Daryo

Buxoroda TikTok uchun drift qilgan haydovchiga chora ko‘rildi, “Jiguli”si jarima maydoniga joylashtirildi

Haydovchi o‘z avtomobilida o‘ta xavfli manyovrlarni amalga oshirib, harakatlangani aks etgan videolarni TikTok’dagi sahifasiga joylab kelgan

1 daqiqa o‘qish59 422 ko‘rishlar0 izoh0
Kadr: Telegram

Buxoroda “VAZ-2107” avtomobilida shahar ko‘chalari bo‘ylab drift uyushtirgan haydovchiga jazo tayinlandi, deb xabar beradi IIV matbuot xizmati.

Kadr: Telegram

Haydovchi o‘z avtomobilida o‘ta xavfli manyovrlarni amalga oshirib, harakatlangani aks etgan videolarni TikTok’dagi sahifasiga joylashtirgan.

Buxoro viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari davomida qoidabuzar haydovchi aniqlangan va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirilgan. Transport vositasi jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Avvalroq Toshkent viloyatida raqamlarini berkitib drift-shou uyushtirgan haydovchilar jazolangani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar