• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Dunyoda ocharchilikdan aziyat chekayotganlar soni besh yil ichidagi eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi

    Oziq-ovqat mahsulotlari va favqulodda yordamga muhtoj insonlar soni besh yil ichida eng yuqori darajaga ko‘tarildi. Bu haqda oziq-ovqat inqirozini bartaraf etish sohasida faoliyat olib boruvchi BMT, Yevropa Ittifoqi, davlat va nodavlat tashkilotlarning xalqaro alyansi hisoblangan Oziq-ovqat inqiroziga qarshi kurashish global tarmog‘ining hisobotida ma’lum qilindi, deb yozmoqda “Korrespondent.net”.

    Foto: EPA

    Foto: EPA

    Hujjatda yozilishicha, 2020-yilda nizolar, iqtisodiy qiyinchiliklar, shuningdek, koronavirus pandemiyasi va ekstremal tabiat hodisalari sababli eng kamida 155 million kishi keskin ocharchilik muammosiga duchor bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich 2019-yilga taqqoslaganda 20 millionga ko‘proq. BMTning ta’kidlashicha, bunday holat 2017-yil, birinchi hisobot e’lon qilingandan buyon kuzatilayotgan oziq-ovqat yetishmovchiligining barqaror o‘sishiga qaratilgan xavotirli tendensiyaga ishora beradi.

    Aholining ommaviy o‘limiga va butun iqtisodiy tizimning inqiroziga yo‘l qo‘ymaslik uchun favqulodda choralar ko‘rish talab etilgan Burkina-Faso, Janubiy Sudan va Yamanda umumiy hisobdan, taxminan, 133 ming kishi oziq-ovqat xavfsizligi “halokatli darajada” ta’minlanmagan sharoitga tushib qoldi.

    Shuningdek, 2020-yilda eng kamida 28 million kishi oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanmagan “favqulodda holat” sharoitida ocharchilik yoqasiga kelib qoldi. 38 ta mamlakat yoki hududlarda ko‘rilgan tezkor choralar natijasida insonlarning hayoti va ularning hayot kechirish manbalari saqlab qolindi.

    Oziq-ovqat xavfsizligining yetishmasligi muammosi haligacha Afrika davlatlarida eng yuqori darajada bo‘lib, taxminan, 98 million kishi yoki 2020-yilda ocharchilik muammosiga duch kelganlarning uchdan ikki qismi shu qit’ada istiqomat qiladi. Lekin bu muammo dunyoning boshqa nuqtalarida joylashgan davlatlar, shu jumladan, Yaman, Afg‘oniston, Suriya va Gaitiga ham ta’sir ko‘rsatdi, bu davlatlar 2020-yilda eng og‘ir oziq-ovqat inqirozi qayd etilgan mamlakatlar o‘ntaligiga kiritildi.

    Hisobotga ko‘ra, ocharchilik muammosining kelib chiqishiga nizolar, iqtisodiy qiyinchiliklar va ko‘p hollarda koronavirus pandemiyasi kabi omillar sabab bo‘lgan. Ulardan keyin asosiy omillar ro‘yxatining uchinchi o‘rnida tabiat hodisalari va ekstremal tabiat hodisalari qayd etilgan.

    Ma’lumot uchun, BMT bosh kotib Antoniu Guterrish shoshilinch choralar ko‘rilmasa, dunyo bo‘ylab millionlab odam ocharchilik yoqasiga borib qolishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Avvalroq BMTning Atrof-muhitni muhofaza qilish dasturi (UNEP) taqdim etgan yangi hisobotda dunyodagi oziq-ovqat mahsulotlarining uchdan bir qismi chiqitga chiqib ketishi ma’lum qilingan edi.

    Shuningdek, YuNESKO bosh direktori Odre Azule 2030-yilgacha dunyo 40 foiz miqdorda suv tanqisligi muammosiga duch kelishi mumkinligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, suv tanqisligi bilan bog‘liq vaziyat boshqa global muammolar, shu jumladan, pandemiya oqibatlari tufayli yanada og‘irlashadi.

    Mavzuga doir:

    • Kim Chen In Shimoliy Koreya yana 1990-yillardagi ocharchilik singari dahshatli davrga duch kelishini aytdi. Nima uchun Kim o‘z fuqarolarini qo‘rqitmoqda? Bunga Tramp va koronavirusning qanday aloqasi bor?
    • Dunyoning eng boy odamlari iqlim inqiroziga sabab bo‘ldi — OAV
    • BMT insoniyatni hozir qanday muammolar ko‘proq tashvishga solayotganini ma’lum qildi

    07.05.2021, 07:54   Izoh (0)   17851
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQSh koronavirusga qarshi vaksinalarni patentlashdan voz kechishni qo‘llab-quvvatladi

    07.05.2021, 07:07

    Fransiya Jersi orolini elektrdan uzib qo‘yish haqida tahdid qilgandan keyin Britaniya orolga o‘z kemalarini yubormoqda

    07.05.2021, 06:06

    Turkmanistonda urush faxriylariga beriladigan sovg‘alar uchun ularning o‘zlaridan pul yig‘ib olinmoqda

    06.05.2021, 23:21

    Qirg‘iziston prezidenti Tojikiston bilan mojarodan keyin chegaraga bordi

    06.05.2021, 22:56

    Koronavirusga chalinganlar soni 155 mln kishidan oshdi, Serbiyada emlanganlarga mukofot puli beriladi, Misrda lokdaun e’lon qilindi. Koronaxabarlar

    06.05.2021, 20:22

    Jahon vaksinalar kongressida COVID-19’ga qarshi eng yaxshi vaksina tanlandi

    06.05.2021, 15:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    BMT ishchi guruhi Gulnora Karimova ordersiz hibsga olingani haqida xulosa chiqardi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 21:44

    Toshkentda iyun oyida tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan

    O‘zbekiston | 5 iyul, 20:28

    Makron Starmerdan Falastinni davlat sifatida tan olishni talab qilmoqda — Telegraph

    Dunyo | 5 iyul, 19:50

    Tramp Eronni uran boyitish ishlarini davom ettirayotganlikda aybladi

    Dunyo | 5 iyul, 19:05

    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!

    Reklama | 5 iyul, 18:48

    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi

    Reklama | 5 iyul, 19:30

    Kelasi hafta avvalida harorat biroz pasayadi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 18:25

    Yashil energiyaga zarba: Tramp yangi qonun bilan imtiyozlarni bekor qildi

    Dunyo | 5 iyul, 18:00

    Toshkentda 33 yoshli ayolni fohishalik uchun Moskvaga jo‘natayotgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 17:50

    Namanganda gaz tarmog‘iga o‘g‘rincha ulanib olgan bog‘ egasi davlatga 1,4 mlrd so‘m zarar yetkazdi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 17:00

    “Liverpul” Jotaning oilasiga futbolchi bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha maosh to‘lab boradi

    Sport | 5 iyul, 16:53
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.