Futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 2020/21-yilgi mavsumi yakunlandi.
Mavsum yakuniga ko‘ra “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski 41 ta gol bilan eng yaxshi to‘purar degan maqomga erishdi. Buning uchun unga 29 ta o‘yin yetarli bo‘ldi. Shu tariqa polshalik hujumchi ketma-ket 4-mavsumda yilning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi, bu liga rekordi hisoblanadi.
Shuningdek, 32 yoshli futbolchi Germaniya chempionatining bir mavsumida 41 ta gol urib, Myunxen klubining sobiq hujumchisi Gerd Myullerning rekordini yangiladi. Myuller “Bavariya” tarkibida 1971/72-yilgi mavsumda bir mavsum doirasida 40 ta gol urgan. Avvalroq Levandovskining o‘zi mazkur rekordni takrorlashga muvaffaq bo‘lgandi.
Ma’lumot uchun, Robert 2014-yilda “Borussiya D” safidan “Bavariya”ga o‘tgan. Uning myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)