• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.75
    • RUB156.79
    • EUR14658.61
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    Non haqida suhbat: Foydami yoki zarar, ekspertlar fikri, iste’molchilarga tavsiyalar

    “Daryo” internet-nashri va Brotmeister brendi bilan hamkorlikdagi qo‘shma loyiha

    Non foydalimi?

    Nonning inson hayotidagi o‘rni va salomatlik uchun foydasi beqiyos. Agarki u barcha zaruriy texnologiyalardan foydalanilgan holda, yaxlit dondan tayyorlangan asl non bo‘lsa, albatta.

    Sanoat darajasida non tayyorlashda aksariyat ishlab chiqaruvchilar transyog‘lardan foydalanadi, biroq inson organizmi bunday moddalarni hazm qila olmaydi. Ushbu befoyda unsurlar tomir devorchalarida toshmalar hosil qilib, zararli xolesterin ko‘rinishida organizmda to‘planib boradi. Bu esa yurak-qon tomir kasalliklari, qandli diabet va saratonning turli ko‘rinishlari rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.

    Transyog‘larning inson salomatligiga zararli ta’sirini kamaytirish maqsadida, bir qator ishlab chiqaruvchilar yog‘larni modifikatsiyalashning zamonaviy, qayta eterifikatsiya qilish usulidan foydalanadi. Bu usulda olingan yog‘ tarkibida zararli transizomerlar miqdori minimal darajada bo‘ladi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, qayta eterifikatsiya qilish usuli mahsulot sifatini yanada oshirish, qandolat, non mahsulotlari hamda turli konservalar assortimentini sezilarli ko‘paytirishga imkon beradi.

    Afsuski, aksariyat oziq-ovqat ishlab chiqaruvchi korxonalar masalaning iqtisodiy tomonini o‘ylab (qayta eterifikatsiya usuli nisbatan qimmatga tushadi va bu ortiqcha xarajat kimga ham yoqardi deysiz), transyog‘lardan voz kechishga shoshilmayapti.

    Shu o‘rinda bir muhim masala bor: o‘zi transyog‘lardan to‘liq voz kechish mumkinmi? Katta ehtimol bilan yo‘q, deydi mutaxassislar. Faqat uning miqdorini kamaytirish mumkin. Buning uchun yegulik tarkibida transyog‘lar kam bo‘lgan tabiiy mahsulotlarni tanovul qilish, margarin, gidrogenizatsiyalangan yog‘lardan tayyorlangan, alohida turdagi qandolat mahsulotlari, sifati past pishiriqlar, sneklar, fastfud iste’molini kamaytirish lozim.

    Lekin tushkunlikka tushishga hojat yo‘q! Foydali, asl nonni baribir topish mumkin. Masalan, non turlari orasida eng mashhuri va eng foydalisi — javdari non. U qora bug‘doy unidan, ko‘pincha xamirturush qo‘shib tayyorlanadi. Bunday non rangi yo qora (agar qizg‘ish — javdar bug‘doydan tayyorlangan bo‘lsa), yo javdar unidek kulrang bo‘lishi mumkin. Diyetologlar, tibbiyot xodimlari va sog‘lom turmush tarzini olib boruvchilar bu turdagi nonni juda qadrlaydi. Buning asosli sabablari bor.

    Birinchidan, bunday non taomning hazm bo‘lishini yaxshilab, oshqozon traktini barqarorlashtirishga xizmat qiluvchi biriktiruvchi to‘qima (kletchatka)larga boy. Ikkinchidan, kaloriyasi nisbatan kam — 100 gramm oq nonda 250 kilokaloriya bo‘lsa, 100 gramm javdar nonda kilokaloriya miqdori 174 ga teng.

    Uchinchidan, uning tarkibida o‘rni beqiyos bo‘lgan aminokislotalar va vitaminlar bor. Javdar non jiddiy kasalliklar, xususan, onkologik va qandli diabet kabi xastaliklar profilaktikasida yetarli darajada foydali hisoblanadi.

    “Har to‘kisda — bir ayb” deganlaridek, shunday foydali mahsulot ham ayrim o‘rinlarda kishi bilmas ziyon yetkazishi mumkin. U taom hazmini yaxshilasa ham o‘zining hazm bo‘lishi qiyinroq. Javdar nondagi mitti, biroq foydali unsurlar sekin hazm bo‘lgani bois oshqozonga qo‘shimcha yuklama tushadi. Shuning uchun ham nuqul javdar non yeyavermay, ba’zida oq nondan tanovul qilib turish tavsiya etiladi. Boz ustiga, javdar non biroz nordonroq. Bu mog‘or bosishining oldini olgani bilan, oshqozon-ichak tizimi kasalliklaridan aziyat chekayotgan kishilar uchun xavfli bo‘lishi mumkin.

