“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida 5 nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi. Bu haqda Hasht-e Subh nashri xabar berdi.
“Tolibon”ning Xostdagi mahalliy hokimiyati ushbu viloyatda besh kishiga qamchilash jazosi tayinlanganini maʼlum qilgan. Bir qancha yirik afg‘on nashrlari ham xabarni tasdiqlagan.
Xost viloyatidagi rasmiylar xabariga ko‘ra, hukm 25-aprel, payshanba kuni Ismoil Xel va Mandozi tumanlarida amalga oshirilgan. Ayblangan fuqarolar o‘g‘rilik va axloqiy buzuqlikda ayblanib, “Tolibon” vakillari tomonidan omma oldida qamchilangan.
“Tolibon” 24-aprel kuni ham G‘azni va Logar viloyatlarida to‘rt kishini omma oldida qamchilagani xabar qilingan edi. Inson huquqlarini hurmat qilish va dala jazosini taqiqlash borasidagi ichki va tashqi bosimlarga qaramay, “Tolibon” sudsiz hukmlarni to‘xtatmayapti.
Izoh (0)