Dunyoning turli burchaklarida 6-may kuni kamera obyektiviga muhrlangan qiziqarli suratlarni namoyish qilamiz.

Qrimda gullagan daraxtlar tagidan o‘tib ketayotgan bolalar.

Foto: “TASS”

Tashkent City’da qurilish ishlari olib borayotgan kranlar.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Londonda bo‘lib o‘tgan Yevropa Chempionlar ligasining yarim finali 2-o‘yinida “Real Madrid” darvozasiga bosh bilan gol urayotgan “Chelsi” hujumchisi Timo Verner. 6-mayga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tgan o‘yinda “Chelsi” qirollik klubini 2:0 (umumiy 3:1) hisobida yengib, musobaqaning finaliga yo‘l oldi. Finalda “aristokratlar” “Manchester Siti” jamoasi bilan bosh sovrin uchun bellashadi.

Foto: Getty Images

Uyg‘urlar va boshqa talabalar Shinjon Islom institutidagi xorijiy jurnalistlar uchun hukumat tomonidan uyushtirilgan tashrif paytida darsda qatnashmoqda. Tashqi kuzatuvchilarning aytishicha, Shinjondagi o‘nlab masjidlar buzilgan, lekin rasmiy Pekin buni rad etmoqda. Mahalliy aholi esa dindorlar soni kamayib borayotganini aytmoqda.

Foto: AP Photo

Surxondaryo viloyati Sherobod tumani Poshxurt qishlog‘idagi kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida yuzaga kelgan holat.

Foto: Telegram / Zafarbek Solijonov

Turkiyada joylashgan Pamukqal’a (Paxta qal’asi) tabiiy landshaftiga tashrif buyurgan sayyohlar. YuNESKOning madaniy meroslar ro‘yxatiga kiritilgan ushbu joyga 2021-yilning dastlabki to‘rt oyida 100 ming sayyoh tashrif buyurdi.

Foto: Getty Images

Gretsiyada mehnat qonunchiligidagi o‘zgarishlarga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi.

Foto: EPA

Kiyevdagi Mustaqillik maydonida ekilgan lolalar.

Foto: “TASS”

Greenpeace ekologik harakati faollari Germaniya hukumatini uglerod chiqindilarini kamaytirishga chaqirmoqda.

Foto: Getty Images

Pekin shahrini qum bo‘roni qoplab oldi.

Foto: AP Photo

Kolumbiya poytaxtida prezident taklif qilgan soliq islohotiga qarshi norozilik namoyishilari davom etmoqda.

Foto: Getty Images

Saylov uchun ajratilgan konteyner oldida turgan kuchukcha. Buyuk Britaniyada 48 yil ichidagi eng yirik mintaqaviy saylovlar bo‘lib o‘tmoqda.

Foto: Getty Images

Nyu-Dehlidagi krematoriyda koronavirus oqibatida vafot etib, jasadi yoqilgan odamlarning xoki marhumning qarindoshlari olib ketishi uchun idishlarga solib qo‘yilgan.

Foto: Reuters

Kolumbiya poytaxti Bogota shahrida hukumatga qarshi norozilik namoyishlarida qatnashayotgan yigit gulxan ustidan sakrab o‘tmoqda. O‘tgan hafta soliq tizimini isloh qilish taklifi yuzasidan boshlangan norozilik namoyishlari prezident loyihani qaytarib olganiga qaramay davom etmoqda.

Foto: AP Photo

Pxenyanda Kim Chen In (markazda) va uning rafiqasi Ri Seol Jo xizmat ko‘rsatish sohasidagi xodimlar tayyorlagan konsert dasturini tomosha qilmoqda.

Foto: EPA

Hindistonning Amritsar shahrida mashinasini ot aravada garajga olib ketayotgan odam.

Foto: Getty Images

Gonkong ko‘rgazmalar uyi xodimi auksion oldidan 15,81 qirotli “Sakura guli” nomli uzuk bilan suratga tushmoqda. Uzoq sharqda sakura gullashi bahor boshlanganidan darak beradi.

Foto: Reuters

Kalkuttada tibbiyot xodimi koronavirus tahlili uchun namuna olmoqda.

Foto: Reuters

Pekinda oyoqlari chigalini yozayotgan erkak smartfonida ish qilyapti.

Foto: PA

Sidneyda yog‘gan yomg‘irdan so‘ng Bondi sohili ustida ko‘ringan kamalak.

Foto: Getty Images

Kolumbiyadagi noroziliklar namoyishi vaqtida yo‘l tepasidan o‘tgan arqonga osilib olgan ayol. Prezidentning soliq islohoti to‘g‘risidagi qarori loyihasi sabab boshlangan tartibsizliklar vaqtida 20 ga yaqin odam halok bo‘ldi.

Foto: Getty Images

Gvatemaladagi Pakaya vulqonidan chiqayotgan yangi lava oqimi aholi punkti tomon harakatlana boshladi.

Foto: EPA

Shia musulmonlari Iroqning Kufa shahridagi Buyuk masjidida Qur’on tilovat qilmoqda.

Foto: Reuters