• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Qarzni undirish o‘rniga, qarzdorni bankrot qilishga urinmoqda”. Moliya vaziri Timur Ishmetov sud boshqaruvchilari haqida

    Sud boshqaruvchilarining qarzdorlarni bankrot deya e’lon qilish jarayonidagi ishi qayta ko‘rib chiqiladi. Bu haqda moliya vaziri Timur Ishmetov Oliy Majlis Senatining 15-yalpi majlisida ma’lum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Senat raisi Tanzila Norboyeva hujjatlarni rasmiylashtirib, korxona va tashkilotni bankrot deya tan olish uchun sudga beradigan sud boshqaruvchilariga mukofot pullari ko‘p to‘lanishini tanqid qilgan.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, 2019—2020-yillar davomida 10 mingga yaqin korxona va tashkilot bankrotlikning soddalashtirilgan jarayoni asosida yopilgan. Shu bilan birga, budjet hisobida qarzlarni undirish ko‘rsatkichi 0,07 foizni tashkil etgan.

    “Ayni vaqtda sud boshqaruvchilariga respublika va mahalliy budjetdan katta mukofot pullar to‘lanmoqda. Ya’ni sud boshqaruvchilariga to‘lanadigan mablag‘, ular yordamida budjetga to‘plangan mablag‘dan bir necha barobar ko‘p. Farq shu qadar kattaligidan, ushbu raqamlarni aytishni ham xohlamayman. Tegishli hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish kerak. Chunki bu pullar davlat budjetiniki, bu pullar xalqniki”, — deydi Senat raisi moliya vaziriga murojaat qilib.

    Moliya vazirligi rahbari bu kabi muammo borligini tan olib, bunday tartib avvaliga “yaxshi maqsadlarda” qabul qilinganini ta’kidlagan. Har bir sud boshqaruvchisiga yaxshi pul to‘lansa, ular “pulning ortidan yaxshiroq quvishi” kutilgan.

    Ishmetovning so‘zlariga ko‘ra, hozirda “sud boshqaruvchilari qarzdor-tashkilotdan qarzni undirish o‘rniga, uni bankrotlik orqali yopishga urinmoqda”, chunki har bir yopilgan ish uchun katta miqdorda mukofot puli to‘lanadi.

    “Biroq ular asosan sudda hujjatlar va bankrotlikni e’lon qilish amaliyoti bilan shug‘ullanadi, ya’ni qarzdor-tashkilotdan qarzni undirish o‘rniga, ‘bu umidsiz qarz, u bankrot bo‘lishi kerak’ deydi. Budjetga esa bir tiyin ham tushmaydi. Ammo ular har bir yakunlangan ish uchun 4,8 million so‘mdan oladi. Ayrim epchil sud boshqaruvchilari 100 million, 1 va 2 milliard so‘m olgan”, — deydi u.

    Timur Ishmetovning hisoblashicha, sud boshqaruvchilariga mukofot pullari undirilgan mablag‘lar hisobidan to‘lanishi kerak.

    “Shu sababli biz hukumatga murojaat qildik va o‘tgan chorakdan boshlab ushbu amaliyotni vaqtincha to‘xtatdik. Ushbu jarayonni qayta ko‘rib chiqish va mutlaqo boshqacha yo‘nalishni qabul qilish maqsadida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan ishlayapmiz”, — deydi moliya vaziri.

    Eslatib o‘tamiz, 2019-yil 15-dekabrda “Bankrotlik to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun Prezident tomonidan imzolangan edi. Qonun bilan kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, bankrotlik to‘g‘risidagi ishni qo‘zg‘atish uchun beriladigan arizada qarzdor va kreditorlarga to‘lov qobiliyatini tiklash yoki tugatish tartibotlari qo‘llashni ko‘rsatgan holda murojaat etish huquqi berilgan.

    04.06.2021, 11:41   Izoh (0)   38188
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 23 mingga yaqin kishi koronavirusga qarshi emlandi

    04.06.2021, 11:10

    Katta tezlikda mashina haydash oqibatida vafot etgan haydovchiga janoza o‘qiladi — O‘zbekiston musulmonlari idorasi

    04.06.2021, 10:44

    “Davlat yaxshi menejer emas” — Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori

    04.06.2021, 10:40

    Aziz Abduhakimov Butunjahon turizm tashkiloti Bosh assambleyasi 24-sessiyasi vitse-prezidenti etib saylandi

    04.06.2021, 10:33

    O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 201 kishida koronavirus tasdiqlandi. Qurbonlar soni ikki nafarga ko‘paydi

    04.06.2021, 10:26

    Xorazmda uch nafar qizni Dubayga fohishalik qilish uchun jo‘natishga uringan shaxslar qo‘lga olindi

    04.06.2021, 10:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.