• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.71
    • RUB160.18
    • EUR14821.7
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Dunyoda koronavirus qurbonlari soni aslida ikki barobar ko‘p bo‘lishi mumkin, Moldova prezidenti AstraZeneca bilan emlandi, AQShda 70 mln doza Johnson & Johnson vaksinasi chiqitga chiqishi mumkin. Koronaxabarlar

    Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha COVID-19’ni yuqtirib olganlar soni 156 117 850 kishiga yetdi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha AQSh (32,6 million), Hindiston (21,4 million), Braziliya (15 million), Fransiya (5,7 million) va Turkiya (4,9 million) doimgidek yetakchilik qilmoqda. Global o‘limlar soni esa 3 257 754 taga yetdi.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Vashington universiteti Salomatlik ko‘rsatkichlari va baholari instituti (Institute for Health Mterics and Evaluation — IHME) ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi butun dunyoda 6,9 million kishini hayotdan olib ketgan, bu rasmiy statistikadan ikki barobar ko‘p demakdir.

    IHME sog‘liqni saqlash sohasidagi mustaqil tadqiqot tashkiloti bo‘lib, avvalroq Oq uy undan manba sifatida foydalangan edi, hisobotlarni esa sog‘liqni saqlash sohasidagi rasmiy shaxslar kuzatib boradi.

    Institut tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, COVID-19 oqibatidagi o‘lim holatlarining ko‘pchiligi tegishli ravishda ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi, chunki aksariyat mamlakatlar kasalxonalarda yoki infeksiya tasdiqlangan bemorlarda yuz bergan o‘limlarnigina qayd etadi.

    IHME’da ta’kidlashlaricha, koronavirusdan o‘lim darajasining rasmiy ko‘rsatkichlari ko‘p jihatdan turli mamlakatlardagi testdan o‘tkazish darajasiga bog‘liq.

    Institut mutaxassislari tahlilni pandemiyadan oldingi tendensiyalarga asoslangan holda barcha sabablarga ko‘ra kutilgan o‘limlarni pandemiya oqibatidagi barcha o‘limlarning faktga asoslangan soni bilan qiyoslab o‘tkazdi.

    Mavzuga doir: Hindistonda koronavirusdan kunlik o‘lim bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi

    Moldova prezidenti Mayya Sandu 7-may, juma kuni koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasini oldi. U AstraZeneca Britaniya-Shvetsiya vaksinasi bilan emlandi.

    “Bugun COVID-19’ga qarshi AstraZeneca vaksinasining birinchi dozasini oldim. Menda shunday imkoniyat borligidan xursandman, chunki o‘zimning va men muloqotda bo‘ladigan oilam, do‘stlarim va hamkasblarimning salomatligini aynan shu yo‘l bilan asrayman”, — deb yozdi Sandu Facebook’da.

    U tibbiyot xodimlariga koronavirusga qarshi kurashdagi sa’y-harakatlari uchun minnatdorlik bildirdi va fuqarolarni undan namuna olishga chaqirdi.

    Mavzuga doir: Fransiyada yana umummilliy karantin, Moldovada favqulodda holat e’lon qilindi, 15 million doza Johnson & Johnson vaksinasi yaroqsiz bo‘lib chiqdi. Koronaxabarlar

    AQSh oziq-ovqat va dori vositalari sifati ustidan sanitar nazorat boshqarmasi (FDA) Amerikaning Johnson & Johnson kompaniyasi ishlab chiqargan qariyb 70 million doza vaksina sifatini tekshirmoqda. Gap Merilend shtati Baltimor shahridagi zavodda chiqarilgan va mamlakat ichkarisida tarqatilishi ko‘zda tutilgan partiyalar haqida bormoqda.

    Aprel boshida zavodda standartlarga to‘g‘ri kelmaydigan bitta partiya aniqlangan edi. OAVlarga ko‘ra, zavod ishchilari Johnson & Johnson uchun mo‘ljallangan masalliqlarni AstraZeneca vaksinasi masalliqlari bilan aralashtirib yuborgan, oqibatda 15 millionta doza yaroqsiz holga kelgan. Endi esa FDA o‘sha vaqtda ishlab chiqarilgan yana 70 millionta dozaning sifatiga shubha qilmoqda.

    FDA mutaxassislari ma’lumotlariga ko‘ra, vaksina komponentlarining aralashib ketishi turli preparatlar ishlab chiqariladigan zonalararo harakatlanish chog‘ida dezinfeksiyadan o‘tmagan ishchilar tufayli yuz bergan bo‘lishi mumkin.

    Maldiv orollari Sog‘liqni saqlash agentligi 6-maydan mamlakat poytaxti Male va uning atrofida komendantlik soatini joriy qildi. U 21:00 dan 04:00 gacha amal qiladi.

    Kuryerlar, shuningdek, shoshilinch zaruriyati bo‘lgan fuqarolar uchun politsiya maxsus ruxsatnomalar beradi.

    Guruh bo‘lib sport bilan shug‘ullanish taqiqlanadi, trenajyor zallari, kinoteatrlar va salonlar 7-maydan vaqtinchalik yopiladi.

    Maldiv orollarida 5-may kuni 700 kishida COVID-19 aniqlangan, kasallanganlarning umumiy soni esa 32 mingdan oshdi.

    Mavzuga doir: Maldiv orollari sayyohlarni qabul qilishni boshladi

    07.05.2021, 22:58   Izoh (0)   10372
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Hindistonda COVID-19’ga chalinish bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi. Qozog‘iston mamlakatga yordam yuboradi

    07.05.2021, 22:22

    Ukraina prezidenti mamlakat chegarasi yaqinida 75 ming rus qo‘shini qolganini aytdi

    07.05.2021, 21:23

    Rossiyada Ikkinchi jahon urushidan qolgan harbiy snaryad portlashi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

    07.05.2021, 18:58

    BMT: Yerda 3 million yil ichidagi rekord darajada yuqori harorat qayd etildi

    07.05.2021, 13:09

    Tojikiston mamlakatdan qirg‘izlar deportatsiya qilinayotgani to‘g‘risidagi xabarlarni rad etdi

    07.05.2021, 10:56

    Latviya parlamenti Usmonlilar imperiyasidagi armanlar genotsidini tan oldi

    07.05.2021, 09:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    CAFA Nations Cup-2025. O‘zbekiston terma jamoasining raqiblari ma’lum bo‘ldi

    Sport | 3 iyul, 16:47

    Toshkentda tez yordam ko‘chada yurak xuruji bilan yotgan erkak olib ketmagani yuzasidan izoh berildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 16:45

    Italiyalik mexanik dunyodagi eng tor avtomobilni ishlab chiqdi (foto)

    Avto | 3 iyul, 16:25

    O‘zbekistonda dollar yana pastladi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 16:14

    Tohir Sodiqovdan Jonygacha: Xorazmdagi qovun sayliga qaysi yulduzlar tashrif buyuradi?

    O‘zbekiston | 3 iyul, 16:07

    Nodavlat oliy taʼlim muassasalarining faoliyati takomillashtirilmoqda

    O‘zbekiston | 3 iyul, 11:48

    Shavkat Mirziyoyev Fuzuliy shahriga bordi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 16:06

    Ronaldu Diogu Jota va uning ukasining fojiali o‘limiga munosabat bildirdi

    Sport | 3 iyul, 16:01
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.