Mini-futbol bo‘yicha uyushmagan yoshlar (18-30) o‘rtasida Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i Kubogi musobaqasining Uchtepa tuman bosqichi o‘tkazildi.

Foto: Uchtepa tumani hokimligi

Musobaqaning saralash o‘yinlarida tumandagi 60 ta mahallaning 600 nafar yoshlari o‘zaro bellashdi. Final bosqichiga esa quyidagi mahalla jamoalari yo‘l oldi: 1-sektordan “Ko‘kcha Oqtepa”, 2-sektordan “Tepaqo‘rg‘on”, 3-sektordan “Qoziguzar”, 4-sektordan “Istirohat”.

Hal qiluvchi bosqichdagi o‘yinlar natijalariga ko‘ra 1-o‘rinni “Istirohat” mahallasi jamoasi qo‘lga kiritdi. 2-pog‘onani “Ko‘kcha Oqtepa” egallagan bo‘lsa, kuchli uchlikka “Qoziguzar” jamoasi yakun yasab berdi.

Foto: Uchtepa tumani hokimligi

Foto: Uchtepa tumani hokimligi

Musobaqa yakunlariga ko‘ra barcha pozitsiyalar bo‘yicha eng yaxshilar aniqlandi. Shuningdek, barcha ishtirokchilar esdalik sovg‘alari va diplom bilan taqdirlandi.