• Profilga Kirish
• 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

• So‘nggi yangiliklar
• Asosiy yangiliklar
• Eng ko‘p o‘qilgan
• Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
• O'zb
• Ўзб
• Рус
• Eng
• O'zb
• Ўзб
• Рус
• Eng
• So‘nggi yangiliklar
• Asosiy yangiliklar
• Eng ko‘p o‘qilgan
• Kolumnistlar
• USD12831.13
• RUB161.07
• EUR14542.8
• Google play
• App Store
• Telegram
• Toshkentda
+28°C
• Andijon
• Qarshi
• Buxoro
• Samarqand
• Farg‘ona
• Sirdaryo
• Jizzax
• Termiz
• Namangan
• Toshkent
• Navoiy
• Toshkent vil
• Nukus
• Urganch
• Daryo
• Internet-nashr
• Tahririyat haqida
• Aloqa ma'lumotlari
• Foydalanish shartlari
• Maxfiylik siyosati
• Yangiliklar arxivi
• Reklama
• Ijtimoiy tarmoqlar
• Instagram | Rasmiy
• Instagram | Lifestyle
• Instagram | Sport
• Facebook | Rasmiy
• OK | Rasmiy
• YouTube | Daryo
• YouTube | Daryo Rus tilida
• YouTube | Daryo Global
Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
Daryo logo white
• O‘zbekiston
• Boshqalar
• Navoiy
• Toshkent viloyati
• Sirdaryo
• Jizzax
• Qashqadaryo
• Surxondaryo
• Xorazm
• Buxoro
• Samarqand
• Namangan
• Farg‘ona
• Andijon
• Qoraqalpog‘iston
• Toshkent sh.
• Mehridaryo
• Ob-havo
• Markaziy Osiyo
• O‘zbekiston (Mahalliy)
• Afg'oniston
• Qirg‘iziston
• Qozog‘iston
• Turkmaniston
• Tojikiston
• Dunyo
• Pul
• Biznes
• Iqtisodiyot
• Moliya
• Kripto
• Madaniyat
• Kino
• Kitob
• Musiqa
• Shou-biznes
• Layfstayl
• Ayollar sahifasi
• Farzand
• Go‘zallik
• Karyera
• Maslahatlar
• Moda
• Retseptlar
• Texnologiyalar
• Arxitektura
• Gadjetlar
• Ilm-fan
• Koinot
• Media
• Avto
• Qo‘ziqorin
• Sayohat
• Salomatlik
• Ta’lim
• Abituriyent
• Ingliz tilini o’rganamiz
• Sport
• Futbol
• UFC
• Boks
infinix
Daryo.uz - Login
Daryo.uz Daryo.uz
Daryo.uz - Login
Dunyo

“Ular hali bola edi”. G‘azodagi urushda o‘ldirilgan bolalar haqida

G‘azoning Jabaliya shahrida yashovchi besh yoshli Bar’a al-G‘arabli Isroil va HAMAS o‘rtasidagi urush boshlanganidan bir necha daqiqa o‘tib halok bo‘lgan. 16 yoshli Mustafo Obayd ham 10-may oqshomida, xuddi o‘sha zarba oqibatida o‘ldirilgan, deb yozadi The New York Times.

Bara’a al-G‘arabli, 5 yosh.

Bara’a al-G‘arabli, 5 yosh.
Foto: The New York Times

Mustafo Obayd, 16 yosh.

Mustafo Obayd, 16 yosh.
Foto: The New York Times

Foto: The New York Times

Taxminan, o‘sha vaqtda to‘rt amakivachcha — 2 yoshli Yazon al-Masriy, 6 yoshli Marvon al-Masriy, 10 yoshli Rahaf al-Masriy va 11 yoshli Ibrohim al-Masriy G‘azoning Bayt-Hanun shahrida halok bo‘lgan. “Oilamizning qayg‘usini so‘z bilan ifodalab bo‘lmaydi”, — deydi ularning boshqa bir amakivachchasi Muxlis al-Masriy.

Farzandlari halok bo‘lganida nimalarni his qilgani haqida so‘raganingda, G‘azodagi aksariyat ota-onalar bazo‘r pichirlab, ammo oddiy qilib (taqdirga tan bergandek): “Allohning irodasi”, — deydi. Aytishlaricha, ularning farzandlari shifokor, rassom va bir yetakchi odam bo‘lishni istardi.

