Daryo

Harakatlanayotgan Spark ustiga chiqib olgan yigit videosi TikTok’ga joylashtirildi. Video ishtirokchilari jarimaga tortildi

Video montaj qilingan bo‘lib, unda piyodaning sakrab avtomobil ustiga chiqib olgani tasvirlangan

1 daqiqa o‘qish51 526 ko‘rishlar0 izoh0

Ijtimoiy tarmoqlarda harakatlanayotgan Spark ustiga chiqib olgan fuqaro videosi tarqaldi. Video yuzasidan YHXBB ma’lumot berdi.

Ta’kidlanishicha, TikTok ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan videoda ikkita lavha montaj qilingan bo‘lib, ularning birida piyoda yo‘lda sakrab, ikkinchisida harakatlanayotgan Spark (davlat raqami 01 530 XGA) avtomobilida paydo bo‘lib qoladi. Yo‘l harakatining ikkala ishtirokchisi ham qoidalarni buzib, yoshlarda bu kabi xatti-harakatlar mumkin, degan yanglish fikr paydo bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari 2021-yili 18-yanvar kuni yuqoridagi avtomobil haydovchisi – 25 yoshli Oybek O.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-modda bo‘yicha (transport vositalari haydovchilarining xalaqit berishi yoki avariya holatini yuzaga keltirishi, yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomoniga yoki bo‘lagiga chiqishi) ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Hozirgi vaqtda videoda ishtirok etgan piyodaning shaxsi aniqlandi – unga nisbatan ham tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Avvalroq Buxoroda tanishi bilan salomlashish uchun mashinasini yo‘lning o‘rtasida to‘xtatgan haydovchi jarimaga tortilgani hamda Jizzaxda fotoradarga tushib qolmaslik maqsadida avtomobil raqamini “jasad bor” deb yashirgan haydovchi aniqlangani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar