• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Muammo avtomobil qimmatligida emas, balki odamlar kam pul ishlab topishida” — Alisher Qodirov O‘zbekistondagi avtomobil sanoati haqida

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining o‘rinbosari — “Milliy tiklanish” partiyasi rahbari Alisher Qodirov Alter Ego loyihasiga bergan intervyusida UzAuto Motors masalasi borasida o‘z fikrlarini bildirdi.

    Deputat UzAuto Motors haqida gapirar ekan, YaIMdagi ulushi 35 trillion so‘mga tengligi, uni tashkil etishga uzoq yillar davomida xalq salmoqli sarmoya kiritganini qayd etgan.

    So‘zi davomida u O‘zbekiston aholisi mashina narxi qimmatligidan emas, balki uni sotib olishga qurbi yetmayotganidan jabr ko‘rayotganini ta’kidlagan.

    “Xalq avtomobil sotib olish uchun yetarli pulga ega emasligidan jabr ko‘ryapti. Muammo avtomobil narxi qimmatligida emas, balki odamlar kam pul ishlab topayotganida. Xaridorlik qobiliyati past… Odamlar halol ishlab topgan pullariga sifatli avtomobil sotib olishga haqli. UzAuto Motors’ning ochiqdan ochiq qimmat mashina sotishlari tarafdorimasman. O‘zbekistonda raqobatbardosh avtomobilsozlikka bosqichma-bosqich o‘tilishi tarafdoriman”, — dedi Alisher Qodirov.

    Xalq vakili bojxona boji bekor qilinsa, Gentra segmentida 14 ming dollarlik avtomobil kirib kelishini aytib o‘tgan. “Gentra’ni 18 mingdan sotishyaptimi? Tan olaman, juda qimmat, men buni qo‘llab-quvvatlamayman. Sifatini [talabga javob bermasligini] ham men tan olaman, Volkswagen Gentra’dan yaxshiroq”, — dedi u.

    Biroq u so‘zida davom etarkan, hozirgi paytda bojxona ochilishi tarafdori emasligini qo‘shimcha qilgan.

    “Bu [bojxona boji bekor qilinishi] bizni shundoq ham kutib turibdi. O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilsa, tabiiyki, bojxona bojini boshqarish bizga bog‘liq bo‘lmay qoladi. Lekin bizda o‘nlab yillar mobaynida xalqning trillionlab sarmoyasini kiritib, tashkil qilganimiz — mahalliy ishlab chiqaruvchini transformatsiya qilish imkoni bor. Bolta bilan halok qilish va o‘z bozorimizni tashqi ishlab chiqaruvchilarga ochib berish — bu oson. Yaponiya va Koreya tajribasini o‘rganyapmiz, ular 1980-yillargacha tashqi ishlab chiqaruvchilar uchun to‘liq yopiq mamlakat bo‘lgan. Xattoki, Amerika ham hozirgacha o‘zlarini qimmat ishlab chiqaruvchilaridan foydalanadi. Toyota anchayin arzon, lekin ular bunga yo‘l qo‘ymayapti-ku”, — dedi “Milliy tiklanish” partiyasi rahbari.

    Mavzuga doir: “Biz O‘zbekistonda mashina sotib oladigan 300 ming odamni o‘ylab, mamlakat iqtisodiyotini xavfga qo‘ya olmaymiz”. Alisher Qodirov UzAuto Motors atrofidagi tanqidlarga munosabat bildirdi

    U ushbu misollarni o‘zini himoya qilish uchun aytmaganini qayd etgan.

    “Bizda buning hammasi noto‘g‘ri tashkil etilgan, bunga qo‘shilaman. Meni bu borada noto‘g‘ri tanqid qilishadi”, — dedi deputat.

    Alisher Qodirov UzAuto Motors iqtisodiyotni barbod qilish yo‘li bilan emas, balki, qo‘llab-quvvatlash orqali transformatsiya qilinishi kerakligini ta’kidlagan.