“Men hali ham ishonolmayapman, — deydi 10 yoshli qizini yo‘qotgan jabaliyalik taksi haydovchisi Sa’d Asaliya. — Allohning irodasi shunday bo‘lgan, deb o‘zimni tinchlantirishga harakat qilyapman”.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil va HAMAS o‘rtasida 2021-yilning may oyida bo‘lib o‘tgan 11 kunlik urush davomida G‘azoda 67 nafar, Isroilda esa 2 nafar yoshi 18 dan kichik bo‘lgan bolalar o‘lgan. The New York Times mana shu urushda qurbon bo‘lgan bolalarning suratlarini e’lon qildi.

Husayn Hamad, 11 yosh.

Husayn Hamad, 11 yosh.
Foto: The New York Times

Ibrohim Hasanayn, 16 yosh.

Ibrohim Hasanayn, 16 yosh.
Foto: The New York Times

Muhammad Sulaymon, 15 yosh.

Muhammad Sulaymon, 15 yosh.
Foto: The New York Times

Hamza Ali, 12 yosh.

Hamza Ali, 12 yosh.
Foto: The New York Times

2 yoshli Mina Sharir va uning 15 yoshli opasi Lina Sharir.

2 yoshli Mina Sharir va uning 15 yoshli opasi Lina Sharir.
Foto: The New York Times

O‘ldirilgan bolalarning deyarli bari — falastinliklar.

G‘azoda aholi zichligi juda yuqori, aholining asosiy qismi yoshlar — bu yerda yashovchilarning, taxminan, yarmini 18 yoshdan kichiklar tashkil etadi. Shu boisdan Isroil harbiy samolyotlari G‘azodagi uylar va turar joy mavzelariga zarba berarkan, xavf ostida qoladigan bolalar soni, tabiiyki, juda ko‘p bo‘ladi. Ba’zida bitta zarba oqibatida butun boshli oilalar yo‘q bo‘lib ketadi.

Isroil G‘azodagi tinch aholi orasida o‘limlar soni ko‘pligi uchun javobgarlikni HAMASga yuklaydi, chunki harakat a’zolari G‘azoning aholi yashaydigan hududlaridan turib raketalar uchiradi va harbiy operatsiyalarni amalga oshiradi. Isroilning tanqidchilari esa qurbonlar sonini “bosqinchi davlat o‘z zarbalarini tartibsiz va nomutanosib berayotganini tasdiqlovchi dalil” deb ko‘rsatadi.

G‘azo sektori shimolidagi Bayt-Hanun shahri, 2021-yil 15-may.

G‘azo sektori shimolidagi Bayt-Hanun shahri, 2021-yil 15-may.
Foto: Samar Abu Elouf / The New York Times

Bolalar, shubhasiz, eng zaif qatlam. Ular G‘azoda keng yoyilgan qashshoqlik va ishsizlik muhitida katta bo‘lishga majbur, Isroil va Misr tomonidan joriy etilgan qamal sabab o‘zi yashaydigan sektorga erkin, xohlagan vaqtida kirib chiqa olmaydi. Shuningdek, ular muntazam urush ko‘lankasi ostida yashaydi. O‘rtacha 15 yashar g‘azolik o‘smir o‘tgan hayoti davomida kamida to‘rtta Isroil bosqini guvohiga aylangan bo‘lardi. G‘azoliklarning deyarli bari urushda o‘lgan kamida bitta bo‘lsa-da odamni biladi.

“Halok bo‘lgan bolalar haqida o‘ylayotganimda men, shuningdek, tirik qolgan bolalar haqida ham vayronalar ostidan olib chiqilgan va qo‘l yo oyog‘idan ayrilgan yoki bo‘lmasa maktabga borganida, do‘sti bedarak yo‘qolganidan xabar topgan bolalar haqida ham o‘ylayman”, — deydi G‘azoda bolalar psixologi bo‘lib ishlovchi Ola Abu Hasabbulloh.

Nadin Avad, 16 yosh.

Nadin Avad, 16 yosh.
Foto: The New York Times

Isroil markazidagi Dahmash nomli arab qishlog‘ida 12-may kuni tun soat 3:00 da sirena ovozi jaranglagan vaqti 16 yoshli Nadin Avad va uning otasi pana joy izlab ko‘chaga qochib chiqqan, deydi Nadinning amakisi Ismoil Arofat. Biroq G‘azodan uchirilgan raketa shundoqqina ularning uyi oldida qulab, ota-bolani o‘ldirgan.

