“Daryo”ni Telegram’da o‘qing! Join!
17:54, 01.05.2021 12808

Iftorlikka barra sabzavot va yumshoq go‘shtdan afrikacha taom — maafe tayyorlab ko‘ring

Yong‘oq yog‘i solib tayyorlanadigan afrikacha taom retseptini e’tiboringizga havola etamiz.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • mol go‘shti — 450 gramm;
  • o‘simlik yog‘i — 3 osh qoshiq;
  • yong‘oq yog‘i — 3 osh qoshiq;
  • piyoz — 2 dona;
  • sarimsoq piyoz — 2-4 dona;
  • zanjabil — 15-20 gramm;
  • sabzi — 2 dona;
  • bulg‘or qalampiri — 1 dona;
  • tomat pastasi — 2 osh qoshiq;
  • o‘zining sharbatida pishgan pomidor — 450 gramm;
  • tovuq bulyoni — 500 ml;
  • tuz va murch;
  • shakar.

Tayyorlanish jarayoni:

  • Bo‘laklarga bo‘lingan mol go‘shtini ikki osh qoshiq yog‘ solingan tovada qovurib oling.
  • Piyoz va sarimsoqni maydalang. Zanjabilni qirg‘ichdan chiqaring.
  • Sabzi, bulg‘or qalampirini to‘rtburchak shaklda to‘g‘rang.
  • Go‘sht pishirib olingan tovada piyoz qovuring va tuz seping.
  • Piyozga sarimsoq, zanjabil qo‘shib aralashtiring.
  • Sabzavotlarga tomat pastasini qo‘shing.
  • Go‘shtni qayta qo‘shing, pomidor, bulyon, sabzi va bulg‘or qalampirini qo‘shing.
  • Qaynab chiqqanidan keyin yog‘, tuz, murch va shakar qo‘shing.
  • Qopqog‘ini yopib, 40-50 daqiqa davomida pishirib oling.
  • Ko‘kat va smetana bilan bezang.

Yoqimli ishtaha!

Izoh qoldirishdan avval, qoidalar bilan tanishib oling: http://dy.uz/QbkeZ