• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12699.14
    • RUB162.16
    • EUR14847.83
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Belarus prezidenti u o‘ldirilgan taqdirda hokimiyatning topshirilishi haqidagi hujjatni imzoladi

    Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko “Suverenitet va konstitutsiyaviy tuzum himoyasi to‘g‘risida”gi dekret (qonun kuchiga ega bo‘lgan qaror, farmoyish)ni imzoladi, deb yozadi Meduza.

    Foto: “Gazeta.ru”

    Foto: “Gazeta.ru”

    “BelTA” ma’lum qilishicha, ushbu hujjat davlat rahbarining suiqasd, terrorchilik harakati, tashqi tajovuz va boshqa zo‘ravonlik harakatlari natijasidagi o‘limi yuz bergan taqdirda barcha davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari Xavfsizlik kengashi (uning majlislarida bosh vazir raislik qiladi) qarorlariga muvofiq harakat qilishini ko‘zda tutadi.

    Ayni vaqtda mamlakat hududida zudlik bilan favqulodda yoki harbiy holat e’lon qilinadi, Xavfsizlik kengashi tomonidan esa ularni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanadi.

    Dekretga muvofiq, Xavfsizlik kengashi gubernatorlar bilan birgalikda yangi prezident saylovini o‘tkazish masalasini hal qilishi, uning sanasini belgilashi kerak. Hujjat imzolagan vaqtdan boshlab kuchga kiradi.

    Belarusda favqulodda vaziyat yuz bergan taqdirda prezident vakolatlarining Xavfsizlik kengashiga o‘tishi haqidagi dekretning tayyorlanayotgani haqida Lukashenko aprel oyining oxirida, Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) va Belarus Davlat xavfsizlik qo‘mitasi unga nisbatan suiqasdning oldi olingani haqida e’lon qilganidan keyin bir necha kun o‘tib ma’lum qilgan edi. O‘shanda Lukashenko hokimiyatning shoshilinch tarzda topshirilishi — shunchaki ehtiyot chorasi ekanini ta’kidlagan edi. “Bu men kimgadir nimanidir topshirmoqchi ekanimni anglatmaydi”, — degan edi u.

    17-aprel kuni Lukashenko tez orada o‘zining “chorak asrlik prezidentligi davridagi asosiy qarorlaridan” birini e’lon qilishini ma’lum qilgan edi. U qanday qaror bo‘lishiga aniqlik kiritmagan.

    Shu kuni Belarus Davlat xavfsizlik qo‘mitasi hokimiyatni egallashga urinish hamda Lukashenko va uning oila a’zolari hayotiga suiqasd qilishning oldi olingani to‘g‘risida xabar berdi. Moskvada FXX yordamida fitna ishtirokchisi deb gumon qilingan ikki kishi — Belarus siyosatshunosi Aleksandr Fedut va advokat Yuriy Zenkovich hibsga olingan. Lukashenkoning aytishicha, suiqasd ortida AQSh maxsus xizmatlari turgan.

    AQSh Lukashenkoga nisbatan suiqasdga aloqasi borligini rad etdi.

    21-aprel kuni Putin Federal Majlisga yillik murojaati chog‘ida G‘arb davlatlari Lukashenkoga qarshi suiqasdni payqamaganini va qoralamaganini ta’kidladi.

    Mavzuga doir:

    • Lukashenko davlat to‘ntarishiga urinish bo‘yicha yangi “hayratlanarli” ma’lumotlar haqida gapirdi
    • Lukashenko noroziliklarni qo‘llab-quvvatlagani uchun 80 nafar sobiq harbiylar va kuchishlatar tizimning sobiq xodimlarini lavozimlardan mahrum qildi
    • Moskvada Putin va Lukashenko 4 soatlik muzokara o‘tkazdi. Ular iqtisodiy masalalarni muhokama qilgani aytilmoqda

    09.05.2021, 15:09   Izoh (0)   34620
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Kobuldagi qizlar maktabi yaqinida sodir etilgan ketma-ket portlashlar oqibatida 55 kishi halok bo‘ldi, qurbonlarning ko‘pchiligi — o‘quvchi qizlar (foto)

    09.05.2021, 12:06

    Marsdagi Ingenuity vertolyoti birinchi marta yangi joyga uchib o‘tdi

    09.05.2021, 11:47

    Tog‘li Qorabog‘dagi Shusha shahri Ozarbayjonning madaniy poytaxti deb e’lon qilindi

    08.05.2021, 23:11

    Belarus koronavirusga qarshi o‘z vaksinasini yaratdi. Rossiyada to‘rtinchi vaksina ro‘yxatdan o‘tkazildi

    08.05.2021, 19:10

    Germaniyada kutilmaganda qor yog‘di (video)

    08.05.2021, 16:23

    Amnesty International tashkiloti Navalniyni yana bir bor “vijdon mahbusi” deb tan olmoqchi

    08.05.2021, 12:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoy okeanlarni o‘rganish uchun o‘zining birinchi “aqlli” kemasini yaratdi

    Dunyo | 14 iyul, 23:55

    “Putin ko‘pchilikni aldagan, lekin meni aldolmaydi” — Tramp

    Dunyo | 14 iyul, 23:40

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 50 kun davom etgan gullar festivali yakuniga yetdi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 23:27

    Yer evaziga 600 ming dollar: O‘zbekistonda hokim o‘rinbosari va qator mansabdorlar pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 22:40

    Obama Trampning tarif urushlarini tanqid qildi

    Dunyo | 14 iyul, 22:30

    “Ukrainani qurollantirish uchun AQSH Xitoydan qarz olishga majbur” — amerikalik senator

    Dunyo | 14 iyul, 22:10

    Yevroittifoq Isroilni jazolashning 10 ta usulini taklif etdi

    Dunyo | 14 iyul, 21:50

    Hayot mohiyatini ochib beruvchi 10 falsafiy multfilm

    Kino | 14 iyul, 21:35

    “Liverpul” Vinisius uchun “Real”ga katta summa taklif qildi

    Sport | 14 iyul, 21:31
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.