“Nadin eng yaxshi o‘quvchi edi, — deydi uning ilmiy rahbari Sirin Slameh. — U ingliz tilida yaxshi gapirar, pianino chalishni o‘rgangan hamda yahudiy va arablarning birgalikda yashash bo‘yicha dasturlarida qatnashardi”. Mash’um voqeadan bir hafta avval qiz o‘zi tirishqoqlik bilan o‘qigan matematika fani bo‘yicha imtihondan 97 ball olgandi.

Ismoil Arofatning aytishicha, jiyani otasiga juda bog‘lanib qolgan edi, hammayoqda otasi bilan birga edi. “Eng achinarlisi, sirenalar chalinganida ham u otasining ortidan ko‘chaga yugurib chiqqan. Endi esa otasi bilan birga mozorga qo‘yildi”, — deydi u.

4 yoshli Zayd Talbaniy va uning 2 yoshli singlisi Maryam Talbaniy.

4 yoshli Zayd Talbaniy va uning 2 yoshli singlisi Maryam Talbaniy.
Foto: The New York Times

Hala Rifiy, 13 yosh.

Hala Rifiy, 13 yosh.
Foto: The New York Times

Bashar Samur, 17 yosh.

Bashar Samur, 17 yosh.
Foto: The New York Times

Ikki yoshli Mina Sharirning janozasi.

Ikki yoshli Mina Sharirning janozasi.
Foto: Samar Abu Elouf / The New York Times

Bolalarning mutlaq ko‘pchiligi Isroil aviazarbalari oqibatida halok bo‘lgan ersa-da, istisnolar ham bor.

Falastinlik bolalarni himoya qilish xalqaro tashkilotining dastlabki surishtiruvlariga ko‘ra, G‘azoda o‘ldirilgan bolalarning kamida ikki nafari — Bar’a al-G‘arabli va Mustafo Obayd, katta ehtimol bilan, HAMAS a’zolarining Isroil tomon uchirgan raketasi kutilganidek parvoz qilmagani oqibatida halok bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Isroilda o‘ldirilgan bolalardan biri — Nadin Avad ham asli falastinlik edi. “Raketalar ‘bu arab, bunisi esa yahudiy ekan’ deb farqlab o‘tirmaydi”, — deydi Nadinning amakisi Ismoil Arofat.

Ido Avigal, 5 yosh.

Ido Avigal, 5 yosh.
Foto: The New York Times

Shani Avigalning aytishicha, urush boshlangach, uning 5 yoshli o‘g‘li Ido Avigal shunchalik xavotirga tushib qolganki, bir o‘zini uxlatish, yuvintirish yoki ovqatlantirish mutlaqo imkonsiz ishga aylangan.

Isroilning Sderot shahrida sirenalar yangray boshlaganida, Ido onasi bilan birga xolasining uyidagi xavfsiz xonaga yashiringan. Biroq qo‘shni binoga kelib urilgan raketa bo‘lagi xonaning qalin derazasini sindirib, Idoning qorniga sanchilgan va uni o‘ldirgan.

Shani Avigalning aytishicha, uning o‘g‘li mehribon va ochiqko‘ngil edi, yaqinda sinfdoshlariga “arablarning hammasi ham yomon emas”, deb tushuntirgan. “Men arablarning hammasi ham bizni o‘ldirishni istamasligini aytdim. Oxir-oqibat sinfdoshlarimni bunga ishontira oldim”, — degandi bolakay o‘shanda onasiga.

Foto: The New York Times

Xuddi o‘sha kuni, 12-mayda, 13 yoshli Hamada al-Emur 10 yoshli amakivachchasi Ammar al-Emur bilan birga soch oldirgani sartaroshxonaga borgan — aksariyat musulmon mamlakatlarda bo‘lgani kabi falastinliklarda ham Hayit oldidan soch-soqolini tartibga keltirish odati bor.

Hamadaning otasi Atiya al-Emurning aytishicha, Isroilning aviazarbasi bu ikki bolani o‘ldirgan vaqtda ular Xon-Yunusdagi uyiga qaytib kelib bo‘lgandi hisob — ota o‘z farzandi o‘limining jonli guvohiga aylangan. “Qani endi buni ko‘rmagan bo‘lsam edi! Bu dahshat!”, — deydi u.

Foto: The New York Times

Hamid Tolbehning aytishicha, 12 yoshli o‘g‘li Mahmud Tolbeh a’lochi edi. U ilmni yaxshi ko‘rar va katta bo‘lganida muhandis-mexanik bo‘lishni orzu qilardi. U uy ishlariga ham qarashgan, o‘z aka-uka va opa-singillariga tuxum va buterbrodlar, mehmonlar uchun choy va qahva tayyorlab berar, uylarni yig‘ishtirib, bozor-o‘charni ham eplardi.

