Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidagi 5-sonli mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari Qamashi tumanidagi 4-sonli mehribonlik uyiga ko‘chirildi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, Bolalar ombdusmani Qashqadaryoda joylashgan 5-mehribonlik uyidagi sharoitlarni tanqid qilganidan so‘ng ushbu mehribonlik uyi direktori ishdan olinib, bir qator mas’ullar javobgarlikka tortilgandi. Kitob tuman hokimiyati matbuot xizmati 2020-yilning fevralidayoq xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov mazkur muassasani yopish taklifi bilan chiqqanini ma’lum qildi.
Senatning Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi ishchi guruhi tavsiyasiga asosan, 2-may kuni Kitob tumanidagi 5-sonli mehribonlik uyi 65 nafar tarbiyalanuvchisining 10 nafari yaqin qarindoshlari oilasiga, 55 nafari Qamashi tumanidagi 4-sonli mehribonlik uyiga ko‘chirildi.
Kitob tumani hokimligi matbuot xizmati tarbiyalanuvchilar ko‘chirilishi aks etgan videoni e’lon qildi. Tarbiyalanuvchilar 4-sonli mehribonlik uyidagi sharoitlardan mamnunligi aytilmoqda.
Izoh (0)