    “Odamlar talab qilayotgandek bo‘lishi kerak. Lekin buni iqtisodni vayron qilish orqali emas, balki unga ko‘maklashish yo‘li bilan qilishimiz kerak. Biz iqtisodiyotni quryapmiz. Biz hozir YaIMning 35 trillion so‘mlik qismini saqlab qolish yoki qolmaslik masalasini muhokama qilyapmiz. Agar davlat hozir mashinasozlik sohasini qo‘llab-quvvatlamasa, u barbod bo‘ladi va biz JSTga qo‘shilamiz. Bizda o‘zimizning avtomobilsozlik sohamiz bo‘lmaydi…”, — dedi u.

    Uning fikricha, “biz hozir qimmat va sifatsiz avtomobilni sotib olish orqali sohani qo‘llab-quvvatlayapmiz. Buni shunchaki, boricha qabul qilish kerak”.

    Loyiha boshlovchisining “shundoq ham hech kim qo‘llab-quvvatlashni istamayapti-ku” degan fikriga, partiya rahbari quyidagicha javob berdi:

    “Qachonlardir, odamlarni davlat qurishga majburlashgan, tushunyapsizmi? Ba’zan odamlar davlat qurishni ham xohlashmagan. Hozir bo‘lsa, o‘sha odamlarning avlodlari shu davlatda baxtli hayot kechirmoqda. Qaysidir ma’noda, balki biz ham o‘zimizning odamlarni — men bunda ishtirok etmayapman, — avtomobil sanoatini qo‘llab-quvvatlashga majbur qilyapmiz”, — dedi u.

    Bundan avval UzAuto Motors “shapka tizimi” yana qaytgani to‘g‘risidagi xabarlarga munosabat bildirgani, Shavkat Mirziyoyev “O‘zavtosanoat”da ishlab chiqarish hajmi 40 foizga kamayib ketganini tanqid qilgani hamda UzAuto Motors Malibu, Equinox va Tracker narxlarining keskin ko‘tarilishi yuzasidan izoh bergani haqida xabar berilgandi.

    07.06.2021, 23:09   Izoh (0)   53452
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiyada majburiy mehnatdan qochib, ikki oyog‘idan ajralgan O‘zbekiston fuqarosiga yordam ko‘rsatildi

    07.06.2021, 22:57

    Surxondaryoda haydovchi Damas’da 16 nafar yo‘lovchini olib ketayotgani aniqlandi (video)

    07.06.2021, 22:41

    Samarqanddagi suv omborida cho‘kib ketayotgan fuqaro qutqarib qolindi

    07.06.2021, 22:26

    Toshkentda sotilayotgan “Andijon muzqaymoqlari”da ichak kasalliklarini qo‘zg‘ovchi bakteriyalar aniqlandi

    07.06.2021, 22:10

    O‘zbekistonda yangi tashkil etilgan Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligiga vaqtinchalik direktor tayinlandi

    07.06.2021, 21:44

    O‘zbekistonda “fudtrak”lar orqali savdo qilishning yangi tartibi tasdiqlandi. U dekabr oyidan kuchga kiradi

    07.06.2021, 21:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ilon Maskning foto va video yaratish uchun mo‘ljallangan neyron tarmog‘i bepul bo‘ldi

    Dunyo | 15 avgust, 23:40

    Ota-onalarga OTM kontraktini to‘lashda beriladigan soliq imtiyozida endi yosh farq qilmaydi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 23:35

    Tramp Lukashenko bilan 1300 nafar mahbusni ozod qilishni muhokama qildi

    Dunyo | 15 avgust, 23:20

    Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish uchun 200 mln dollargacha xorijiy mablag‘ jalb etiladi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 23:07

    Xitoy BMTning Eronga nisbatan zudlik bilan sanksiyalar kiritishiga qarshi chiqdi

    Dunyo | 15 avgust, 22:51

    O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida aviaqatnovlar soni ko‘payadi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 22:35

    “Rossiya Ukraina bilan o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldi” — Germaniya kansleri

    Dunyo | 15 avgust, 22:18
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.