“Oilamiz tayanchi edi u, — deydi Hamid Tolbeh. — Har ishda unga suyanishimiz mumkin edi”.

Ramazonning so‘nggi oqshomida Mahmud sartaroshxonadagi amakivachchasiga yordam berish uchun uydan chiqib ketgan. Otasining aytishicha, o‘g‘li sartaroshxonaga kirishiga bir necha qadam qolganida Isroil aviazarbasining bir parchasi uning boshi va bo‘yniga kelib teggan. Mahmud olgan jarohatlari oqibatida ikki kun o‘tib vafot etgan.

“Uni yorqin bir kelajak kutayotgan edi. Biroq endi bu kelajak uning o‘zi bilan birga qabrga ketdi”, — deydi bolaning otasi.

Nag‘am Tolbeh ukasi Mahmudning jasadi ustida yig‘lamoqda.

Nag‘am Tolbeh ukasi Mahmudning jasadi ustida yig‘lamoqda.
Foto: Samar Abu Elouf / The New York Times

Foto: The New York Times

13 yoshli Yahyo Xalifa velosiped uchishni yaxshi ko‘rardi, Qur’onning bir necha oyatlarini yod olgan va kun kelib Quddusdagi Masjidul Aqsoga kirishdan umidvor edi. “U begunoh, shirin bir bola edi”, — deydi otasi Mazin Xalifa.

“U shoshilinch bir ishim bor deb, qaytishda uydagilarga yogurt va muzqaymoq olib kelishni va’da qilib, tashqariga chiqib ketgandi”, deydi otasi. Ko‘p o‘tmay bola Isroil aviazarbasi oqibatida halok bo‘lgan.

To‘rt aka-uka: 6 yoshli Amir Tanani, 2 yoshli Ahmad Tanani, 7 yoshli Ismoil Tanani va 4 yoshli Adham Tanani (surati yo‘q).

To‘rt aka-uka: 6 yoshli Amir Tanani, 2 yoshli Ahmad Tanani, 7 yoshli Ismoil Tanani va 4 yoshli Adham Tanani (surati yo‘q).
Foto: The New York Times

The New York Times’ning qayd etishicha, halok bo‘lgan bolalarning shaxsi, suratlari va o‘lim tafsilotlari ularning ota-onalari, boshqa qarindoshlaridan, o‘qituvchilari, G‘azo va Isroildagi maktablardan, xalqaro huquqni himoya qilish tashkilotlaridan, falastinlik rasmiylardan, ijtimoiy tarmoqlardan, G‘azo va Isroildagi OAVlardan olingan. Tafsilotlarning ko‘pi bir necha manba bilan tasdiqlangan.

Xolid Qanu, 17 yosh.

Xolid Qanu, 17 yosh.
Foto: The New York Times

Ahmad al-Havojiriy, 14 yosh.

Ahmad al-Havojiriy, 14 yosh.
Foto: The New York Times

Isroil harbiylarining qayd etishicha, ular tinch aholi orasida qurbonlar bo‘lmasligi uchun qat’iy ehtiyot choralarini ko‘radi. Armiya bayonotida ta’kidlanishicha, Isroil zarbalarining asosiy qismi HAMASning yerosti tunnellar tarmog‘iga, turar joy mavzelari ostida joylashgan harbiy obyektlarga qarshi qaratilgan.

Biroq g‘azoliklarning so‘zlariga ko‘ra, tinch aholi orasidagi qurbonlar soni Isroil tomonidan ko‘rilishi mumkin bo‘lgan har qanday ehtiyot choralari fojiali darajada yetarli emasligini yaqqol tasdiqlab turibdi. “Odamlar bu yerda qandaydir asos bor deb o‘ylaydi, aslida esa ular faqat og‘riq va azob yetkazishni xohlaydi, xolos”, — deydi G‘azodagi Falastin inson huquqlari markazi direktori Raji Suraniy.

Yahyo Xalifaning onasi va akasi.

Yahyo Xalifaning onasi va akasi.
Foto: Samar Abu Elouf / The New York Times

Isroil hududidagi yo‘qotishlarning kamligi ham mudofaa imkoniyatlaridagi nomutanosiblikni ochiq ko‘rsatib turibdi.