    Agar oq non biz iste’mol qiladigan yagona yegulik bo‘lib, sog‘lom ovqatlari bilan mashhur Italiya va Fransiya kabi rivojlangan o‘lkalarda uni iste’mol qilish darajasi semizlikka qarshi kurashayotgan (masalan, AQSh kabi) mamlakatlarnikidan pastroq bo‘lganida edi, oq nonga qarshi tanqidlarni to‘g‘ri qabul qilsa bo‘lar edi. Xo‘sh, diyetasini baget, chiabatta va kruassanlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydigan italyan va fransuzlar nega xushro‘y va sog‘lom, uzoq umr ko‘radi? Kam uglevodli yeguliklarga oshiq amerikalik va inglizlar esa ortiqcha vazndan aziyat chekmoqda?

    Javob oddiy: har narsada me’yor bo‘lmog‘i lozim! Non ham ushbu qoidadan istisno emas. Iste’mol qilinayotgan non miqdori kishining yoshiga doir talablarga, shuningdek, uning jismoniy faolligi, salomatlik ko‘rsatkichlariga muvofiq bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, mutaxassislar doimo takrorlaydigan yana bir jihat bor — har qanday yegulikni, xususan, non va non mahsulotlarini xarid qilish vaqtida uning tarkibi, yaroqlilik muddatiga e’tibor qaratish lozim.

    Non — O‘zbekistonda hamon eng ommabop mahsulot. Ammo u hamma muammolarga ham sababchi emas. Biz nonning yanada foydali, yirik, tortilgan undan tayyorlanadigan turlarini ishlab chiqarishni rivojlantirishimiz kerak. Sog‘lom non uchun mos xomashyo tayyorlashni kuchaytirishimiz lozim.

    Shuningdek, xaridorlarning xohish-istaklari yanada o‘sishiga rag‘bat ko‘rsatish zarur, albatta. Toki ular non haqida ko‘proq bilsin. Xaridorlarning tanlagani faqat foydali mahsulotlar bo‘lsin, ular me’yorida ham yaxshi ovqatlansin!

    Davomi bor...

    Facebook: https://www.facebook.com/Brotmeisterbread/

    Instagram: https://instagram.com/brotmeister_bread?igshid=1neuh5mg2a9yf

    Reklama huquqi asosida.

    13.05.2021, 15:00   Izoh (0)   30767
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Dream City Development kompaniyasi muqaddas Ramazon hayiti bilan tabriklaydi

    13.05.2021, 12:00

    Bizning Uylar Development kompaniyasi barchani Ramazon hayiti bilan tabriklaydi!

    13.05.2021, 09:00

    ATTO kompaniyasidan aksiya: Transport kartasi orqali yo‘l haqini to‘lang va sovg‘alar yutib olish imkoniyatiga ega bo‘ling!

    12.05.2021, 18:00

    15-may kuni Andijonda Navruz Mall — eng yirik ko‘ngilochar savdo markazining tantanali ochilish marosimi o‘tkaziladi

    12.05.2021, 15:00

    Minerva City’dan xonadon xarid qilib, Dubayga sayohatni qo‘lga kiriting!

    12.05.2021, 12:00

    Alfraganus savdo majmuasida ulkan chegirmalar tugashiga 3 kun qoldi!

    12.05.2021, 09:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Avstriyada jarroh 12 yoshli qiziga bemor bosh suyagini teshtirdi

    Dunyo | 14 avgust, 14:40

    Toshkentda bo‘lib o‘tadigan konsertlarga kirish qanchaga tushadi?

    Madaniyat | 14 avgust, 14:25

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    Dunyo | 14 avgust, 14:19

    O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda xalqaro aviatsiya akademiyasi tashkil etilishi mumkin

    O‘zbekiston | 14 avgust, 14:08

    “Real” Konate uchun “Liverpul”ga taklif tayyorladi

    Sport | 14 avgust, 13:35

    Germaniya Isroilga harbiy suvosti kemasi yetkazib beradi

    Dunyo | 14 avgust, 13:27
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.