Dunyo va O‘zbekistonning turli nuqtalarida 7-iyun kuni olingan suratlarni taqdim etamiz.

Shotlandiya osmonida sinxron tarzda uchayotgan ikki qizil kalxat.

Foto: Legion Media

Futbol bo‘yicha Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida O‘zbekiston va Singapur terma jamoalari to‘qnashdi. Suratda o‘yinning 6-daqiqasida hisobni ochib, golni nishonlayotgan Jaloliddin Masharipov.

Foto: O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi

Glazgoda bo‘lib o‘tadigan G7 sammiti arafasida Extinction Rebellion ekologik harakati faollari iqlim o‘zgarishi muammosiga e’tibor qaratishga chaqirilgan aksiyalar o‘tkazmoqda.

Foto: Getty Images

Mini futbol bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent shahri boshqarmasi boshlig‘i kubogi shahar bosqichi jamoalari o‘rtasida qur’a tashlash marosimi. Unda ishtirok etayotgan faxriy futbolchi Zayniddin Tojiyev A guruhiga tushgan jamoalardan birining nomi yozilgan qog‘ozni ommaga ko‘rsatmoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Indoneziyaning Jakarta shahri bozoridagi banan sotuvchisi. Jahonda oziq-ovqat mahsulotlari so‘nggi 10 yil ichida rekord darajaga ko‘tarildi.

Foto: EPA

Toshkent shahridagi Magic City bog‘ida sayr qilib yurgan qizaloq.

Foto: “Daryo” / Muhammadamin Toshkandiy

Riga shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionati—2021 finalida kanadalik xokkeychilar finlyandiyalik raqiblarini qo‘shimcha vaqtda 3:2 hisobida mag‘lub etdi. Shu bilan Kanada terma jamoasi 27-marta xokkey bo‘yicha jahon chempioniga aylandi.

Foto: “TASS”

Toshkent shahrida issiqda soyabon tutib ketayotgan qizlar. Shu kunlarda O‘zbekiston bo‘ylab anomal issiq ob-havo kuzatilmoqda.

Foto: “Daryo” / Musulmonbek Ibrohimov

London meri metro orqali shahar hokimiyatiga ketyapti. London metrosining Vaterlu va Siti yo‘nalishlari pademiya boshlanganidan beri birinchi marta qayta faoliyatini boshladi.

Foto: PA

Toshkent shahrida kun botishi. Surat qurilishi davom etayotgan va O‘zbekistondagi eng baland bino bo‘lishi kutilayotgan Nest One’ning 30-qavatidan olingan.

Foto: “Daryo”

Hindiston xavfsizlik xizmati xodimi metro yo‘lovchilaridan navbatdagi poyezdni kutishni so‘rayapti. Dehli metrosi yo‘lovchilar sig‘imini 50 foizdan oshirmaslik cheklovi bilan qayta ishga tushirildi.

Foto: AP Photo

Samarqandlik 9 oylik Mubina ismli qizaloq Registon maydonida o‘tiribdi.

Foto: “Daryo” / Muhayyo Xamroyeva

Efiopiyaning Tigray mintaqasidagi mojarolar tufayli ko‘chib keltirilgan aholi vaqtinchalik boshpanaga aylantirilgan Tsehayedagi boshlang‘ich maktabda oziq-ovqat uchun navbatga turibdi.

Foto: Reuters

Buyuk Britaniyaning Midlands mintaqasidagi aviatomoshada chiqish qilayotgan Qirollik havo kuchlari aerobatik jamoasi.

Foto: Getty Images

Shifokorlar guruhi Hindiston shimolida yashovchi dehqonlarni koronavirusga qarshi emlayapti.

Foto: Getty Images

Turkiyaning Ozalp tumanidagi chorva mollarining havodan ko‘rinishi. Qurg‘oqchilik tufayli mintaqada yashovchi qush turlari boshqa ko‘llarga ko‘chib ketgan.

Foto: Getty Images

Shri-Lankada yog‘gan kuchli yomg‘ir tufayli yuzaga kelgan toshqinlar va ko‘chkilar oqibatida kamida 14 kishi halok bo‘ldi.

Foto: EPA

Global isish tufayli Turkiyadagi Marmara dengizi qirg‘oqlarini dengiz o‘ti shilimshig‘i qoplamoqda. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Marmara dengizini ushbu ifloslikdan tozalashga va’da berdi.

Foto: Getty Images

Pokistonning Sind viloyatida poyezdlar to‘qnashuvi oqibatida 30 dan ortiq kishi halok bo‘ldi.

Foto: AP Photo

Mayamida bokschi Floyd Meyvezer va bloger Logan Pol o‘rtasida jang bo‘lib o‘tdi. Sakkiz raundlik ko‘rgazmali jang to‘liq davom etdi. Unda ustunlik Meyvezer tomonidan bo‘lgan bo‘lsa-da, nokaut qayd etilmagani bois g‘olib nomi aniqlanmadi.

Foto: Reuters

Xitoyda umummilliy universitetlarga kirish imtihonlari (gaokao) boshlandi. Ushbu kundagi imtihonlar millionlab abituriyentlarning taqdirini hal qiladi.

Foto: “TASS”

Amerikalik tennischi Kori Gof Rolan Garros musobaqasining 4-davrasida tunislik Ons Jaberni mag‘lub etdi.

Foto: EPA

Moskva shahrida quyosh botishi fonida raqs tushayotgan juftliklar.

Foto: EPA

Venetsiyadagi kanalda qayig‘i bilan suzib yurgan gondoler. Italiyaning Veneto viloyatida koronavirus cheklovlari yumshatiladi. Odamlardan endi faqat tibbiy niqob taqish va ijtimoiy masofa saqlash talab qilinadi.

Foto: Reuters

Bangkokdagi gimnaziyada odamlar AstraZeneca vaksinasini qabul qilish uchun navbat kutmoqda. Ommaviy emlash davom etayotgan bir vaqtda Tailandda koronavirus bilan kasallanish va o‘lim holatlari soni oshib bormoqda.

Foto: AP Photo

Janubiy Koreyaning Jeju shahridagi port yaqinida cho‘milayotgan sayyohlar.

Foto: EPA

Ozarbayjonda bo‘lib o‘tayotgan Boku Grand Pri musobaqasidan chiqib ketgan Red Bull jamoasi poygachisi bolidining g‘ildiragiga tepmoqda.

Foto: Reuters

Indoneziyadagi anjumanlar zalida o‘tkazilayotgan ommaviy emlash paytida bolani uxlatayotgan shifokor.

Foto: AFP