HAMAS va boshqa guruhlar tomonidan Isroil shahar va qishloqlari tomon, tabiiyki, tartibsiz ravishda 4 mingdan ortiq raketa otildi. Biroq ularning aksariyati Isroilning “Temir gumbaz” havo hujumidan mudofaa tizimi tomonidan tutib qolingan; Isroil rasmiylarining so‘zlariga ko‘ra, tizim G‘azodan uchirilgan raketalarning taxminan 90 foizini to‘xtatgan. Boz ustiga, aksariyat isroilliklarning uyida bombardimondan himoya qiluvchi xavfsiz xonalar bor.

G‘azodagi aksariyat aholida esa bombardimondan muhofaza qiladigan xavfsiz xonalar yoki pana joylar yo‘q. Hujumlar vaqtida ko‘pchilik g‘azoliklar BMT maktablarida jon saqlashga harakat qiladi, biroq Isroil o‘rni kelsa bunday maktablarga ham zarba berib, istalgan odam istalgan joyda o‘ldirilishi mumkinligi haqidagi dahshatli tasavvurni yanada kuchaytiradi.

Hatto Isroil hududidagi arab fuqarolar ham bombardimondan pana joylar masalasida yahudiylar bilan teng mavqeda emas. G‘azodan uchirilgan raketa zarbasi oqibatida halok bo‘lgan Nadin Avad ham Isroilning havo hujumidan pana qiluvchi maxsus joyi yo‘q arab qishlog‘ida yashardi.

Lina Issa, 13 yosh.

Lina Issa, 13 yosh.
Foto: The New York Times

G‘azo shimolidagi badaviylar mahallasi — Umm-an-Nasrda yashovchi Nosir Abu Farisning aytishicha, uning 17 yoshli qizi Favziya Abu Faris oilaning chorvasini sog‘ib, yangi pishloq va qatiq tayyorlash uchun har kuni erta tongda uyg‘onardi. Urush vaqtida 9 oylik Muhammad Abu Daye ham halok bo‘lgan.

Hur al-Zamliy, 2 yosh.

Hur al-Zamliy, 2 yosh.
Foto: The New York Times

Ibrohim al-Rantisiy, 6 oylik.

Ibrohim al-Rantisiy, 6 oylik.
Foto: The New York Times

Foto: The New York Times

G‘azodagi Bayt-Lahiya shahri havo hujumiga uchraganida vaqt allaqachon yarim tundan o‘tgan, qo‘rqib ketgan uch bola — 9 oylik Muhammad Zayn al-Attor, uning opasi 6 yoshli Amira al-Attor va akasi 8 yoshli Islom al-Attor onasi atrofida g‘ujanak bo‘lib yotgandi.

Bolalarning otasi Muhammad al-Attorning aytishicha, birinchi zarba ular yashaydigan uyning eshigiga urilib, uydan qochib chiqishni imkonsiz qilib qo‘ygan. Sal o‘tmay kelgan ikkinchi zarba esa uch qavatli binoni butunlay vayron qilgan.

Muhammad al-Attor bir amallab omon qolgan, biroq xotini va bolalari beton ustun ostida qolib ketgan — to‘rtalasining jasadi birgalikda topilgan.

Abdulla Juda, 12 yosh.

Abdulla Juda, 12 yosh.
Foto: The New York Times

Ruhiy salomatlik sohasi mutaxassislari va G‘azodagi bolalar bilan ishlovchi mustaqil tashkilotlar vakillarining so‘zlariga ko‘ra, bu yerda bolalar odatda posttravmatik stress, surunkali qo‘rquv va xavotir hissidan azoblanadi. Bunday hissiyot qo‘rqinchli tushlar ko‘rish va tajovuzkor xulq-atvorning shakllanishiga olib keladi.

G‘azo shahridagi vayron bo‘lgan uyi yonida turgan falastinlik bola.

G‘azo shahridagi vayron bo‘lgan uyi yonida turgan falastinlik bola.
Foto: Samar Abu Elouf / The New York Times

“G‘azo bolalar uchun allaqachon zo‘ravonlik va dahshat makoniga aylanib qolgan, chunki ular bu yerda doimiy harbiy boshqaruv ostida yashaydi”, — deydi G‘azodagi bolalar uchun psixoterapevtik va ta’lim dasturlarini tashkil etadigan Qochoqlar bo‘yicha Norvegiya kengashi vakili Karl Shembri. Ushbu guruh dasturlariga jalb qilingan g‘azolik 11 nafar bola may oyida, o‘z uyida halok bo‘lgan.

