdan kechroq boshlangan. Lekin hozirgi kunda qurilish ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda. Pandemiya davrida quruvchilar har 10 kunda 1 qavatga ko‘tarilgan bo‘lsa, hozirda ushbu muddat 4-5 kunni tashkil etmoqda.

    Nest One kompaniyasining hammuassisi Murod Nazarov pandemiya davrida loyihaga sarmoya kiritgan investorlar va mijozlarga alohida minnatdorchilik bildirdi.

    “Biz xalqimizga munosib bo‘lgan o‘ziga hos loyihani qurish uchun astoydil harakat qilmoqdamiz. Investorlar, mijozlar va ayniqsa, muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning yuqori ishonchini oqlash uchun qo‘limizdan kelgan va ba’zida imkonsiz bo‘lib ko‘ringan ishlarni ham amalga oshirmoqdamiz. Davlatimiz bizni hech qachon yolg‘iz qoldirmadi, logistika bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda qo‘llab-quvvatladi. Bizning fikrimizcha, bu moliyaviy yordamga qaraganda ancha qadrliroq”.

    Loyiha asoschilari Nest One bilan bog‘liq barcha savollarga javob berishdi. Jumladan, OAV vakillari qurilish davomida loyihaga o‘zgartirish kiritish sabablari haqida qiziqishdi.

    Bunga javoban, dastlabki rejaga ko‘ra Nest One majmuasining balandligi 215 metrdan oshishi belgilanganligi. Lekin qurilish ishlari olib boriladigan maydondagi yer qatlami, tuproq tahlili, shuningdek, boshqa tahlil va sinovlar natijalariga ko‘ra, binoni yanada baland qilib tiklash uchun barcha sharoitlar mavjudligi sababli majmuaning balandligiga yana 51,5 metr qo‘shib, 266,5 metrga yetkazishga qaror qilinganligi aytildi. Shu bilan bir qatorda, qurilish jaroyonining har bir jihatiga alohida e’tibor qaratilayotgani va o‘tkazilgan bir qator sinovlarning natijalariga ko‘ra, bino 9 ballik zilzilaga dosh bera olishi ta’kidlab o‘tildi.

    Matbuot anjumanining rasmiy qismi yakunlanganidan so‘ng mehmonlar qurilish maydonchasi bo‘ylab ekskursiyaga taklif qilindi. Ekskursiya davomida ishtirokchilar binoning 32-qavatiga ko‘tarilishdi. U yerdan turib tomosha qilish mumkin bo‘lgan Toshkentning go‘zal manzarasi ishtirokchilarda alohida taassurot qoldirdi. Loyiha asoschilari ekskursiya davomida osmono‘par bino qurilishining balandligi 165 metrdan oshgani, hozirgi kunning o‘zida Nest One majmuasi eng baland turar joy majmuasiga aylanib ulgurganini ta’kidlab o‘tishdi.

    Yagona aloqa markazi: +99871 200 22 88

    Savdo ofisi: Shayxontohur tumani, Olmazor ko‘chasi 1a/1

    Mo‘ljal: Lukoil Uzbekistan ofisi

    Sayt: nestone.uz

    Facebook: https://www.facebook.com/nestone.uz

    Instagram: nestone.uz

    YouTube: Nest One

    TikTok: Nest One

    Reklama huquqi asosida.

    09.06.2021, 10:30   Izoh (0)   46339
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Seoul Mun — zamonaviy biznes va dam olish markazining yangi darajasi

    09.06.2021, 09:00

    Samsung sovutkichi bilan kuylab yuborganingizni bilmay qolasiz!

    08.06.2021, 15:00

    Boulevard — Tashkent City’ning me’moriy obidasi

    08.06.2021, 12:00

    Assalom — yangi hayot!

    08.06.2021, 09:00

    Namuna Development kompaniyasi Nur turar joy mavzesidagi xonadonlar uchun ipoteka taqdim etadi!

    07.06.2021, 18:00

    Manzara turar joy majmuasi: Tayyor uylarning barcha afzalliklari bilan tanishtiramiz

    07.06.2021, 09:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda hafta boshida havo harorati qanchaga ko‘tarilishi ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 20 iyul, 12:10

    Rossiyada Mudofaa vazirligining yuqori martabali rasmiysi 6 yilga qamaldi

    Dunyo | 20 iyul, 11:40

    Navoiyni zararli tutun qopladi (video)

    O‘zbekiston | 20 iyul, 11:10

    Dastin Porye faoliyatidagi so‘nggi jangida Maks Holloueyga yutqazdi

    UFC | 20 iyul, 10:30

    Saudiya Arabistonining “uyqudagi shahzoda”si vafot etdi

    Dunyo | 20 iyul, 10:30

    Messi penaltisiz urilgan gollar soni bo‘yicha Ronaldudan o‘zib ketdi

    Futbol | 20 iyul, 10:04

    Oleksandr Usik Daniel Dyuboani beshinchi raundda nokautga uchratdi

    Boks | 20 iyul, 09:55

    Uzoq tanaffusdan keyin ringga qaytgan Pakyao chempionlik kamariga ega chiqa olmadi

    Boks | 20 iyul, 09:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.