• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Olimlar: COVID-19 odamlar tomonidan yaratilganiga oid dalillar bor

    COVID-19 laboratoriyada yaratilgan, shundan so‘ng xitoylik olimlar “izlarni yashirish uchun” virusning ko‘rshapalaklardan kelib chiqqani to‘g‘risidagi versiyani ilgari surgan. Bu haqda britaniyalik va norvegiyalik olimlar Angus Dalglish va Birger Syorensenning Quarterly Reviews of Biophysics jurnalida chop etiladigan yangi tadqiqotida aytilgan, deb yozadi “RBK”.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Dalglish va Syorensen virusdan “noyob barmoq izlari”ni hamda uning biror ishonchli manbasi yo‘qligiga oid dalilni topgan.

    Shundan kelib chiqib, olimlarning fikriga ko‘ra, virus faqat laboratoriyada olib borilgan ishlar natijasida yaratilgan bo‘lishi mumkin. Olimlar ilgari o‘z tadqiqotlari natijalarini nashr etishga uringani, ammo ular virusning tabiiy kelib chiqishiga ishongan ilmiy jurnallar tomonidan rad etilganini aytdi.

    Hozirda bir qator mamlakatlarda COVID-19 paydo bo‘lishining versiyalarini qayta ko‘rib chiqish zarurligi haqida bahs ketmoqda.

    Tadqiqotchilar 2002-yildan 2019-yilgacha Uxan shahridagi laboratoriyada o‘tkazilgan tajribalarga e’tibor qaratgan va ba’zilari Amerika universitetlari bilan hamkorlikda ish olib boradigan xitoylik olimlar virusni uning yuqumlilik darajasini oshiradigan tarzda o‘zgartirish bo‘yicha tadqiqotlar olib borganini aniqlagan.

    Tadqiqot mualliflarining fikricha, Xitoy g‘orlaridagi ko‘rshapalaklardan topilgan koronavirusdan olingan “asos”ga yangi “qism” qo‘shilgan, natijada yuqumliroq va o‘limga olib keluvchi SARS-CoV-2 paydo bo‘lgan.

    Dalglish va Syorensen tomonidan aniqlangan musbat zaryadga ega to‘rtta aminokislotalar zanjiri virusga o‘zgartirish kiritilgan bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. Bu virusga “magnit kabi odam hujayralarining manfiy zaryadlangan qismlariga mahkam yopishib olishi va shu bilan yanada yuqumliroq bo‘lishiga imkon beradi”, — deya tushuntirdi norvegiyalik olim.

    “Ammo magnitlar singari musbat zaryadlangan aminokislotalar bir-biridan itariladi, shuning uchun tabiiy ravishda uchraydigan viruslarda hatto uchta aminokislota zanjiri ham kamdan kam uchraydi. To‘rttalik zanjirning bo‘lishi esa ehtimoldan yiroq”, — dedi u.

    Olimlarning xulosalarini sharhlar ekan, yuqumli kasalliklar bo‘yicha rossiyalik mutaxassis, tibbiyot fanlari doktori Nikolay Malishev juda ko‘plab viruslar mavjudligini, ular, shu jumladan, nam va iliq iqlimga ega Janubi-Sharqiy Osiyoda ham uchrashini aytdi.

    “Bunday ob-havo sharoitda virus RNK va DNK’sidagi turli xil o‘zgarishlar faol ravishda yuz berishi mumkin, bu esa ba’zi yangi qo‘zg‘atuvchilar paydo bo‘lishiga olib keladi”, — deb izohladi u. Olimning so‘zlariga ko‘ra, SARS-CoV-2 tabiiy ravishda kelib chiqqan.

    “Hamma narsa odamlar tomonidan biron bir maqsad bilan yaratilgan deb ishonadiganlar bor. Ammo virusning kelib chiqishi tabiiy bo‘lgan, deb o‘ylayman. Insoniyat yaratilganidan beri mavjud epidemiyalarning barchasini: o‘lat, vabo va boshqa kasalliklar atayin yaratilgani haqidagi taxminlarni ilgari suradigan odamlar har doim bo‘lgan”, — dedi u.

    Mavzuga doir:

    • Vashington va London JSSTni koronavirusning paydo bo‘lish sabablarini o‘rganish uchun Xitoyga qaytishga chaqirdi
    • NYT: AQSh razvedkasi COVID-19 kelib chiqishi bo‘yicha yangi ma’lumotlarni qo‘lga kiritdi
    • Uxan virusologiya institutining uch nafar olimi koronavirus haqidagi ilk xabarlardan avvalroq og‘ir kasallangan — WSJ

    01.06.2021, 16:57   Izoh (0)   42625
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Liviyada jangovar dron odamga mustaqil tarzda hujum qildi

    01.06.2021, 16:34

    Isroilda barcha karantin cheklovlari bekor qilindi, koronavirus shtammlari endi grek alifbosi harflari bilan belgilanadi, Fransiya prezidenti COVID-19’ga qarshi em...

    01.06.2021, 15:13

    Chexiya bosh vaziri Yevropa Ittifoqi subsidiyalariga oid firibgarlikda ayblandi

    01.06.2021, 14:55

    Turkiyada komendantlik soati qisqartirilib, to‘ylarga ruxsat berildi

    01.06.2021, 14:11

    “Mamlakat aholisining yarmini ortiq uyda olib o‘tirolmaymiz”. Saudiya Arabistonida ishlaydigan ayollar soni qay tarzda va nima sababdan ortib bormoqda?

    01.06.2021, 08:24

    AQSh Daniya internet kabeli orqali Angela Merkelni yashirincha kuzatishda ayblanmoqda

    31.05.2021, 22:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10

    Ularning ko‘pchiligi oramizda yo‘q: “I operatsiyasi” aktyorlari yillar davomida qanchalik o‘zgargan?

    Kino | 23 avgust, 09:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.