Samarqandda Kattaqo‘rg‘on bog‘ida joylashgan Alisher Navoiy haykali oldida noo‘rin xatti-harakatlarni amalga oshirgan Tik Tok foydalanuvchisi 15 sutkaga qamalgani haqida xabar berilgandi. Yigitga viloyat IIB xodimlari tomonidan Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” kitobi va Oybekning “Navoiy” asari sovg‘a qilingan.

Ayblanuvchi endi Navoiy hayotini o‘rganib, g‘azallarini yodlashini ma’lum qildi.

“Tiktokerlarga gapim, gapimizni o‘ylab gapiraylik, og‘zimizga kelgan gaplarni gapiryapmiz. Juda pushaymonman, katta xato qilganimni tushunib yetdim.

Navoiy haqida bilmaganman, endi bu insonning hayotlarini bir boshidan o‘rganib chiqib, g‘azallarini yodlab chiqaman”, – deydi 24 yoshli yigit.

Bundan avval Buxoroda TikTok uchun drift qilgan haydovchiga chora ko‘rildi, “Jiguli”si jarima maydoniga joylashtirilgani, samarqandlik ikki yigit TikTok’da layk yig‘ish uchun o‘zini tomdan tashlagani hamda harakatlanayotgan Spark ustiga chiqib olgan yigit videosini TikTok’ka joylashtirganlar jarimaga tortilgani haqida xabar berilgandi.