Sakkizta vazn toifasida sobiq Jahon chempioni Menni Pakyao (62-7-2, 39 KO) navbatdagi jangini yarim o‘rta vazn toifasida WBC va IBF kamarlari sohibi Errol Spensga (27-0, 21 KO) qarshi o‘tkazadi.
Jang 21-avgust kuni (Toshkent vaqti bilan 22-avgust tongi) Las-Vegasda (AQSh) bo‘lib o‘tadi. Bu ma’lumotni har ikki bokschi tasdiqladi.
43 yoshli Pakyao so‘nggi bor 2019-yilning iyun oyida ringga ko‘tarilgan. Unda filippinlik bokschi Kit Turmanni mag‘lub etgan va WBA Super kamariga ega chiqqandi. Keyinchalik Pakyao uzoq muddat himoya jangini o‘tkazmagani bois ushbu kamardan mahrum bo‘lgandi. 31 yoshli Spens esa 2020-yilning dekabrida ikki vazn toifasi sobiq chempioni Denni Garsiyani taslim etgandi.
Avvalroq Pakyao 2021-yilning sentabrida 22 yoshli yengilmas bokschi Rayan Garsiyaga qarshi jang qilishi mumkinligi aytilgandi. Shuningdek, Menni Pakyao 2021-yilda ikkita jang o‘tkazishini e’lon qilgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)