Senegalning Koungheul shahrida avtobusning ag‘darilib ketishi oqibatida kamida 13 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat xavfsizlik xizmatidagi anonim manbaga tayanib, Senegal matbuot agentligi xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasida 40 ga yaqin kishi jarohatlangan.
“Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar soni 13 kishini tashkil etmoqda, shuningdek, qirqqa yaqin jarohatlanganlar bor”, — deyiladi xabarda.
Hodisa mahalliy vaqt bilan soat taxminan 19:00 da Yamong qishlog‘i yaqinidagi 1-sonli milliy yo‘lda sodir bo‘lgan. Senegal rasmiylari jabrlanganlarga yordam berish uchun voqea joyiga borgan.
Izoh (0)