Markaziy bank 26-maydan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 4,78 so‘mga ko‘tarilib, 10 601,54 so‘mni tashkil qildi. Yevro 51,43 so‘mga ko‘tarilib, 12 992,19 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollarning rasmiy kursi bir kunlik pastlashdan so‘ng yana ko‘tarilib, 10 596,76 so‘mni tashkil qilgandi. O‘zbekistondagi bir nechta tijorat banklarida 21-may kuni dollar valyutasining so‘mga nisbatan kursi 10 650 so‘mga qadar ko‘tarilgandi.
Izoh (0)