Davlat bojxona qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Gafurjon Shukurov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Telegram’dagi “Nigoh” kanali xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Gafurjon Shukurov investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari bo‘lgan Otabek Choriyevning o‘rniga Davlat bojxona qo‘mitasining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarma boshlig‘i etib tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, aprel boshlarida Prezident qaroriga muvofiq, Qishloq xo‘jaligi vazirligi Strategik rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni muvofiqlashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan O‘tkir Qodirov Davlat bojxona qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.
Izoh (0)