Dunyo va O‘zbekistonda 7-may kuni kadrga muhrlangan qiziqarli suratlarni namoyish qilamiz.

Londonda g‘ozcha ilk bor suvga sakrayapti.

Foto: Getty Images

Mudofaa vazirligi tomonidan tashkil etilgan harbiy ansambl, harbiy orkestr jamoalarining urush yillari aks ettirilgan konsert dasturlari ishtirokchilari Tashkent City’ga kirib kelmoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Hindistondagi krematoriyda yoqilayotgan koronavirus qurbonlari jasadlari. Mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 21 millionga yetdi.

Foto: Getty Images

Nyu-Yorkda yashovchi juftlik bahorgi ob-havoda qayiqda sayr qilyapti.

Foto: Getty Images

Qo‘yliq yerusti metrosi bekatlaridan birida ketayotgan harbiy bosh kiyimdagi yo‘lovchi bolakay.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Isroilliklar tomonidan Quddus sharqidagi Shayx Jarroh hududidan falastinliklarning majburiy chiqarilishi sabab boshlangan to‘qnashuvlar davom etmoqda.

Foto: EPA

Varshavada o‘t o‘chiruvchilar turar joy binosi derazasida hayvonot bog‘idan qochib ketgan tovusni ushladi.

Foto: EPA

Qo‘yliq yerusti metro liniyasining qolgan qismlarini qurish ishlari davom etmoqda. Suratda ushbu metro ustunlarining ostida joylashgan “Qo‘yliq ota” jome masjidi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Buyuk Britaniyadagi Korfe qal’asi xarobalari ortidan tiniq osmonda ko‘tarilayotgan Somon yo‘li galaktikasining markazi.

Foto: Alamy Live News

Shotlandiyadagi parlament saylovlari tugagandan so‘ng Emirates Arena’da ovozlarni hisoblash jarayoni.

Foto: Getty Images

Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi “Gultepa” masjidida bomdod namozi o‘qilmoqda. XX asrga taalluqli ushbu masjid davlat muhofazasiga olingan. Me’moriy yodgorlikka yondosh qismda yangi masjid qurilmoqda. Namozxonlarning aksari masjidga velosipedda qatnaydi.

Foto: “Daryo” / Musulmonbek Ibrohimov

Vatikanda Shveytsariya gvardiyasining qasamyod qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Foto: “TASS”

Ispaniya poytaxti Madridda Kolumbiyadagi politsiya zo‘ravonligiga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Kolumbiyada odamlar prezident taklif qilgan soliq islohotiga qarshi ko‘chalarga chiqdi. Politsiya bilan to‘qnashuv paytida namoyishchilardan 19 kishi halok bo‘ldi.

Foto: Getty Images

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Prezidentining maslahatchisi, taniqli olim va pedagog Rustam Qosimov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirish uchun marhumning xonadoniga tashrif buyurdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Moskvada 9-may kuni bo‘lib o‘tadigan harbiy paradning asosiy repetitsiyasi bo‘lib o‘tdi.

Foto: “TASS”

Gonduraslik muhojirlar — besh yoshli Kami va uning ammasi Mariana Meksika va AQSh chegarasidagi vaqtinchalik lagerda.

Foto: Reuters

Salvadorda Askarlar kuni nishonlanadi. Ushbu kunda Qurolli Kuchlar safiga 194 nafar ayol qo‘shildi.

Foto: Getty Images

Turkiyaning Van ko‘lida baliq ovlayotgan chag‘alaylar.

Foto: Getty Images

Fransiyada baliqchi qayiqlar burg‘ilash kemasi Aeolus’ni 62 ta shamol elekt stansiyasi o‘rnatilishiga qarshi norozilik sifatida o‘rab turibdi.

Foto: AFP

Turkiyaning yagona ayol aerobatik uchuvchisi 30 yoshli Semin O‘zturk Shener va uning turmush o‘rtog‘i sakkiz oylik o‘g‘li Parsni o‘yinchoq samolyotda sayr qildiryapti.

Foto: Getty Images

Qoramol chorvachiligi bilan shug‘ullanadigan Solih Farah oilasi bilan Suriyaning Al-Hayjana qishlog‘idagi fermasida suratga tushmoqda. Poytaxt Damashq atrofidagi qishloqdan Iroq chegarasigacha cho‘zilgan Badiya cho‘l va dasht mintaqasi bir paytlar yaylovlarning unumli qismi bo‘lgan. Ammo o‘n yil davom etgan harbiy mojaro chorvachilikni asosiy yaylov manbalaridan mahrum qilib, hududni taqiqlangan zonaga aylantirdi.

Foto: AFP

MetLife stadionida bo‘lib o‘tgan ommaviy uchrashuvda yaqin odamini kutib olayotgan ayol.

Foto: Reuters

Hindistondagi vermishel fabrikasida Ramazon oyining oxirgi jumasida namoz o‘qiyotgan ayol.

Foto: Shutterstock

Jimmakos Skotis Afina chekkasida salto qilyapti. Gretsiya lokdaun cheklovlarini yumshatish bilan yozgi turizmga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Foto: AP Photo

Vashingtonda qo‘shiqchi Emi Uaynxausning tatuirovkasi bandaj bilan qoplangan. U “Vaksina oling — pivo iching” emlash tadbirida qatnashyapti.

Foto: EPA

Rimdagi Joze Mourinyo skuterda ketayotgani tasvirlangan graffiti. Rassom graffiti chizishda Italiyaning “Rim ta’tillari” filmidagi kadrdan ilhomlangan. Mourinyo kelasi mavsumdan boshlab “Roma” bosh murabbiyi lavozimini egallaydi.

Foto: AP Photo

Nigeriyaning Lagos shahridagi jamoat saroyida bolalar shaxmat o‘ynamoqda.

Foto: Reuters

Moskvaning Qizil maydonida bo‘lib o‘tgan G‘alaba kuni harbiy paradining umumiy mashg‘ulotlarida qatnashayotgan ayol xizmatchilar.

Foto: EPA

Efiopiyadagi Tigre mojarosi tufayli ko‘chirilgan minglab odamlar uchun vaqtinchalik boshpanaga aylangan Hadnet maktabida onasining yonida kelayotgan qizaloqlar.

Foto: AP Photo