Shimoliy Koreya ba’zi mamlakatlarni boshqalar vaksina ta’minoti yetishmayotganidan aziyat chekayotgan vaziyatda koronavirusga qarshi vaksinalarni keragidan ortiq sotib olgani uchun tanqid qildi, deb yozmoqda Janubiy Koreyaning Yonhap agentligi.
“Koronavirusga qarshi vaksinalar va dorilarni yaratish butun insoniyat uchun yutuq bo‘lishi mumkin edi, lekin adolatsiz haqiqat shundaki, ba’zi mamlakatlarning vaksinalarni olishga qurbi yetmayotgan bir paytda, ba’zi mamlakatlar ularni keragidan ortiq sotib olib, zaxirada saqlamoqda va bu bilan vaksina millatchiligiga sababchi bo‘lmoqda”, — deya KXDRning 74-Butunjahon sog‘liqni saqlash assambleyasida taqdim etilgan bayonotidan iqtibos keltirdi agentlik.
Pxenyan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)ni dunyo bo‘ylab vaksinaning adolatli taqsimlanishiga erishishda yordam berishga chaqirdi.
Shimoliy Koreya COVAX Facility dasturi doirasida may oyigacha 1,7 million doza vaksina olishi kerak edi, lekin yetkazib berish kechiktirildi.
Shimoliy Koreya, avvalgidek, mamlakatda birorta ham koronavirus bilan kasallanish holati ro‘yxatga olinmaganini ta’kidlamoqda. Lekin mamlakatda epidemiyaga qarshi qat’iy karantin choralari saqlanib qolmoqda.
Mavzuga doir:
Izoh (0)