Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Samarqandda tiktoker yigitlar layk yig‘ish maqsadida o‘zini tomdan tashladi. Bu haqda “Bu kun” informatsion dasturida ma’lum qilindi.

Kadr: Videodan skrinshot

Kadr: Videodan skrinshot

Shifokorlarning ma’lum qilishicha, yigitlardan biri endi yura olmasligi ham mumkin.

“Men do‘stim bilan TikTok ijtimoiy tarmog‘iga qiziqib, profil ochdik. Obunachilarimizni ko‘paytirish maqsadida ikkalamiz tomga chiqdik va tomdan o‘zimizni tashladik.

Do‘stim hozir shifoxonada, shifokorlarning aytishicha, u oyoqqa turmasligi ham mumkin ekan. Endi TikTok’ka kirmaslikka harakat qilaman”, — deydi tomdan o‘zini tashlagan yigitlardan biri.

Avvalroq Italiyada TikTok’dagi xavfli chellenjni bajarishga qaror qilgan 10 yoshli qiz vafot etgani, harakatlanayotgan Spark ustiga chiqib olgan yigit videosini TikTok’ka joylashtirganlar jarimaga tortilgani hamda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi tiktokerlar va ularning ota-onalarini ogohlantirgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Buxorodagi uyda chiqqan yong‘in sabab er-xotin va ularning 3 farzandi halok bo‘ldi
Mahalliy
Samarqandda 2 mast fuqaro janjallashib, biri ikkinchisini urib o‘ldirdi
Dunyo
“Daryo” kundaligida 5-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar