• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Erkin fikrlari uchun qamalib, keyinchalik Nobelga loyiq topilgan matematik olim Bertran Rassel haqida

    “Demokratik davlatlarda ahmoqlar ovoz berish huquqiga ega bo‘ladi, diktatura hukm surgan davlatlarda esa ahmoqlar hukmronlik qiladi”. Bundan 149 yil muqaddam 18-may sanasida ushbu fikrlar muallifi, matematik, jamoat faoli va Nobel mukofoti sovrindori Bertran Rassel tug‘ildi. “Daryo” shu munosabat bilan faylasufning hayot yo‘li haqida hikoya qiladi. 

    Foto: “24 SMI”

    Foto: “24 SMI”

    1872-yil Buyuk Britaniyaning Monmutshir grafligi, Trellekdagi aslzodalar oilasida dunyoga kelgan Bertran Artur Uilyam Rasselning kelajakda matematik bo‘lishi va shu sohaga aloqador qarashlari sabab unga Nobel mukofoti berilishini ham hech kim kutmagan. To‘g‘ri, matematiklarga Nobel berilmaydi, lekin bu ushbu soha vakillari mukofotdan benasib qolmaydi degani emas. Bertranning “Mashhur bo‘lmagan esselar” (Unpopular essays) kitobi uni mukofotlanganlar qatoriga qo‘shadi.

    Qon bilan kirgan jon bilan chiqadi

    Foto: “24 SMI”

    Foto: “24 SMI”

    Bo‘lajak faylasufning oila a’zolari ziyoliligi va maqomi bilan jamiyatda ajralib turgan. Liberalizm, urush va tinchlik masalalari haqida ochiqchasiga gapirishdan cho‘chimaslik Rasselning qonida bo‘lgan. Bobosi Jon Rassel bosh vazir va ingliz siyosiy hayotida muhim rol o‘ynagan Viglar partiyasining yo‘lboshchisi bo‘lgan. Otasi vikont Emberli esa XIX asrda shakllanib, XX asrga kelib mashhur bo‘lgan patsifizm nazariyasi (har qanday urushga qarshi, tinchlikni targ‘ib qiladigan  harakat)ning asoschilari qatoridan joy olgan.

    Foto: “24 SMI”

    Foto: “24 SMI”

    Otasidan fikr erkinligi, mustaqil qarashlarni dadil bayon etish odatini “yuqtirgan” Bertran ham kelajakda padari izidan ketishga chog‘langan. Onasi Ketrin Rassel o‘qimishlilik bobida zamonasining ilg‘oralari safida turib, liberalizmni astoydil qo‘llab-quvvatlagan, ayollar haq-huquqlarini imkonicha boricha himoya qilgan. 4 yoshida ota-onasi, keyinroq opasidan ayrilgan bo‘lajak olim ikki akasi bilan birga grafinya buvisining ta’lim-tarbiyasini olgan. Hammaga ham nasib etmaydigan imkoniyat – hayhotdek kutubxonada istagancha kitob o‘qish, jamiki sharoitning muhayyoligi, aslzodalarga xos kundalik tutumlar, davrining eng ilg‘or ustozlari qo‘lidagi tahsil – bari bolalarning dunyoqarashiga behad hissa qo‘shgan.

    Ijodiy parvoz

    Foto: “24 SMI”

    Foto: “24 SMI”

    Bolaligidan matematikaga qiziqib, shu sohaga aloqador kitoblarni ko‘p va xo‘b o‘qib, ko‘zi pishgan Bertran 17 yoshida Kembrij universiteti qoshidagi Triniti kolleji talabalari qatoriga qo‘shiladi. 1894-yili bakalavr bosqichini tamomlagach, oradan bir yilni o‘tkazib, kollejning ilmiy kengashi a’zosi sifatida taniladi. Shu yilning yozida kollejni tark etadi va bir necha oy o‘tib Parijdagi Britaniya elchixonasida attashe sifatida faoliyat yuritishni boshlaydi, u yerdagi ilmiy davralarga kirib borib, bahs-munozaralarda qatnashishga muvaffaq bo‘ladi.

    Foto: “24 SMI”

    Foto: “24 SMI”

    Parijda bir muddat turgach, Berlinga yo‘l oladi va u yerda ilk ilmiy ishi “Germaniya sotsial demokratiyasi” (German social democracy) uchun qimmatli ma’lumot-materiallar to‘playdi. Germaniyada fursatdan samarali foydalanib nemis tili bilan birga nemis falsafasining deyarli barcha diapazonini o‘rganadi, zamonasining mashhur sotsialistlari Vilgelm Libknext, Avgust Bebellar bilan suhbatlashish baxtiga muyassar bo‘ladi.  “Geometriya asoslari haqida”gi esselar (An essay on the foundations of geometry) to‘plamini 1897-yili yozib tugatadi. AQSh bilan davom etgan safar ortga – Angliyaga qaytish bilan nihoyalanadi va “Leybnits falsafasining tanqidiy sharhi” (A critical exposition of the philosophy of Leibniz: With an appendix of leading passages) nomli kitobi ham yakuniga yetadi. Gotlob Frege, JuzeppePeano singari faylasuflar kitoblaridan ilhomlanib yozilgan, 1903-yili chop etilgan “Matematika prinsiplari” (The principles of mathematics) asari Rasselga bemisl shuhrat keltiradi. 1904-yili Garvardda o‘qigan ma’ruzalari ham keyinroq kitob holida chop etiladi.

    Qamoqqa olindi-yu, dong‘i chiqdi

    Foto: “24 SMI”

    Foto: “24 SMI”

    Rassel faoliyatiga yuksak baho bergan amerikalik faylasuf Irvin Edman uni ingliz nasrining mohir ustasi deb maqtagan va fransuz faylasufi Volter bilan taqqoslagan. Rassel ilm-fandan tashqari siyosatga qiziqadigan, siyosiy qarashlari, fikrlarini jamoatchilik oldida bemalol ifodalaydigan olim edi. Hatto rafiqasi bilan ayollarning saylovda ovoz berish huquqi uchun kurashgan. 1910-yildagi parlament saylovlarida Liberallar partiyasidan nomzodi ilgari surilsa-da, tarafdorlari, qo‘llovchilari kamligi va pozitsiyasi o‘sha vaqtda dolzarb bo‘lgan din masalalariga zidligi uchun saylovda yutqazadi. 1916-yili harbiy xizmatga chaqirishga qarshi kurashish tashkiloti a’zosi sifatida “Ijtimoiy qayta qurish tamoyillari” (Principles of social reconstruction), “Siyosiy ideallar” (Political ideals) singari risolalarini yozadi. Harbiy xizmatga borishdan bosh tortganlarni ozodlikdan mahrum qilish jazosini qoralab yozgan pamfleti sabab jarimaga tortiladi va uning faoliyatiga qamoqqa olinmagunigacha e’tibor berilmaydi. Hibsga olinadi-yu, nomi chiqadi – ilmiy ishlari yuzaga qalqib, tillarda aylanadi.

    Taqiq-u cheklovlar fikr hurligiga g‘ov emas!

    Foto: “24 SMI”

    Foto: “24 SMI”

    Triniti kolleji muallimligidan haydalgani, hukumat Garvardga borib ma’ruza o‘qimasligi uchun AQShga ketishni man etgani va 1918-yili qamoqqa olinganiga qaramay Rassel o‘z qarashlari, shuningdek, tanqidiy fikrlarini to‘la-to‘kis bildirishdan to‘xtamagan. Sovet ittifoqiga tashrif buyurgan olim “Bolshevizmning nazariyasi va amaliyoti” (The practice and theory of Bolshevism) kitobida mavjud rejimni qattiq tanqid qilgan. Keyinroq Pekin universitetida dars berib, tajribasi asosida “Xitoy muammolari” (The Problem of China) nomli kitob yozgan.

    Foto: “24 SMI”

    Foto: “24 SMI”

    1935-yildan yurtiga sig‘magan olim Amerikaga bosh olib ketib,  o‘sha yerda qo‘nim topadi va Chikago, Kaliforniya universitetlarida ketma-ket ma’ruzalar o‘qiydi. Harbiy harakatlarga qarshiligi, har qanday urushni qoralashi sabab bu o‘lkada ham unchalik qadr topmaydi. Nyu-Yorkning Siti kollejida falsafa professori bo‘lgach, ruhoniylar va shahar kengashi a’zolari u bilan istar-istamas murosa qilishga, maqbul yo‘lni tutishga ko‘nadilar. 1944-yili qadrdon Triniti kollejiga qaytgan Bertran publitsistik faoliyatini davom ettirib, radioda ma’ruza o‘qiy boshlaydi va orada “Xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlanadi.

    Nobel marosimida so‘zlanmagan nutq

    Foto: “24 SMI”

    Foto: “24 SMI”

    1950-yilda “gumanitar ideallar va fikr erkinligi haqida yozgan ahamiyatli ishlari” sabab adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga loyiq topilgan, ammo boshqalardan farqli ravishda taqdirlash marosimida rasmiy nutq so‘zlashdan bosh tortgan. Necha-necha namoyishlarda ishtirok etishdan qo‘rqmagan va turli konferensiyalarda minbardan tushmagan tinchlik kurashchisi, faylasuf olim negadir nufuzli marosimda bu “odat”idan voz kechgan.

    Foto: “24 SMI”

    Foto: “24 SMI”

    1954-yili vodorod bombasi sinovdan o‘tkazilarkan, yadro qurolidan mutlaqo foydalanmaslik bobidagi qarashlarini tinimsiz bayon etavergan. 1959-yili bu borada BBC’ga intervyu berarkan, parlament binosi yonidagi chiqishi tufayli hibsga olingan. 1962-yili o‘sha vaqtdagi davlat rahbarlari Jon Kennedi va Nikita Xrushchyovlarga Karib inqirozi masalasida tinchlik muzokaralari zarurligi haqida maktub yozgan.

    Shaxsiy munosabatlarda ham jamiyatdagidek erkinlik afzal

    Foto: “24 SMI”

    Foto: “24 SMI”

    Rasselning biografiyasi bilan tanishgan odam u ilm-fan, siyosat bilan ovora bo‘lib shaxsiy hayotga vaqti bo‘lmagan degan yanglish xulosaga keladi. Ammo u har tomonlama, xususan, shaxsiy munosabatlarda ham erkinlikni afzal bilgan. Umri davomida to‘rt marotaba uylangan Bertanga son-sanoqsiz norasmiy munosabatlar ham begona bo‘lmagan. Yosh va g‘o‘r talabalik vaqti Elis Smit bilan tanishgan, 22 yasharligida munosabatlarini nikoh rishtalari bilan mustahkamlashga qaror qilgan. Ammo birga yashab ko‘rgach, inson qayta sevib qolishi mumkinligini tushunib yetgan.

    Foto: “24 SMI”

    Foto: “24 SMI”

    Keyinroq hamkasbi, xiyla vaqt o‘tib, parlament a’zosining rafiqasiga oshiq bo‘lgan. Keyinchalik amerikalik xonim va boshqa xonimchalar qurshovida yurgan. 1921-yilda Dora Blek, 1936-yilda Patritsiya Spenser bilan turmush qurgan. 40 yillik turmushidan keyin yozuvchi Edit Fingni sevib qolgan. Ularni nafaqat his-tuyg‘ular, balki siyosiy qarashlar ham birlashtirib turgan. Namoyishlarda birga ishtirok etgan juftlik, Yevropa bo‘ylab sayohat qilgan va urushga qarshi faoliyat olib borgan.

    Foto: “24 SMI”

    Foto: “24 SMI”

    AQShning Vyetnamdagi intervensiyasiga qarshi kurashgan Rassel umri yakuniga yetish arafasida uch tomlik “Avtobiografiya” (Autobiography) yozib tugatgan. Shved yozuvchisi Anders Esterling ta’biri bilan aytganda ratsionalizm va gumanizmning yorqin namoyandasi, so‘z erkinligi hamda G‘arbdagi fikr erkinligi uchun kurashishdan charchamagan olim, 1970-yil Uelsda 97 yoshida vafot etgan. Lekin undan qolgan matematika, falsafa, turli soha vakillariga ham asqatadigan boshqa adabiyotlar hamon barhayot. Insoniyat olimdan o‘zi fikriy isyonlar iskanjasida yashasa ham tinchlikka hech qachon qurol bilan erishib bo‘lmaslikni, nafaqat so‘z, balki fikriy erkinlikka intilish muhimligi, shuningdek, hech qachon pozitsiyani bildirishdan qo‘rqmaslikni o‘rgansa bo‘ladi.

    Gulira’no Musayeva tayyorladi.

    Mavzuga doir: Nobel olgan matematiklar? Qanaqasiga?

    18.05.2021, 23:59   Izoh (0)   23876
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Putin Falastin—Isroil mojarosi fonida ikkala tomonni zo‘ravonliklarni to‘xtatishga chaqirdi

    18.05.2021, 23:21

    Dunyo fast-fud olami qiroli — McDonald’s. Kompaniya tarixi va uning hukmronlik uchun kurashlari

    18.05.2021, 19:11

    Putin Tojikiston bilan birgalikda havo hujumiga qarshi mudofaa tizimini yaratish bo‘yicha bitim imzolashni buyurdi

    18.05.2021, 18:27

    Qirg‘iziston prezidenti Moskvaga taklif qilinganidan keyin masofadan ishlashga o‘tdi

    18.05.2021, 17:59

    Qirg‘izistonda “Qumtor” oltin koni bo‘yicha to‘rtta jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Ularning ishtirokchilari — sobiq bosh vazir va deputatlar

    18.05.2021, 16:10

    AQSh Armaniston va Ozarbayjonni chegaralarni belgilash bo‘yicha muzokaralarga chaqirdi

    18.05.2021, 14:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10

    Saudiya Arabistoni Superkubogi. “Al-Ahli” Ronaldu boshchiligidagi “An-Nassr”ni mag‘lub etib bosh sovringa ega chiqdi

    Sport | 23 avgust, 19:50

    O‘tgan 32 yil: Sobiq Sovet davlatlarida aholi jon boshiga daromad qanday o‘zgardi?

    O‘zbekiston | 23 avgust, 19:39

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.