“O‘z qo‘rquvlari va jarohatlarini o‘tmishda qoldirishlari uchun ularga yordam va g‘amxo‘rlik ko‘rsatilayotgan edi. Endi bo‘lsa ular o‘z orzulari va qo‘rquvlari bilan birga dafn etildi”, — deydi Shembri.

Buzeyna Obayd, 6 yosh.

Buzeyna Obayd, 6 yosh.
Foto: The New York Times

Foto: The New York Times

12 yoshli Suhayb al-Hadidiy G‘azo shahridagi gavjum Shati qochoqlar lagerida ota-onasi va to‘rt aka-ukasi bilan birga yashardi. U erkinlik timsoli bo‘lgan qushlarga qiziqardi. Uning to‘tiqushi bo‘lib, unga yelkasida o‘tirishni o‘rgatgan va kelajakda naslchilik mutaxassisi bo‘lish orzusi bor edi, deydi amakivachchasi Abdulla al-Hadidiy.

Abdullaning qo‘shimcha qilishicha, Suhaybning 10 yoshli ukasi Yahyo tortinchoq, velosiped uchishni va mushuklarni o‘ynatishni yaxshi ko‘radigan bir yigitcha edi. 5 yoshli Usama al-Hadidiy esa, ta’bir joiz bo‘lsa, oilaning eng olifta vakili sanalardi — Abdullaning aytishicha, Usama “har ikki soatda yuvinib, kiyimini almashtirar”, tashqi ko‘rinishi yaxshi bo‘lishini xohlardi.

7 yoshli Abdurrahmon al-Hadidiy ingliz tilini o‘rganayotgandi, orzusi Turkiyaga borish edi. “Masofadan boshqariladigan mashinalarni o‘ynashni yaxshi ko‘rardi”, — deydi otasi Muhammad al-Hadidiy. To‘rt o‘g‘ilning bari onasining yonida uxlab yotganida berilgan Isroil aviazarbasi oqibatida qurbon bo‘lgan.

5 yashar Yamin Abu Hatab, 9 yashar Bilol Abu Hatab, 7 yashar Maryam Abu Hatab va 10 yoshli Yusuf Abu Hatab.

5 yashar Yamin Abu Hatab, 9 yashar Bilol Abu Hatab, 7 yashar Maryam Abu Hatab va 10 yoshli Yusuf Abu Hatab.
Foto: The New York Times

Falastinliklar Isroil aviazarbasi oqibatida halok bo‘lgan Abu Hatab oilasi farzandlarini olib ketmoqda.

Falastinliklar Isroil aviazarbasi oqibatida halok bo‘lgan Abu Hatab oilasi farzandlarini olib ketmoqda.
Foto: Samar Abu Elouf / The New York Times

Muhammad Bhar, 17 yosh.

Muhammad Bhar, 17 yosh.
Foto: The New York Times

Foto: The New York Times

Al-Qavlaq oilasining G‘azo shahri bosh ko‘chasi — Al-Vahdada ikkita yonma-yon ko‘p qavatli uyi bor edi. Isroil tomonidan 16-mayga o‘tar kechasi soat 1:00 atrofida berilgan aviazarba oqibatida har ikkala bino vayronaga aylanib, katta oilaning 20 dan ortiq a’zosi o‘ldi. Ularning sakkiz nafari bolalar edi: 9 yoshli Yara al-Qavlaq, 12 yoshli Hala al-Qavlaq, 5 yoshli Rula al-Qavlaq, 8 yoshli Zayd al-Qavlaq, 6 oylik Qusay al-Qavlaq, 3 yoshli Odam al-Qavlaq, 15 yoshli Ahmad al-Qavlaq va 14 yoshli Hana al-Qavlaq (surati yo‘q).

“Buni tasavvur ham qilib bo‘lmaydi, — deydi bombardimondan omon qolgan Vasim al-Qavlaq. — Bu hatto qiynoqdan ham battar ish!”.

Qurbon bo‘lgan Al-Qavlaq oilasi a’zolarini izlash jarayoni.

Qurbon bo‘lgan Al-Qavlaq oilasi a’zolarini izlash jarayoni.
Foto: Samar Abu Elouf / The New York Times

15 yoshli Dima al-Ifranjiy (suratda — eng chapda) to‘ng‘ich farzand hamda otasining ishongan tog‘i edi. U o‘z sinfida a’lochilardan biri edi, ingliz va fransuz tillarida gaplasha olar va, otasi Rami al-Ifranjiyning aytishicha, tibbiyotni o‘rganmoqchi edi. “U ajoyib qiz edi. Xorijiy tillar bilimdon edi”, — deydi ota.

