Boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining final bahslari 31-may, dushanba kuni bo‘lib o‘tmoqda.
-69 kg vazn toifasidagi bokschilar o‘rtasidagi final jangida Bobousmon Boturov va Ablayxon Jusupov o‘zaro to‘qnash keldi. 1-raundda qozog‘istonlik bokschi jarohat sabab jangni davom ettira olmasligi ma’lum bo‘ldi va g‘alaba Bobousmonga berildi.
-75 kg vazn toifasida Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik Abilxan Amankul ustidan 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.
-81 kg vazn toifasidagilar o‘rtasidagi jangda esa Dilshodbek Ro‘zmetov Eron vakili Meysam Geshlabini 3:2 hisobida mag’lub etdi.
Avvalroq Nodirjon Mirzaahmedov (-49 kg) va Shahobiddin Zoirov (-52 kg) finalni g‘alaba bilan yakunlab, Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgandi. Miraziz Mirzaxalilov (-56 kg) esa finalda mo‘g‘ulistonlik bokschiga mag’lub bo‘lgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)