Foto: The New York Times

Uning ukasi, 13 yoshli Yazon al-Ifranjiy aqlli, darslarda savollarga birinchilardan bo‘lib javob beradigan o‘quvchilardan bo‘lgan. Otasining aytishicha, bolakay futbol o‘ynash va musiqa eshitishni yoqtirar, katta bo‘lganida esa kompyuter muhandisi bo‘lmoqchi edi.

11 yoshli Mira al-Ifranjiy esa o‘zini kelajakda tish shifokori sifatida tasavvur qilardi. 9 yoshli Amir al-Ifranjiy esa yuzidan tabassum arimaydigan muloyim, sevimli mashg‘uloti futbol va telefonida o‘yin o‘ynash bo‘lgan bola bo‘lgan. Isroilning 16-maydagi aviazarbasi oqibatida to‘rt bola va ularning onasi birga halok bo‘lgan.

Foto: The New York Times

Hayit bayrami allaqachon tugaganiga qaramay, 9 yoshli Dana Ishkontana va 5 yoshli Lana Ishkontana bayramona kiyimlarini kiyib chiqishga qaror qilganida, tun yarmidan og‘gandi. Amakisi Roid qizaloqlarni telefoniga suratga tushirayotganida uni boshqa ikki jiyani — 4 yoshli Yahyo Ishkontana va 2 yoshli Zayn Ishkontana kuzatib o‘tirardi.

Shundan so‘ng Roid shokoladli batonchik va kartoshkali chips kabi ul-bul olib kelgani do‘konga chiqib ketgan. Amakining so‘zlariga ko‘ra, uning to‘rt jiyani va ularning onasi Isroil aviazarbasi oqibatida halok bo‘lgan. “Qani endi o‘sha vaqt tashqariga chiqib ketmaganimda edi”, — deya azoblanadi u.

Aviazarbadan omon qolgan, biroq ayoli va to‘rt farzandidan ayrilgan Ishkontana yig‘lamoqda.

Aviazarbadan omon qolgan, biroq ayoli va to‘rt farzandidan ayrilgan Ishkontana yig‘lamoqda.
Foto: Hosam Salem / The New York Times

Foto: The New York Times

13 yoshli Tala Abu Elufni otasi “Galaktika” deb chaqirardi, chunki qizining terisi rangi “Galaktika” nomli shokoladnikini o‘xshaydi, deb o‘ylardi. Tala hazilkash qizcha edi, otasi — doktor Ayman Abu Eluf uni juda ardoqlardi, deydi qizning amakivachchasi A’lo Abu Eluf.

Abu Elufning aytishicha, Talaning akasi — 17 yoshli Tovfiq Abu Eluf o‘qishga jiddiy qaraydigan bola edi, falastinlik o‘quvchilar o‘rta maktabni tugatish arafasida topshiradigan standart test imtihonlariga qattiq tayyorgarlik ko‘rayotgan edi.

Doktor Ayman Abu Elufning oilasi — o‘zi, qizi, o‘g‘li va ayoli 16-may kuni G‘azodagi Al-Vahda ko‘chasiga Isroil tomonidan berilgan aviazarbalar oqibatida o‘lgan.

Yusuf al-Baz, 13 yosh.

Yusuf al-Baz, 13 yosh.
Foto: The New York Times

Foto: The New York Times

10 yoshli Rafif Abu Dayer surat chizishni yaxshi ko‘rardi. U G‘azodagi ikki kun avval Isroil aviazarbasi oqibatida vayron qilingan osmono‘par bino suratini chizib, unga endi rang berayotganida onasi uni tushlikka chaqirgan. “Ovqatingni yeb olgach, yana chizaverasan”, — degan onasi unga.

Qizaloq bog‘-hovlida 13 qarindoshi bilan birga tushlik qilishga o‘tirishi bilan, oradan bir necha daqiqa o‘tar-o‘tmas, Isroil qo‘shni binolarga zarba beradi. Bomba parchalari va vayron bo‘lgan binodan uchib kelgan tosh bo‘laklari Rafifga uriladi. U bilan birga amakisi ham halok bo‘ladi.

10 yoshli Rafif Abu Dayer o‘limi arafasida chizib o‘tirgan va chala qolgan surat.

10 yoshli Rafif Abu Dayer o‘limi arafasida chizib o‘tirgan va chala qolgan surat.
Foto: Samar Abu Elouf / The New York Times

Nag‘am Salha, 2 yosh.

Nag‘am Salha, 2 yosh.
Foto: The New York Times

Isroil va HAMAS o‘t ochishni o‘zaro to‘xtatish haqidagi kelishuvga erishishidan bir kun avval, 19-may kuni 10 yoshli Dima Asaliya opasining uyidan pitssa pishirishga mo‘ljallangan elektr pechkani olib qaytayotgan edi. Otasi Sa’d Asaliyaning so‘zlariga ko‘ra, pechka kichkina, futbol to‘pidek edi, oila unda non yopmoqchi bo‘lgan.

Fojiadan avval qizaloqning ustidan Isroilning kuzatuvchi droni uchib o‘tgan. Sa’d Asaliya endi “isroillik askarlar qizimning qo‘lidagi narsani qurol deb o‘ylaganmikin?”, degan savolni tinmay o‘ziga beryapti.

“Ehtimol, pechka sabab ularning signalizatsiyasi ishlab ketgandir. Biroq uning qanchalar kichkina ekanligini nahotki ko‘rishmagan bo‘lsa?”, — deb savol ustiga savol beradi ota. Bitta portlash bilan, qizaloq bu yorug‘ olamni tark etgan, tamom.

“Uning suratini ko‘ryapsanmi?, — deb so‘raydi Dimaning otasi The New York Times muxbiridan. — U shunday qayg‘uda qolishimizga munosib”.

Dima Asaliya, 10 yosh.

Dima Asaliya, 10 yosh.
Foto: The New York Times
01.06.2021, 19:10   Izoh (0)   120403
Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

Izoh (0)

Kirish
Javob qoldiring Bekor qilish

Mavzuga doir

Olimlar: COVID-19 odamlar tomonidan yaratilganiga oid dalillar bor

01.06.2021, 16:57

Liviyada jangovar dron odamga mustaqil tarzda hujum qildi

01.06.2021, 16:34

Isroilda barcha karantin cheklovlari bekor qilindi, koronavirus shtammlari endi grek alifbosi harflari bilan belgilanadi, Fransiya prezidenti COVID-19’ga qarshi em...

01.06.2021, 15:13

Chexiya bosh vaziri Yevropa Ittifoqi subsidiyalariga oid firibgarlikda ayblandi

01.06.2021, 14:55

Turkiyada komendantlik soati qisqartirilib, to‘ylarga ruxsat berildi

01.06.2021, 14:11

“Mamlakat aholisining yarmini ortiq uyda olib o‘tirolmaymiz”. Saudiya Arabistonida ishlaydigan ayollar soni qay tarzda va nima sababdan ortib bormoqda?

01.06.2021, 08:24
×Lightbox Image

Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi

ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi

Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda

Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar

“Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda

Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz

InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi

“O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi

Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES

“Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi

UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi

Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan

Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)

Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda

Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda

Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar

Tavsiya etamiz

“Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

28 may, 21:15

Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

27 may, 10:00

Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

26 may, 19:00

Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

19 may, 20:10

So‘nggi yangiliklarga o‘tish

Nodirjon Turg‘unov O‘zbekistonning Iordaniyadagi elchisi bo‘ldi

O‘zbekiston | 29 may, 11:33

“Shaytanat” serialidagi Georg Manukyan — aktyor Mixail Kaminskiy vafot etdi

Madaniyat | 29 may, 11:28

Tramp Putinga ikki hafta muhlat berdi

Dunyo | 29 may, 11:27

Butun internetni hayajonga solayotgan mashhur joylar aslida qanday ko‘rinishda?

Sayohat | 29 may, 11:19

“Isroil G‘azoda harbiy jinoyatlar sodir etmoqda” — Isroil sobiq bosh vaziri

Dunyo | 29 may, 10:58

O‘zbekistonda o‘z xonadonida faoliyat yuritadigan tadbirkorlarga mebelsozlik bilan shug‘ullanish huquqi beriladi

O‘zbekiston | 29 may, 10:55

Abduvohid Ne’matov faoliyatini Eron chempionatida davom ettirishga yaqin — manba

Sport | 29 may, 10:54

10 yildan so‘ng: “Muhtasham yuz yil” seriali aktyorlari qanchalik o‘zgargan? (foto)

Kino | 29 may, 10:43
Daryo About Us

“Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

© «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

Yosh bo‘yicha cheklov

Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

• Foydalanish shartlari
• Maxfiylik siyosati
• Reklama
Nimani qidiramiz?

Sign In or Register

Xush kelibsiz!

Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

Google

yoki E-Pochta orqali

Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

Roʻyxatdan oʻting

Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

Google

yoki E-Pochta orqali

Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

Matnda xato topdingizmi?

Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.